Cheklanishlar:
moliyaviy
me’yoriy-huquqiy
etika
logistik
faollashish usullari
vaqt
sifat darajasi
bilvosita ta’sirlar
atrof-muhit
Ta’minot:
odamlar
bilim va tajriba
texnika va instrumentlar
texnologiya
(1.1-rasm. Loyiha boshlang’ich holatdan yakuniy holatga o’tish tizimi jarayoni sifatida)
Loyihani amalga oshirish natijasi sifatida fizik ob’ektlar (bino, inshootlar) maydonga chiqqan holatlarda loyihaning aniqlanishi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- loyiha – maqsadli yo’naltirilgan, oldindan ishlab chiqilgan va yaratilishi rejalashtirilgan yoki modernizatsiya qilinuvchi fizik ob’ektlarni, texnologik jarayonlar, ular uchun texnik yoki tashkiliy hujjatlashtirishni, moliyaviy, mehnat yoki boshqa resurslarni, shuningdek, ularning bajarilishi bo’yicha boshqaruv qarorlari va tadbirlar tizimi tushuniladi.
Loyiha o’z tarkibiga fikr (muammo), uni amalga oshirish vositasi (muammo yechimi) va amalga oshirish jarayonida olinadigan natijalarni qamrab oladi (1.2rasm).
Amalga oshirish maqsadi
(natijalar, yechimlar)
Fikr (muammo,vazifa)
Amalga oshirish vositasi (qaror)
(1.2-rasm. Loyihaning asosiy elementlari)
Har qanday loyihani amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog’liqdir. Shunga ko’ra, hayotda loyihalarning turli-tumanligidan kelib chiqib, unga yo’naltiriladigan investitsiyalarning ham yo’nalishlari, sohalari, manbalari, muddatlari, ishtirokchilari, investorlari, ahamiyati turlicha bo’ladi. Biroq, turli loyihalarga yo’naltirilgan investitsiyalarda shunday umumiylik saqlanib qoladiki, buni anglash maqqsadga muvofiqdir. Shunga muvofiq, biz uni “Investitsiyalar” tushunchasi mazmunini tavsiflovchi zaruriy belgilar qarab, ularni quyidagi 1.3-rasm orqali ifodalashimiz mumkin.
Loyiha atamasi bilan quyidagi tushunchalar o’zaro bog’langan:
loyiha davri (bosqichi);
loyiha tahlili;
loyiha menejmenti;
loyihani moliyalashtirish.
Bir qator iqtisodiyot tarmoqlarida, jumladan, aviatsionno-kosmik, transport, mashinasozlik, mudofa sanoati, og’ir sanoat kabi tarmoqlarda bugungi kunda yaratilayotgan ayrim ob’ektlar shu qadar murakkab tuzilmaga egaki, ular ustida kompleks ishlarni amalga oshirish loyiha tarkibida emas, aksincha, Dastur tarkibida,
asosida, doirasida olib borilmoqda va bunday Dasturlar uzoqroq muddatga, kengroq ko’lamga ega bo’lib, asosiy maqsadga xizmat qiluvchi bir necha loyihani o’z ichiga olishi mumkin. Bu loyihalar dasturning xizmat muddati va ko’lami bo’yicha bir nechtani tashkil etib, maqsadi, turi bo’yicha o’zaro farq qilishi mumkin. Bunday vaziyatda “loyiha” atamasi nisbatan qisqa muddatli maqsadlar bilan bog’liqlikka ega bo’ladi.
Foyda yoki ijtimoiy samaraga erishishga qaratilgan bo'lishligi
Davlat,yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin
Barcha turdagi mulkiy,moliyaviy va intelektual boyliklarning safarbar etilishi mumkinligi.
Kutilayotkan natijalarga erishishning risklilik darajasini oldindan baholash va aniqlash zarurligi
Qonun bilan ta'qiqlanmagan tadbirkorlik faoliyatining barcha ob'ektlariga yo’naltirilishi mumkin
Investitsiyalar
Ko'zda tutilmagan yo'qotishlar uchun zahira mablag'larini tashkil qilish
Uzoq muddat davomida amalga oshirilishga mo’ljallangan
Kapital qiymatini saqlab qolish yoki o'stirib borish imkonini berishligi
Do'stlaringiz bilan baham: |