Mulkchilik huquqlari nazariyasi. Xo‘jalik sub’ektining ichki va tashqi muhiti mavjudligi ko‘zda tutiladi, uning faoliyati «o‘ziga o‘xshashlar» muhitida ko‘rib chiqiladi. Mazkur nazariya doirasida firma nazariyasidan farqli ravishda, kompaniya tushunchasi mavjud va kompaniyalar institutsional muhiti sarflanadi. Bu nazariyada asosiy rolni mulkchilik ob’ekti o‘ynaydi, uni aniqlashga bir nechta yondashuvlar ko‘rib chiqiladi:
korxonaning butun mulkiy kompleksi;
bu mulkiy kompleksdan foydalanish va tasarruf qilish huquqi.
Ob’ektga nisbatan mulkchilik sub’ektlari saf tortadi:
aksiyadorlar;
direktorlar Kengashi;
bosh direktor.
Har bir sub’ekt miqyosida iqtisodiy va huquqiy hokimlikni to‘plash haqida bahs yuritiladi.
Sanab o‘tilgan korporativ boshqaruv nazariy asoslari korporatsiyalar shakllanishi jarayonining hozirgi tushunishda evolyusionligini ta’kidlaydi va korporatsiya Boshqarmasi barcha organlarining o‘zaro aloqalariga asoslangan korporativ boshqaruv nazariy manbalarini ajratishga imkon beradi. Bu manbalarni ajratish imkoniyati korporatsiyalar shakllanishining uchinchi bosqichida, korporativ boshqaruv shakllanishi bilan paydo bo‘lgan.
Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari
Korporativ boshqaruvning nazariy manbalari quyidagilar hisoblanadi: Agentlik nazariyasi (Agency Theory);
SHeriklar nazariyasi (Stakeholder Theory);
Boshqaruv nazariyasi (Stewardship Theory);
Tashkiliy nazariya (Organization Theory).
Bu nazariyalarning har birini qisqacha tahlil qilib chiqamiz:
Agentlik nazariyasida korporativ munosabatlar mexanizmi agentlik xarajatlari vositalari orqali ko‘rib chiqilib, direktorlar va aksiyadorlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma munosabatlari sifatida ifodalanadi. Ko‘rib chiqiladigan vazifalar tipologiyasi quyidagilarga borib taqaladi:
«Manfiy tanlov» muammosi (ya’ni, yaxshi menejerni qanday tanlash).
«Opportunistik xulq-atvor» muammosi (ya’ni, qanday qilib menejerni mulk egasi manfaatlarida ishlashga majbur qilish).
Agentlik nazariyasi doirasida 1976-yil iqtisodchi olimlar Ensen va Mekling tomonidan taklif etilgan model keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra, agentlik munosabatlari bu - unga muvofiq boshliq qo‘l ostidagi xodimni boshliq manfaatlarida harakatlarni amalga oshirish uchun yollaydigan va qaror qabul qilish huquqlarining bir qismini qo‘l ostidagi xodimga berish ko‘zda tutiladigan shartnomadir. Bundan tashqari, agentlik munosabatlari quyidagilardan iborat bo‘lgan agentlik xarajatlariga olib keladi:
mulk egasi va menejer o‘rtasida muloqot o‘rnatish xarajatlari;
mulk egasining menejerni nazorat qilish xarajatlari;