Auditoriya bilan aloqa o’rnatish va saqlab turish. Nutqni boshlasholdidan 15-20 sek. psixologik pauza zarur hisoblanadi, aks holda aloqa o’rnatish qiyin bo’ladi.
Ko’zlar orqali aloqa ham muhim rol o’ynaydi. Suhbat davomida vaqtning 65% kam bo’lmagan qismida ko’z aloqasini ta’minlanishi ikki tomonning o’zaro qiziqishini ortiradi, ko’z aloqasi vaqtining 30% kamligi ikki tomonni bir-biriga qiziqishini kamligini bildiradi. Auditoriyada birorta shaxsga yoki guruhga qarab nutq so’zlagan maqsadga muvofiq. Lekin butun e’tiborni o’sha guruhga qaratish mumkin emas. Auditoriyani bir nechta guruhlarga bo’lib olib, ularning har biriga navbati bilan e’tibor qaratib turish kerak.
Hech qachon o’zingizni auditoriyadan ustun ekanligingizni ko’rsatishga o’rinmang. Bu harakatingizga qarama - qarshi qurol qilib, sizni xato va kamchiliklaringizni topishga harakat qiladilar.
Agar ma’ruza davomida sizga e’tiroz bildirishsa, quyidagi yo’llar bilan ularni ta’sirini pasaytirishingiz mumkin:
- e’tirozlarga e’tibor bermang;
- unga qarama- qarshi savol bering;
- "e’tirozingiz uchun minnatdorman, men unga keyinroq albatta qaytaman", deb uni keyinroqqa so’ring;
- e’tirozni siliqlashtiring, ya’ni "Men, ayrim shaxslardan shunday e’tiroz bo’lishini ko’tgan edim, lekin o’ylaymanki qolganlar ma’ruzamni oxirigacha eshitishni hohlaydilar";
- "ha, lekin" taktikasini qo’llang, ya’ni "Umuman olganda siz haqsiz, lekin ayrim ko’rsatkichlarga e’tibor berishingizni so’rayman" ;
- agar birortasi "qaytaring", "qaerdan eshitgansiz" degan so’zlarni ko’p marotaba aytib, sizga e’tiroz bildirsa, biroz sukut saqlab, so’ngra: "Fikrimni davom ettirsam maylimi?" deb undan ruhsat so’rang.
Nutq tili ravon bo’lishi kerak. Jumlalar ham qisqa bo’lishi lozim. Nutqda maqollar, aforizmlardan foydalanish auditoriyaning e’tiborini saqlab qolishingizga yordam beradi.
Lekin e’tiborning susayishini ob’ektiv va sub’ektiv sabablari mavjuddir.
Ob’ektiv sabablarga quyidagilar kiradi:
so’zlash tezligi va uni idrok etish tezligi o’rtasidagi nomutanosiblik, ya’ni kishi bir minutda 125 ta so’z gapiradi, lekin uning miyasi shu vaqt ichida 400 ta so’zni qayta ishlay oladi. Demak, har minutning 60%da miya bo’sh qoladi va bu vakuumni boshqa fikrlar egallaydi;
kishi e’tibori hajmining chegaralanganligi,ya’ni 4-5 ob’ekt;
uchrashuv joyi;
e’tiborning tabiiy susayishi, ya’ni auditoriyaning birinchi e’tibor krizisi 15-20 minutdan keyin yuz beradi, ikkinchisi esa 30-35 minutdan keyin. Bu vaqtda notiq auditoriyani e’tiborini asosiy mavzudan tashqar masalalar va hakozolar bilan chalg’itishi kerak. Unga «dam berish» kerak. Aynan o’sha paytlarga muhim masalalarni to’g’ri kelib qolmasligiga harakat qilish kerak.
Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, shuni aytish mumkinki xizmat suhbati san’atini yaxshi egallagandagina rahbar-xodimlar o’z zimmasiga yuklangan boshqarish faoliyatlarini maqsadga muvofiq amalga oshirishlari mumkin, bu esa o’z navbatida tashkilotning samaradorligini oshirishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |