O`quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta`limdagi o`rni
Ushbu fan jamiyatning iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kompaniyalar faoliyatida korporativ boshqaruvning mohiyati, monopolistik faoliyatni cheklashning ahamiyatning, korporatsiyalar raqobatbardoshligini oshirishda davlatning monopoliyaga qarshi siyosati, korporatsiyalarda sog`lom raqobat muhitini shakllantirishning zarurligini ko`rib chiqqan holda talabalarda shu sohada nazaruy va amaliy proessional bilim va ko`nikmani shakllantirishdir. Mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jarayonlarining mohiyatini tushunishda talabalarni zarur bo`lgan bilimlar bilan qurollantiradi.
O`quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanni o`qitishdan maqsad - talabalarga korporativ boshqaruvda hamkorlik: investorlar, kompaniyalar va direktorlar kengashining vazifalari, xuquq va majburiyatlari, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xorijiy korporativ boshqaruv tajribalarini o`rganish va aniqdash, Listing kompaniyalarini boshqarishda korporativ boshqaruvning roli, raqobatni rivojlantirishning xuquqiy va moliyaviy asoslari hamda korporatsiya investitsiya saloxiyatini oshirishda raqobatning axamiyatini tushuntirish hamda mos keluvchi mutaxassisliklar bo`yicha malakalarni oshirishdan iboratdir.
Ushbu maksadga erishish uchun fan talabalarni korporativ boshqaruvni prinsiplar, siyosat va amaliyotda usullarini, korporativ tuzilmalar ishlashining mexanizmlari va ularning xususiyatlari, korporativ tuzilmalar rivojlanishining integratsion strategiyasini o`rganish to`g`risida ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:
- Korporativ boshqaruv fanining vazifalari, tamoyillari va ijtimoiy-iqtisodiy moxiyatini, korporativ boshqaruvning prinsiplar va amaliyoti, korporativ boshqaruvning asosiy yo`nalishlari va xususiyatlari to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi;
- korporativ boshqaruvning xalqaro tamoyillari va modellari. korporativ boshqaruvning xalkaro tamoyillari. korporativ nazoratning shakllari va modellari. Korporativ boshqaruvning modellari (anglo - amerika, germaniya va YAponiya modellari) va xususiyatlari. Korporativ boshqaruv modellarining mamlakatlardagi xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- talaba korporatsiyalarning tashqi rivojlanish imkoniyatlari, firma nazariyasi baxrlash, korporativ boshqaruv tamoyillari va mulkdorlarning xuquqdarini ximoyalash, kompaniya iqtisodiy faoliyatini aniqdash, korporativ boshqaruv tamoyillari mexanizmini shakllantirish uchun qulay sharoitlarni ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |