Iqtisodiy axborot menejmentda asosiy rol o'ynaydi. Axborot tizimlari murakkab axborot tuzilmalari bo‘lib, u turli hujjatlarni, axborot oqimi, aloqa kanallari, texnik vositalar, avtomatlashtirilgan menejment tizimlarini o'z ichiga oladi. Rahbar qabul qilgan boshqaruv qarorlari va uning ma’nosi axborot xizmatlariga bog'liq.
Kommunikatsiya jarayoni - bu ikki va undan ortiq odamlar o'rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kompyuterlar nafaqat ishlab chiqarishni boshqarish uchun, balki iqtisodiyotning barcha jabhalariga kerak
Tashkiliy boshqaruv faoliyatini axborot bilan ta’minlash.
Menejmentda axborotning o’rni va ahamiyatining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:
* zamonaviy sharoitlarda tashkiliy tuzilmaning va boshqaruv tizimining unumli faoliyat yuritishi ko’p jihatdan axborot bilan ta’minlanish darajasiga bog’liq bo’lib qolmoqda;
* firmaning iqtisodiy ahvoli va faoliyati haqidagi aniq ma’lumotlarni tashkilotning yuqori lavozimli rahbarlariga yetkazish, tashkiliy tuzilmaning turli bo’linmalari o’rtasida axborot almashuvini yo’lga qo’yish jarayonini zamonaviy texnika vositalarisiz tasavvur etib bo’lmaydi;
* uzatiladigan axborotning konkret mazmuni boshqaruv tuzilmalarining ehtiyojlariga va tayyorlanayotgan boshqaruv qarorining mohiyatiga qarab belgilanadi.
Menejment sohasidagi axborotga nisbatan qo’yiladigan talablar:
* yuborilayotgan ma’lumotlar qisqa, aniq bo’lishi va o’z vaqtida manzilga yetkazilishi lozim;
* tashkiliy tuzilmaning biron bir bo’g’inidagi ish boshqaruvchining ma’lum bir aniq ehtiyojlarini qondirishi kerak;
* ma’lumotlar aniq va haqqoniy bo’lishi, vaziyatga oid dastlabki ma’lumotlar to’g’ri tanlanishi lozim; to’planayotgan ma’lumotlarni optimal tarzda tizimlashtirish, ma’lumotlarni yig’ish va qayta ishlash jarayoni muntazam davom etishi kerak.
Tashkiliy tuzilma miqyosida amal qiluvchi axborot tizimlarining alohida xususiyatlari quyidagilardan tashkil topgan:
* zamonaviy firmalarda axborot to’plash, uni qayta ishlash va uzatish uchun yuksak darajada takomillashgan texnik vositalar qo’llaniladi. Odatda, butun tashkilot miqyosidagi axborot tizimlari yagona tarmoqqa birlashtirilgan;
* tashkiliy boshqaruvchilik tuzilmasiga xizmat ko’rsatuvchi axborot tizimi olinayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash, axborot uzatishning ichki va tashqi kanallarini tarkib toptirish va umuman informatsiya kabi alohida komponentlardan iborat;
* axborot tizimlari o’z faoliyati davomida axborot tuzish, to’plash va uzatish, tashkiliy faoliyatni uyushtirish kabi o’zaro bog’liq ish jarayonlarini uzviy ketma-ketlik tarzida ro’yobga oshiradi. Bu vazifani amalga oshirishda ularga axborot oqimi harakatini ta’minlovchi turli xil texnik vositalar, axborotni qayta ishlash uslublari yaqindan yordam beradi;
* axborot bilan ishlash jarayoni, umumiy jihatdan olganda, ilmiy-texnik, rejalashtirish, nazorat o’rnatish, hisobchilikka oid va tahliliy axborotlarni to’plash jarayonlaridan iborat.
Amal qiluvchi axborot tizimlarining funksiyalari:
* tashkiliy boshqaruv jarayoni samarali kechishi uchun har bir aniq menejerga qanday mazmundagi va qancha miqdordagi axborot lozimligini aniqlash;
* tashkilotning faoliyati unumli bo’lishi uchun umumiy va xususiy jihatdan olganda, qanday va qancha texnik vositalar kerakligini aniqlash;
* tashkiliy tuzilma faoliyatining uzluksiz davomiyligini ta’minlash uchun zarur bo’ladigan jamiki texnik vositalarga sarflanadigan xarajatlarni markazlashtirilgan tartibda rejalashtirish;
* tashkilot miqyosida tegishli axborotlarni to’plash, saqlash va taqdim etish jarayonlarining yuksak ijrochilik darajasini ta’minlash;
* amaliy jihatdan qo’llanishi mumkin bo’lgan turli faoliyat dasturlarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |