8-rasm. Zamonaviy tijorat korxonaning strukturasi sxemasi.
Yuqoridagi sxemadan ko’rinib turibdiki, ikkita atama ushbu sxema asosida yotibdi. Bo’lar Front Office va Back Office:
Front Office tovarlarni sotish va mijozlar bilan bevosita bog’liq boshqa ishlar bilan shug’ullanadi.
Back Office (front ichkarisi-harbiy atamadan olingan) tashkilotning o’zini faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi.
Agar biz xom-ashyoni tovarga aylanishigacha bo’lgan jarayonni ma’lum tsikllarga bo’lib chiqadigan bo’lsak, aynan tovarni sotish eng murakkab tsikl hisoblanadi.
SHu bilan birga Back Office mahsulotlar ishlab chiqish, uni ishlab chiqarish, ta’minotchi va hamkorlar bilan ishlar olib boradi, qaysiki bu operatsiyalar va servisda mijozlar va buyurtmachilar bilan tuknash kelinmaydi. Mustaxkam Back Officesiz Front Office to’lakon va barqaror ishlay olmaydi. Ikkala tomonnni ham bir-biriga, turli tomonlardan, xodimlar malakasi, texnik qurollanganligi va ularning boshqa tomonlarining mutanosibligni ta’minlash makasadga muvofiqdir.
Internet, intranet va ekstranet tarmoqlari.
Korxonalarning IT-strukturasi asosini uning shaxsiy (korporativ) tarmog’i tashkil qiladi. Hozirgi kunda ko’plab zamonaviy korxonalar Internet – texnologiyalaridan tashqi informatsion aloqalar uchun ham va ichki informatsion aloqalar uchun foydalanmoqda. Ushbu texnologiya tarmoqlari asosida, o’zining shaxsiy korporativ tarmog’ini tuzish intranet (intranet) va ekstranet (extranet) deb nomlanadi. Bu tarmoqlarda quyidagi ma’lumotlarni olish mumkin:
Internet – iste’molchilar va raqobatchilar to’g’risida ma’loumot, OAV(SMI) vositalaridagi ma’lumotlar, xukumat arxividan ma’lumot olish va ilmiy tadqiqotlardagi yangiliklar, investorlar halqaro dasturlar to’g’risida ma’lumot;
Intranet yoki intraset – bu korporativ ichidavgi tarmoq bo’lib, Internet standartlari va texnologiyasidan foydalanadi, lekin faqat kompaniya xodimlari bu tarmoqqa kirishilari mumkin. Intranet tarmog’i tashqi foydalanuvchilardan, Internet tarmog’i orqali kirib kelishlarini, tarmoq ekrani (brandmauer) bilan himoya qilinadi. Intranetni tashkil qilishdan aosiy maqsad, ijrochi rahbarlarning g’oyalari, xodimlarning faoliyati, xodimlarni tayyorlash va korxoandaig yangiliklar to’g’risida ma’lumotlardan kompaniya xodimlari birgalikda foydalanishini tashkil qilishdir;
Ekstranet – tadqiqotlar olib borish va ma’lumotlar to’plash, hamkor –distribyutorlar, tovar yetkazib beruvchi hamkorlar, sotib olish to’g’risidagi ma’lumotlarni dilerlar, hamkorlar bilan birgalikda foydalanishni ta’minlashdir.
Ushbu sistemalar xududiy filiallarga va ko’plab xodimlarga ega bo’lgan katta kompaniyalarda minimal mehnat sarfi bilan hujjatlar aylanishi sitemasini tashkil qilish imkonini beradi. Internet materiallari (raqobatchilar to’g’risidagi ma’lumotlar, OAVning materiallari va x.k.) bilan avvalo marketing bo’limi ishlaydi, intranetdagi ma’lumotlarni kompaniyaning barcha xodimlari faol ishlatadilar, Ekstranet zonasi esa avvalo marketing va logistika bo’limlari xodimlari ishlaydigan muxitdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |