3. Sanoat korxonalarida ishlab chiqilayotgan turli xil mahsulotlar muayyan sifat kо‘rsatkichlariga javob berishi kerak. Sifat kо‘rsatkichlari esa ma’lum belgilangan talablarga muvofiq /mos/ kelishi lozim. Muvofiqlik о‘z navbatida ma’lum standartga yoki boshqa meyoriy hujjatlarga mos kelishini talab etadi. Muvofiqlikni setifikatlashtirish mumkin. Xо‘sh, sertifikatlashtirish tushunchasi nima?
Sertifikatlashtirish deganda kerakli ishonchlilik bilan mahsulotning muayyan standartga yoki texnikaviy hujjatga muvofiqligini tasdiqlaydigan faoliyat tushuniladi.
“Sertifikatlashtirish” tushunchasi birinchi marta Xalqaro standartlash-tirish tashkiloti Kengashining sertifikatlashtirish masalalari bо‘yicha maxsus qо‘mitasi tomonidan ishlab chiqilib, uning “Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sinov laboratoriyalarining akkreditlash sohalaridagi asosiy atamalari va ularning qoidalari” qо‘llanmasiga kirgazilgan.
Qayta ishlangan Xalqaro standartlashtirish tashkiloti-ning qо‘llanmasida “sertifikatlashtirish” atamasining faqatgina izohlari berilgan:
- sertifikatlashtirish umumiy atama bо‘lib, mahsulot, texnologik jarayon va xizmatlarning sertifikatlash-tirishda /muvofiqlikni sertifiklashtirish/ uchinchi tomonning qatnashishi tushuniladi;
- sifat tizimini baholash sohasidagi taraqqiyot sifat tizimini sertifikatlashtirish bо‘yicha yangi /ta’minlov-chining imkoniyatlarini sertifikatlashtirish/ tushuncha zaruriyatini tug‘dirmoqda.
Qо‘llanmaning qayta ishlangan nushasida muvofiqlikni “sertifikatlashtirish” tushunchasi tegishli atamalar guruhiga kiritilgan.
Muvofiqlik atamasi mahsulot, jarayon, xizmatga belgilangan barcha talablarga rioya qilishni о‘z tarkibiga oladi. Bunda muvofiqlikni uchta kо‘rinishi - muvofiqlik bayonoti, muvofiqlikni attestatlash, muvofiqlikni sertifikatlash-tirish belgilaydi. Muvofiqlik bayonoti deb yetkazib beruvchining mahsulot, jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa meyoriy hujjatga tо‘la-tо‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni о‘z ustiga olganligini bayon etishiga aytiladi. Bu atamani sо‘nggi vaqtlarda “о‘z-о‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. О‘z-о‘zini sertifikatlashtirish deganda mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni о‘ziga olgan holda sertifikatlashtirishni о‘zini о‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi haqidagi kafolatni о‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini о‘z-о‘zini sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriya-sining bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bо‘lgan talablarni belgilovchi ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga aytiladi.
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida о‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, mol/ ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi.
Yana bir zarur atamalardan biri “sertifikatlashtirish tizimi” bо‘lib, u quyidagicha ta’riflanadi: Sertifikatlashtirish tizimi - muvofiqlikning sertifikatlashtirish faoliyatini о‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va boshqarishiga ega bо‘lgan tizimdir.
“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi /sxema sertifikatsii/ kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning sertifikatlash-tirilishini о‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi”.
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha tо‘g‘risida tо‘xtalib о‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish tizimining qoidalariga muvofiq guvohnoma talabgoriga berilgan sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat kо‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bо‘lmagan sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan faoliyat kо‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bо‘ladi: majburiy va ixtiyoriy. Mahsulotni u yoki bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir kо‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bо‘ladi, qolgan mahsulotlar esa sertifikatlashtirilishi ixtiyoriydir
Majburiy sertifikatlashtirish deganda sertifikat-lashtirish huquqiga ega bо‘lgan idora tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
4. Shtrix-kodlardan mahsulotlarga nisbatan tadbiq etish g‘oyasi ilk bora 30- yillarda AQSH ning Garvard biznes maktabida yaratilgan bо‘lib, undan amalda foydalanish bir necha о‘n yillardan sо‘nggina, ya’ni, 60-yillardan boshlangan. Shtrix- kodlarni dastlabki qо‘llovchilar temir yо‘lchilar bо‘lib, shu usul orqali temir yо‘l vagonlarini identifikatsiyalashtirilgan. Mikroprotsessor texnikasining gurkirab rivojlanishi 70-yillardan boshlab shtrix-kodlardan keng ravishda foydalanish imkonini yaratdi. 1973 yil AQShda Mahsulotning Universal Kodi (IPC) qabul qilinib, 1977 yildan boshlab esa Yevropa Kodlash Tizimi YEAN (European Article Numbering) ta’sis etildi va hozirda undan nafaqat Yevropada, balki boshqa mintaqalarda ham keng ravishda foydalanilmoqda.
Shtrix-kod ketma-ket almashinib keluvchi qora (shtrix) va oq (probel) rangli, turli qalinlikdagi chiziqlardan iborat bо‘lib, bu chiziqlarning о‘lchamlari standartlashtirilgan. Shtrix-kodlar maxsus optik qurilmalar - skanerlar yordamida о‘qishga mо‘ljallangan. Uning vositasida, mikroprotsessorlar orqali shtrixlar raqamlarga dekoderlanib, mahsulot haqidagi ma’lumotlar kompyuterga uzatiladi.
Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan davlatimizda О‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan tovarlarni shtrixli kodlash kiritilmoqda. “GS1 International” (YEAN Uzbekistan) (Belgiya, Bryussel) xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan bizning mamlakatimizga 478 raqamli kodi berildi. U bо‘yicha bu tovar qayerda ishlab chiqarilganligini aniqlash mumkin. Mamlakat kodidan keyingi raqamlar tovarni ishlab chiqarayotgan yoki realizatsiya qilayotgan korxonani belgilaydi. Keyingi beshta raqamlar bilan mahsulotning iste’molchilik xossalari о‘lchami, massasi, tarkibi, shakli, о‘ramining kо‘rinishi va boshqa ma’lumotlar shifrlab qо‘yilgan.
Bu raqamlar qatoriga muvofiq kompyuter yordamida shtrixli kod shakllantiriladi. Oxirgi 13-raqam tekshirish uchun va barcha kiritilgan axborotning shtrixli kodini skaner bilan о‘qilishi tо‘g‘riligini tekshirish uchun ishlatiladi. Shtrixli kodga о‘zgarib turuvchi, masalan, sifati va bahosi haqidagi kо‘rsatkichlar kiritilmaydi.
Har bir tovar ishlab chiqaruvchi bizda tashkil etilgan “GS1 International”
(YEAN Uzbekistan) tovarlar va xizmatlarni avtomatik identifikatlashtirish Markazida rо‘yxatga olinadi.
5Muayyan obyektni tavsiflovchi kattalik shu obyekt uchun xos bо‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi obyektlar о‘zaro birgalikda kо‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga kо‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda obyektlararo biror bir asos bо‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikning birligi deb nom berilgan.
Kо‘rilayotgan fizikaviy obyektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bо‘lib uning о‘lchami xizmat qiladi. Lekin “uzunlik о‘lchami”, “massa о‘lchami”, “sifat kо‘rsatkichining о‘lchami” degandan kо‘ra “uzunligi”, “massasi”, “sifat kо‘rsatkichi” kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdan,ham texnikaviy jihatdan о‘rinli bо‘ladi.О‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir-biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir о‘lchamni 3 xil kо‘rinishda ifodalanishi bо‘lib, odatda “massa о‘lchamining qiymati” demasdan, “massasi (...) kg” deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning о‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.
Kattalikning о‘lchami - Ayrim olingan moddiy obyekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bо‘lgan kattalikning miqdori bо‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |