Korporatsiya (lotincha corporatio – birlashish) – bu umumiy maqsadlarga erishish, birgalikda faoliyat ko‘rsatish uchun birlashgan va huquqning mustaqil sub’ektini – huquqiy shaxsni
Konsern- Manfaatlar umumiyligi, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi bilan bog‘langan, yagona mulkchlilik negizi va nazorat organiga ega bo‘lgan korxonalar birlashmasi. Nazorat nizom kapitalida ishtirok etish tizimi orqali amalga oshiriladi.
Konglomerat- Texnologik jihatdan bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘p sonli tashkilotlarning birikuvi (birlashish va qo‘shib olish) natijasida vujudga keladigan struktura.
Kredit - o‘z egalari qo‘lida vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan ssuda kapitalining maqsadli xarakatini o‘z ichiga oluvchi iqtisodiy munosabatlardir.
Lizing - bu zavodlarni, sanoat tovarlarini, uskunalarni, qo‘zg‘almas mulklarni mulk egasi tomonidan ularni ishlab chiqarish maqsadlarida ishlatish uchun ijaraga berish to‘g‘risidagi shartnomadir.
Marja - savdo, birja, sug‘urta va bank amaliyotida tovarlar narxi, valyuta va qimmatbaho qog‘ozlar kursi, foiz stavkalari va boshqa ko‘rsatkichlar farqini ifodalash uchun ishlatiladigan atamadir.
Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda-sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan maіsulotning ishlab chiєarish tannarxi o‘rtasidagi tafovut.
Moliya sanoat guruhlari (MGS)- MGS tashkil etish haqida shartnoma imzolagan, yuridik shaxs huquqiga ega xo‘jalik sub’ektlari majmui. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida amal qiluvchi strukturalar va moliyaviy struktura mavjud bo‘lishi shart. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart.
Majoritar aksiyador – kompaniya ustidan nazorat qilish uchun yirik aksiyalar paketi egalari.
Minoritar aksiyador - kompaniya tijorat va siyosiy masalalarini hal etishda etarsiz aksiyalar paketiga ega shaxslar.
"Oltin aksiya" - bu ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik axamiyatga ega bo‘lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda O‘zbekiston Respublikasi Xukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari ximoya qilinishini ta’minlaydi.
Sindikat-bir turdagi mahsulot ishlab chiqarish korxonalarining o‘z mahsulotlarini yagona savdo tarmog‘i orqali sotishni tashkil etish maqsadida tuzilgan korporativ birlashma.
Trest- Turli tashkilotlar umumiy ishlab chiqarish majmuiga birlashadigan tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan birlashma. Bunda ular aksiyalar nazorat paketini yoki ishonch asosidagi shartnomani ishonch asosidagi kengashga berib, yuridik, ishlab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo‘qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |