4.Kitoblar bilan ishlash. Konspektlash shakllari, seminarlarga, amaliy mashg’ulotlarga, sinov va imtihonlarga tayyorlanishda ulardan foydalanish.
Mustaqil ta’limda qo’llaniladigan eng muhim metodlardan biri kitob ustida ishlashdir. Bu metodning afzalligi shundaki, u kitobxonga o’quv axborotini uning o’ziga xos sur'atda va qulay vaqtda olishini ta'minlaydi. O’quv adabiyotlari bilan ishlash metodlariga xos funksiyalarni barchasini bajaradi.
Kitob ustida mustaqil ishlashning maqsadi uning tarkibi bilan tanishib chiqish, tezda qarab chiqish, alohida boblarni yoki paragraflarni sinchiklab o’qish, berilgan materialni o’rganish, alohida bob yoki butun kitobga referat yozish, ayrim qoidalarni yodlash va boshqa usullar tarzida bo’lishi mumkin. Shuning uchun bu metodning qo’yilgan maqsaddan kelib chiqib, turli modifikatsiyalarda qo’llash mumkin.
Kitob ustida ishlash talaba uchun murakkab va qiyin metod sanaladi. Juda ko’p talabalar o’qishni bilganlari holda kitob bilan ishlashni yetarli darajada bilmay yoki o’qiganlarining ma'nosiga to’liq yetmagan holda bitiradilar. Bunga sabab nima?
Nima sababdan o’quvchilar ham, talabalar ham o’quv adabiyotlari bilan ishlashni qiyin ko’rishadi?
Bir guruh metodistlar (Beck va boshqalar, 1993) tadqiqot o’tkazib, buning ikki asosiy sababini aniqlashdi:
Birinchidan, darsliklar, ko’pincha noaniq, mujmal yozilgan bo’ladi, hech bo’lmaganda matnni tushunish uchun zarur bo’lgan barcha axborotni kamdan-kam holatda qamrab oladi.
Ikkinchidan, kitobxon noaniq yozilgan matnga, tushunmagan so’zga duch kelgach, tipik holatda o’zini passiv tutadi, ya'ni eng osoni kitobni yopib qo’ya qoladi.
Uchinchidan, o’quvchi, talabalar ko’pincha bir adabiyotdan zarur axborotni barchasini olishni ko’zlashadi.
Shuning uchun amerikalik pedagoglar tomonidan o’quvchi, talabalarni kitob ustida ishlashlarini faollashtirish maqsadida «muallifdan so’rang» metodi ishlab chiqilgan. Bu metodni qo’llab darsni boshlashdan oldin o’qituvchi buyuk faylasuflardan Suqrotning yozma nutq haqidagi shikoyatini boshqacha tarzda ifodalab, yozilgan matn doimo tushunarli bo’lavermaydi. Uni tushunmagani uchun o’quvchi aybli emas. Odatda, gapirayotgan kishining nutqida tushunilmagan gapni, so’zni so’zlovchiga savol berib, uni kengroq tushuntirib berishini so’raymiz. Yozma matn, ya'ni kitob ma'nosi tushunarli bo’lmasa, uni tushuntirib berishlarini so’rash mumkin emas. Faqat bunda uni kursdoshlari tushuntirib berishi yoki o’zi harakat qilishi mumkin, deya tushuntiradi.
Buning uchun o’qituvchi talabadan matnda nima yozilganini tushunishni ana shu metod yordamida o’rganishi mumkinligini ko’rsatadi. Bu organilayotgan fan bo’yicha darslik, o’quv qo’llanmasi yoki gazeta, jurnallarda chop etilgan bevosita o’rganilayotgan mavzuga taalluqli ilmiy maqolalar bo’lishi mumkin.
Bunda o’qituvchi talabalarga mavzu bo’yicha o’quv adabiyotidan paragraf yoki biron parchani o’qishni taklif etadi. So’ngra o’qituvchi talabalariga:
Aytinglarchi, muallif bu yerda nima haqida gapirayapti? degan savolni beradi. Talabalar javob bergach, o’qituvchi gap nima haqida ketayotganligiga yakun yasaydi. Hamda aniqroq, tushunarliroq bo’lishi uchun siz bu fikrni qanday ifodalagan bo’lardingiz? degan savol bilan murojaat qiladi.
Bu metodni boshqacha variantda, dars o’tishni uch kursga bo’lib quyidagicha qo’llash mumkin:
Bu metodni boshqacha variantda, dars o’tishni uch kursga bo’lib quyidagicha qo’llash mumkin:
Dastlab, o’qituvchi talabalariga kitob yoki ilmiy maqolani o’qib chiqib, tushunmagan jumla, fikrni alohida ajratib daftarga yozishni topshiradi.
So’ngra, ikkinchi kursda muallif nima haqida fikr yuritayotgani, u nima demoqchi ekani muhokama qilinadi.
Uchinchi kursda, o’qituvchi talabalardan o’zlari muallif sifatida bu fikrni yozma ravishda qanday ifodalagan bo’lar edingiz, yozib bering deb, topshiriq beradi.
To’rtinchi kursda, talabalar yozgan javoblar o’zaro tekshiriladi va muhokama qilinadi. Muhokama individual yoki kichik guruhlar bo’yicha olib borilishi mumkin. Asosiy maqsad, yozilgan fikr tanqid qilingan muallifnikiga qaraganda tushunarliroqmi yoki aksinchaligini aniqlash.
Topshiriqni bajarilishiga qarab talabalaiga ball beriladi. Bunday usulni qo’llash talabalarni o’qishni faol o’rganishga undaydi. Undan tashqari talabalarni o’z fikrlarini asoslashga, materialni taqdim qilishni o’igatadi. «Muallifdan so’rang» usuli bo’yicha talabalar o’zlari yangi matn bilan ishlab, yozishni o’rganishadi.
Ko’pincha, talabalar oliy o’quv yurtini bitirib, ishga tushganda ustozlar hayron bo’lishadi, nahot shu narsalami bilmaydi, o’quv yurtini bitirib keldi-ku, u yerda bu narsalarni o’qitgan, o’rgatgan bo’lishi kerak edi, deb. Psixologlarning fikricha, buning asosiy sababi, eng avvalo, har bir kishi o’qishdan aniq maqsad qo’ymas ekan, ko’zlagan natijaga erishib bo’lmaydi. Agar aniq maqsad qo’yilmasa, bilimli mutaxassis emas, o’qiganini tutiqushdek takrorlovchi, bilganini real hayotda qanday qo’llashni bilmaydigan bitiruvchilar tayyorlanadi.
Talabalar kitob yoki maqola o’qir, ekan, unga olgan bilimi yoki undagi berilgan axborotdan joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat topshirishda yoki ball to’plashda qanday foydalansam bo’ladi, degan nuqtayi nazardan qaraydi. Kasb egasi bilimi jihatidan undan ustun bo’lmasada, mutaxassisligi bo’yicha qo’liga kitob tushsa, eng avvalo, undan ish jarayonida qanday foydalanish mumkinligiga e'tibor qaratadi. Akademik va amaliy bilimning asosiy farqi ham ana shunda. Shuning uchun ham hozirda o’quv yurtlarini bitiruvchilarni egallayotgan kasblari bo’yicha amaliyot bilan bog’lashga alohida ahamiyat berilmoqda. Bunda nazariya bilan amaliyotni bog’lovchi dars o’tish metodlarini qo’llash muhim ahamiyatga ega.
Kitob o’qituvchi tomonidan tavsiya qilinishi yoki talabalarning o’zlari tanlashlari mumkin. o’qituvchi talabalrning hikoyasini tinglab yoki esselarini o’qib, uni - naqadar real hayot bilan bog’langanligi, fikrning originalligi, bayon qilinishiga qarab ball berishi lozim.
«Bilaman, Bilmoqchiman, Bildim (B/B/B)»
Bu metod talabalarni kitob, ilmiy maqolalarni o’qishga, bilmaganlarini o’rganishga harakat qilishlariga yordam beradi. Barcha talabalarni darsga faol qatnashishlarini ta'minlaydi. Bu metodni qo’llashda o’qituvchi avvaldan qaysi mavzu yoki savolni shu metod yordamida organishni aniqlaydi. O’rganilgan mavzu bo’yicha savollar va ularning javoblarini, o’qiladigan maqola, darslikdagi paragraf yoki ma'ruza matni, yangi mavzu bo’yicha bilish lozim bo’lgan savollar va ularga javoblarni tayyorlaydi. Talabalarning nimalarni bilishi, yangi mavzu bo’yicha nimani bilishi zarurligi va dars davomida nimalarni talabalar bilganini ko’rsatishi uchun jadval chiziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |