Buxgalteriya hisobi – har qandaymulkchilik shaklidagi korxona xo’jalik faoliyatini yalpi, uzluksiz kuzatish va nazorat qilish, sodir bo’lgan voqea–hodisalarni hisob registrlarida qayd qilish, ularga ishlov berish hamda hujjatlarga asoslangan holda moliyaviy hisobot ko’rinishida axborotlarni foydalanuvchichilarga taqdim qilish tizimidir.
“Buxgalter” atamasi nemis tilidan tarjima qilganda, book–kitob, halter–tutish so’zlarining birikmasi bo’lib, kitob tutuvchi degan mahnoni anglatadi. Ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlarda buxgalteriya hisobi “accounting” deb yuritiladi.
Buxgalteriya hisobida har qanday xo’jalik operatsiyasi bo’yicha tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko’rsatkichlarga ega bo’lgan, mashul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiqlangan xujjat tuzilishi kerak.
Buxgalteriya hisobining boshka hisob turlaridan farq qilib, bu hisobning predmeti va metodlari shakllangan bo’lib, xo’jalik faoliyati davomida qonunda belgilangan moddalar bo’yicha faoliyat yuritadi.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo’jalik yurituvchi subhektlar faoliyatini baholash, foyda va zararlarini aniqlash uchun asos yaratiladi. Buxgalteriya hisobidagi yozuvlar asosida belgilangan muddatlarda hisobot tuziladi.
Buxgalteriya hisobiga qo’yiladigan asosiy talablardan biznes reja ko’rsatkichlarini bajarilishini nazorat qilishdir. O’z navbatida ichki imkoniyatlardan unumli foydalanishni tahminlashdir.
Korxona va tashkilotlarda mavjud mablag’lar kuzatish davomida o’zining tuzilishinigina emas, balki miqdoriy holatini ham o’zgartirib boradi. Hisob turlarini to’g’ri belgilash kuzatilayotgan xodisa va jarayonlarni to’g’ri nazorat qilish imkonini berish bilan ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni tahminlaydi.
Hisobning har bir turi bir xil xo’jalik operatsiyasini turli vaziyatlarda ko’rib chiqadi, bu esa ayrim bosqichlarda uning foydalanuvchilarini qiziqtiradigan axborot oqimlarining kesishishini istisno qilmaydi. Bunga erishish hisobning barcha turlariga hos bo’lgan muhim xususiyat, yahni bir xil o’lchovlardan: natura, mehnat va pul o’lchovlaridan foydalanish tufayli mumkin bo’ladi.
Hisob ishlarida qo’llaniladigan o’lchov birliklaridan alohida-alohida foydalanish mumkin.
SHunday xo’jalik jarayonlari amalga oshiriladiki, ularda bir vaqtda natural va pul o’lchov birliklaridan foydalaniladi. o’lchov birliklarini qo’llash birinchidan hisob turiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan amalga oshirilayotgan xo’jalik jarayoniga ham bog’liqdir. Hisob turlarining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’lchov birliklaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |