Sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish


Korporativ nazorat organlariga quyidagilar kiradi



Download 4,93 Mb.
bet54/232
Sana30.05.2022
Hajmi4,93 Mb.
#620698
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   232
Bog'liq
UMK Korporativ boshqarish.2021-22

Korporativ nazorat organlariga quyidagilar kiradi:

    • Taftish komissiyasi;

    • Auditorlik tashkiloti.

Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish uchun jamiyat ustaviga muvofiq aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi taftish komissiyasini saylaydi.
Jamiyat taftish komissiyasining vakolatlari milliy qonunchilik va jamiyat ustavi bilan belgilanadi.
Jamiyat taftish komissiyasi faoliyatining tartibi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilab qo‘yiladi.
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha taftish komissiyasining tashabbusiga binoan, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashining qaroriga yoki jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida o‘n foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiya­dorlar)ning talabiga binoan amalga oshiriladi.
Jamiyat taftish komissiyasining talabiga binoan jamiyatning boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslar moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taftish komissiyasiga taqdim etishlari shart.
Jamiyatning taftish komissiyasi aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi chaqirilishini talab qilishga haqli.
Jamiyat taftish komissiyasining a’zolari bir vaqtning o‘zida jamiyat kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishlari, shuningdek jamiyatning boshqaruv organlarida boshqa lavozimlarni egallashlari mumkin emas. Jamiyat kuzatuv kengashining a’zolariga yoki boshqaruv organlaridagi mansabdor shaxslarga qarashli aksiyalar jamiyat taftish komissiyasi a’zolarini saylash chog‘ida ovoz berishda ishtirok etishi mumkin emas.
Jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra, taftish komissiyasi xulosa tayyorlaydi, bu xulosada:

    1. hisobotlarda va jamiyatning boshqa moliya hujjatlarida aks ettirilgan ma’lumotlar qay darajada to‘g‘riligiga baho beriladi;

    2. buxgalteriya hisobini yuritish va moliya hisobotini taqdim etish tartibi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risida axborot beriladi.

Auditorlik tashkiloti jamiyat bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jamiyatning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshiradi va unga auditorlik xulosasi taqdim etiladi.
Auditorlik tashkiloti jamiyatning moliyaviy hisoboti va moliyaga doir boshqa axborotlar haqida noto‘g‘ri yakun bayon etilgan auditorlik xulosasi tuzganlik oqibatida etkazilgan zarar uchun jamiyat oldida javobgar bo‘ladi.
Ustav fondidagi davlat ulushi ellik foizdan ko‘p bo‘lgan jamiyatlarda auditorlik tekshiruvi o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan ro‘yxat bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.
Korporativ xulq-atvor kodeksiga kiritilgan yangiliklar qatorida aksiyadorlik kompaniyalariga maxsus mansabdor — jamiyat kotibi (korporatsiya kotib)ga ega bo‘lish tavsiyasini ko‘rsatish mumkin bo‘lib, uning asosiy vazifasi jamiyat mansabdor shaxslari va organlarining jamiyat aksiyadorlari manfaatlari amalga oshirilishini kafolatlovchi talablarga rioya qilishini ta’minlash hisoblanadi. Jamiyat kotibini tayinlash (saylash) tartibi va uning majburiyatlari jamiyat nizomida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.

Download 4,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish