Ish yuritishning meyoriy bazasi.
Ish yuritishning meyoriy bazasi tayyorlangan hujjatlarni vakolatga ega bo’lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi tushuniladi. Agar hujjat malum vakolatga ega bo’lmagan shaxs tomonidan imzolansa, bu hujjat yuridik kuchga ega bo’lmaydi. SHuning uchun ham korxonalarda hujjatlarni turlariga qarab, imzolashga xaqli bo’lgan shaxslarning ro’yhati tasdiqlanishi talab qilinadi.
Ish yuritishning meyoriy bazasi – bu hujjatlarni tuzish va harakatini tartibga soluvchi. Ish yuritish xizmati strukturasi va funktsiyalarini belgilab beruvchi qonun va meyoriy hujjatlardar.
Axborot va hujjatlashtirish soxasidagi qonuniy va meyoriy hujjatlarga O’zbekiston respublikasining qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Xukumat va turli ijroiya xoqimyat organlari qarorlari kiradi(5-rasm).
Ish yuritishni tartibga solishning davlat standarrtlari
Ish yuritish tavsifnomasi
Ish yuritishining me’yoriy bazasi
Hujjat va ma’lumotlar bilan ishlashni tartibga solishning xuquqiy me’yorlari
Boshqarishni hujjat bilan ta’minlashni davlat tizimi
6 – rasm. Ish yuritish meyoriy bazasining tarkibiy qismlari
Hujjatlarni standartlashtirish, ularni tuzish, hisob-kitob yuritish va saqlash xarajatlarini kamaytiradi. Bu esa boshqarish xarajatlarini kamaytirish orqali tashkilot va korxonalarning umumiy iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy omili hisoblanadi. Bunda EXM lardan foydalanish katta samara beradi.
Hujjatlarni rasmiylashtirishga qo’yiladigan talablar.
Xizmat hujjatlarini rasmiylashtirish standart formatdagi qog’ozlarda amalga oshiriladi. Bu formatlar A O – A 11 oralig’ida bo’ladi va quyidagi o’lchamlarda bo’ladi:
AO
|
841 x 1189
|
A 1
|
594x841
|
A 2
|
420x594
|
A 3
|
297 x 420
|
A 4
|
210 x 297
|
A 5
|
148 x 210...
|
A-6.........A-9
|
.................
|
A 10
|
26 x 37
|
A 11
|
18 x 26
|
Amaliyotda A 4 va A5 formatdagi qog’ozlardan keng foydalaniladi. Katta sxema va jadval mavjud bo’lgan hujjatlar A 3 formatdagi qog’ozlarda aks ettirilishi mumkin. Har qanday hujjat qog’ozda yozilganida to’rttomonida bush maydon bilan chegaralanishi kerak. Jumladan, tepadan va pastdan 20 mm, chapdan 20-30 mm va ungdan 10 mm bo’sh maydon bo’lishi talab qilinadi.
Hujjatlar ko’p qismli tashkilot blankalarida (ish qog’ozlarida) rasmiylashtiriladi. Blanka (ish qog’ozlari) – bu doimiy axborot yozilgan va o’zgarib turuvchi axborotlaruchun joy ajratilgan standart qog’oz varag’idir.
Hujjatlardagi axborotlarni nafaqat matn elementlari orqali, shuningdek barcha rekvizitlar orqali ham yetkaziladi. Har bir turdagi hujjat uchun, davlat standartlarida ko’zda tutilgan rekvizitlar yigindisi mavjud:
1-rekvizit. Davlat tassarufidagi tashkilotlarning ish qog’ozlarining yuqori qismiga qo’yiladi.
2-rekvizit. Tashkilotning emblemasi (timsoli) qog’ozning chap yuqori burchagiga tashkilot nomi oldiga qo’yiladi.
3-rekvizit. Tashkilot tomonidan olingan davlat nishonlarining nomi va belgisi.
4-5 rekvizitlar. Hujjatlarni avtomatlashtirish uchun ishlatiladi kodlar: OKUD – boshqaruv hujjatlarining umumiy klassifikatori; OKPO – korxona va tashkilotlar umumiy klassifikatori.
6-7-8 rekvizitlar. Xizmat hujjatining muallifini belgilaydi: 6-tarmoq, Vazirlik yoki yuqori tashkilot, 7-korxona va 8-bo’linma.
9-rekvizit. Muallif tashkilotning manzili, masalan, 170000 Andijon shahar Navoiy shoxkuchasi 32 uy, kommutator yoki devonxonaning telefon nomeri.
10-11 rekvizitlar. Sana va indeks. Indeks hujjat tayyorlangan bo’linma nomi, xat jo’natilganidan keyin nusxasi saqlanadigan joy, papkaning nomeri (tikiladigan papka) va hujjat chiqish tartib nomeridan tashkil topadi.
12-rekvizit. Kirayotgan hujjatning sanasiga va indeksiga ishora qilish; masalan: «Sizning 08.08.08 dagi № 03 – 21/145 sonli xatingizga javoban...»
Bunday javob xatni olgan devonxona 03-indeksli bo’linmaga, 21-deloga va 145 tartib raqamli xatga javob kelganligini anglaydi.
Hujjat tashqarga chiqarilishidan oldin ayrim mansabdor shaxslar bilan kelishiladi va so’ngra rahbar tomonidan imzolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |