Loyiha integratsiyasining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat
1.Loyiha nizomini ishlab chiqish
2.Loyihani boshqarish rejasini ishlab chiqish
3.O’zgarishlarni boshqarish
4.Ishlarning bajarilishiniboshqarish
5.Ishlarning bajarilishini nazorat qilish
6.Loyihaning tugashini boshqarish
1. Loyiha nizomini ishlab chiqish.
Nizom loyihaning asosiy xususiyatlarini o'z ichiga oladi va asosiy manfaatdor tomonlar (hech bo'lmaganda - Buyurtmachi va loyiha homiysi) tomonidan kelishiladi. Qoida tariqasida, Nizomni ishlab chiqish va imzolash 3 ta asosiy funksiyani bajaradi:
1.Loyihaning natijasiga qo'yiladigan asosiy talablarni va loyihaning o'zining asosiy xususiyatlarini (byudjet, vaqt) aniqlash.
2.Loyihani rasmiy ravishda ishga tushirish, chunki faqat nizom imzolangandan keyingina loyiha haqiqatan ham kompaniyada mavjud deb hisoblanadi.
3.Loyiha menejeriga ma'lum darajadagi vakolatlar berish (bu kompaniyaga bog'liq).
Do'stlaringiz bilan baham: |