1.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida ilmiy-tadqiqot ishlarining ahamiyatini oshiruvchi omillar. Ilmiy-tadqiqot ishlar to’g’risida Nizom
Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari o’quv mashg’ulotlarining davomi hisoblanib, ular talabalar o’quv jarayonida o’zlashtirgan bilimlarni chuqurlashtirish va boyitishda katta rol o’ynaydi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmuni va tizimi ilmiy-tadqiqot tadbirlari va shakllarining o’quv jarayoni qonuniyatlariga muvofiq ravishda mutassil bo’lishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilmiy-tadqiqot ishlari shakl va usullarining kursdan kursga, kafedradan kafedraga, bir fandan ikkinchi fanga, bir xil mashg’ulotlardan boshqa xil mashg’ulotlarga izchil tartibda o’tib borishini, talabalar ilmiy-ishlarni bajarish jarayonida o’zlashtiradigan bilim va mamlakatlar-ning hajmi asta-sekin ko’payib va murakkablashib borishini ta’minlaydi.
Оliy ta’lim muassasa talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari ikki yo’nalishda o’quv rejalaridan tashqari, mashg’ulotlardan bo’sh vaqtda iqtidorli talabalar bilan to’garaklarda, kafedra qoshidagi ilmiy laboratoriyalarda, kafedra shahobchalaridagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, ularning vazifalari, shakllari va usullarini ko’rib chiqamiz.
Talabalar o’zlari egallayotgan ixtisosliklari xususiyatlaridan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan birga ijodiy faoliyat bilan ham shug’ullanadilar. Masalan, Ishlab chiqarish korxonasiga yangi texnika, texnologiya va uslublarni tavsiya etish ham ilmiy asosdagi tadqiqot-lar bo’lib, talabalar ilmiy-texnik konferentsiyalarda o’z ma’ruzalari bilan qatnashadilar.
Talabalarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlari o’quv mashg’ulotlarining davomi hisoblanib, ular talabalar o’quv jarayonida o’zlashtirgan bilimlarni chuqurlashtirish va boyitishda katta rol o’ynaydi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mazmuni va tizimi ilmiy-tadqiqot tadbirlari va shakllarining o’quv jarayoni qonuniyatlariga muvofiq ravishda mutassil bo’lishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilmiy-tadqiqot ishlari shakl va usullarining kursdan kursga, kafedradan kafedraga, bir fandan ikkinchi fanga, bir xil mashg’ulotlardan boshqa xil mashg’ulotlarga izchil tartibda o’tib borishini, talabalar ilmiy-ishlarni bajarish jarayonida o’zlashtiradigan bilim va mamlakatlar-ning hajmi asta-sekin ko’payib va murakkablashib borishini ta’minlaydi.
Talabalar ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlarining kompleks ravishda amalga oshirilishi.
- milliy mafkura, milliy ong tushunchalarini chuqur anglash, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, talabalarni vatanga muhabbat, insonparvar, e’tiqod, sadoqat ruhida tarbiyalash;
-talabalarga o’zi tanlagan mutaxassislikni tezkorlik bilan egallashda yordam berish;
-talabalarning amaliy masalalarni hal etishda ijodiy fikr yuritishni va qobiliyatlarini o’stirish;
- talabalarga mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish ishtiyoqini singdirish;
-talabalarda tashabbuskorlikni, nazariy bilimlarini o’z amaliy faoliyatida qo’llash qobiliyatini o’stirish;
-eng iqtidorli, qobiliyatli talabalarning bevosita ishlab chiqarishga joriy qilinadigan ilmiy muammolarini ishlab chiqarishga jalb etish;
-o’z bilimlarini doimo takomillashtirib borish, ijtimoiy taraqqiyotga ko’maklashish ehtiyojini tarbiyalash va bunday ehtiyojni amalga oshira bilishni shakllantirish;
- bo’lajak mutaxassisning nazariy darajasi va ilmiy bilimdonligini oshirish;
-institut olimlar, tadqiqotchilar, professor - o’qituvchilar zahirasini tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
Institutda iqtidorli talabalar faoliyat ko’rsatib kelayapti. Unda eng iqtidorli, qobiliyatli talabalar kompyuterda to’liq ishlash sirlarini o’rganadilar, xorijiy tillardan birini mukammal o’rganadilar. Chet tillarini, informatika, o’zbekiston tarixi, ma’naviyat va ma’rifat asoslari va boshqa fanlarni yaxshi o’zlashtirayotgan talabalar orasida, ilmiy ishlar olib bora oladigan, chet mamlakatlarga o’qishga yuborish mumkin bo’lgan, korxonalarda marketing va menejment asoslarida ish yuritish-ga moyilligi mavjud bo’lgan va boshqa shaxsiy qobiliyatga ega bo’lgan iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va ularning bunday qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqarish hamda tegishli kafedralar bilan hamkorlikda bu ishlarni samarali olib borish kabi vazifalarni o’z zimmasiga olgan «Iqtidorli talabalar» jamiyati talabalarga “INTERNET” aloqalaridan unumli foydalanishni, ilg’or korxonalar tajribalarini o’rganish, kutubxonalar, gazeta va ilmiy jurnallardan foydalanish uchun talabalarga sharoit yaratishni tashkil etadi.
«Iqtidorli talabalar» ilmiy jamiyati eng iqtidorli talabalarni Respublika Prezidentining, Nomdor Davlat stipendiyalariga, “Umid”, “Kamolot” jamg’armalari, Banklar Assotsiatsiyasining maxsus stipendiyalariga tavsiya etadilar. SHuningdek «Iqtidorli talabalar» ilmiy jamiyati ilmiy ish olib borish va boshqa shaxsiy qobiliyatlarga ega bo’lgan iqtidorli talabalarni shaxsiy chuqurlashtirilgan va maqsadli o’quv rejalari bo’yicha o’qitishga tavsiya berish, ularga bunday rejalar bo’yicha o’qishda ko’maklashish (adabiyotlar topish, zamonaviy texnik vositalaridan foydalanish, ish rejalarini tuzish, o’quv va ilmiy ishlarini bajarishda maslahatlar berish, maslahatchi-ustozlar tanlash kabi vazifalarni ham amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |