TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
MENEJMENT VA KASB TA’LIMI FAKELTETI
“SANOAT IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI” KAFEDRASI TALABASI TOLIPOV BEHRUZNING
SIFAT MENEJMENTI FANIDAN YOZGAN YAKUNIY
YAKUNIY NAZORAT ISHI
Вариант № 2
1. Стандартлаштиришнинг мақсад ва вазифалари.
2. Стандартлаштириш ва метрология бўйича давлат назорати
3. Сертификатлаштириш бўйича атама ва таърифлар
4. Маҳсулот ҳақидаги маълумотларни стандартлаштириш ва кодлаш
5. Катталиклар ва уларнинг бирликларига таъриф беринг.
Javoblar
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning (keyingi о‘rinlarida mahsulotlar deb yuritiladi)
aholining hayoti, salomatligi va mol-mulki, atrof-muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash masalalarida iste’molchilarning va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- mahsulotlarning о‘zaro bir - birining о‘rnini bosishini va bir-biriga monandligini ta’minlash;
- fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek, aholi va xalq xо‘jaligining ehtiyojlariga muvofiq mahsulotlarning sifati hamda raqobatbardoshligini oshirish;
- resurslarning barcha turlarini tejashga,ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilashga kо‘maklashish;
- ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirish;
- tabiiy va texnogen falokatlar va boshqa favqulotda vaziyatlar yuzaga kelishi, havf- xatarni hisobga olgan holda xalq xо‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlash;
- iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nomenklaturasi va sifati tо‘g‘risidagi tо‘liq va ishonarli axborot bilan ta’minlash;
- mudofaa qobiliyatini va mustaxkamligini ta’min lash;
- о‘lchashlarning yagonaligini ta’minlash;
- ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijro etuvchi) ma’lum qilgan mahsulot sifati
tо‘g‘risidagi kо‘rsatkichlarini tasdiqlash.
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
- iste’molchi va davlatning manfaati yо‘lida mahsulotning sifati va nomlariga
nisbatan eng maqbul talablarni qо‘yish;
- davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga
kerakli talablarni belgilovchi meyoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qо‘llash,shuningdek hujjatlardan umumli foydalanishin nazorat qilish;
- standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
- bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning о‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
- parametrik va turlar о‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qо‘llash asosida birxillashtirish;
- mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, hom ashyo va materiallar kо‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
- material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qо‘llash;
- mahsulotning ergonomik xossalariga talablarning belgilanishi;
- metrologik meyor,qoida,nizom va talablarning belgilanishi;
- standartlashtirish bо‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish,mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish; - xorijiy mamlakatlarning talablari О‘zbekiston Respublikasining xalq xо‘jaligi ehtiyojlarini qondiraolgan hollarda ularning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida tо‘g‘ridan - tо‘g‘ri qо‘llash
tajribasini kengaytirish;
- texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
- mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro
hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
- texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
- sinovlarni meyoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini
sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |