Sanoat iqtisodiyoti va menejmenti kafedrasi «xalqaro menejment»


II Bob. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning xalqaro moliya munosabatlariga ta’siri



Download 67,79 Kb.
bet9/12
Sana26.09.2021
Hajmi67,79 Kb.
#186498
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Yuldashev F. 43-16 Xalqaro menejment

II Bob. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi va uning xalqaro moliya munosabatlariga ta’siri

2.1 Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, maqsadi va asosiy shart-sharoitlari.

Hozirgi kunda jahon iqtisodiyotida ikkita asosiy tendentsiya amal qilmoqda. Bir tomondan jahon xo’jaligida yaxlitlik kuchaymoqda, buning natijasida mamalakatlar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar rivojlanishi, xalqaro savdoning erkinlashuvi hamda zamonaviy axborot texnologiyalari tizimining tashkil topishi kuzatilmoqda. Ayniqsa bu jarayon TMKlar faoliyati orqali namoyon bo’lmoqda.

Boshqa tomondan esa, iqtisodiy jihatdan bir-biriga yaqinlashish va mamlakatlarning mintaqaviy darajada o’zaro birgalikda faoliyat ko’rsatishi, shuningdek yirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar shakllanishi hamda ularni jahon xo’jaligi markazlarida mustaqil faoliyat ko’rsatib rivojlanib borishi sodir bo’lmoqda.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya - milliy xo’jaliklar o’rtasida o’zaro barqaror aloqalarning rivojlanishi hamda mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi bo’lib, ishlab chiqarish tuzilmalarining turli darajada va turli ko’rinishlardagi o’zaro aloqadorligini namoyon qiladi.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda integratsion jarayonlar ikkita asosiy ko’rinishda, mikro va makro darajalarda namoyon bo’ladi. Mikro darajada bu jarayon qo’shni mamlakatlardagi alohida firmalarning turli shakllardagi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish orqali, shuningdek xorijiy mamlakatlarda o’z filiallarini tashkil etish yordamida yuzaga keladi. Davlatlararo darajada integratsiya mamlakatlarning iqtisodiy birlashmalarini tashkil etish va milliy siyosatlarini muvofiqlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Bizga ma’lumki, firmalar hamda ishlab chiqarish korxonalari o’rtasida aloqalarning tez rivojlanishi, tovar almashuvida xizmat ko’rsatish, kapital va ishchi kuchlarining mamlakatlar o’rtasida erkin harakatini ta’minlashga, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, tashqi iqtisodiy va shuningdek mudofaa siyosatlarini, moliya - valyuta sohasidagi harakatlar yagona siyosatga kelishishga qaratilgan davlatlararo tartibga solish zaruriyatini taqozo etadi. Buning natijasida, yagona valyuta, infratuzilma, moliyaviy fondlar, umumiy mamlakatlararo boshqaruv organlariga ega bo’lgan iqtisodiy majmualar tashkil topishi yuz beradi.

Mamlakatlar hududiy integratsiyasidan quyidagi maqsadlar ko’zda tutiladi:

1. Bozorlarni kengaytirish imkoniyatlaridan foydalanish va ishlab chiqarish ko’lamini oshirish hisobiga ishlab chiqarishdagi xarajatlarni kamaytirish.

2. Mamlakatlar o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish.

3. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarida ishtirok etuvchi mamlakatlarning jahon bozoridagi mavqeini oshirish.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning afzalliklari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

– mamlakatlar o’rtasida kapital va ishlab chiqarishning markazlashuv va jamlanish jarayoni yanada tezroq kechadi;

– mahsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchlari bilan jadal almashinuv jarayonlari yuzaga keladi;

– bozorlarning hajmiga qarab mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytira olish imkoniyatlari yuzaga keladi;

– ijtimoiy masalalarni hamkorlikda hal etish imkoniyati paydo bo’ladi;

– mamlakatlar o’rtasidagi raqobatlashuvning kuchayishi sodir bo’ladi, bu holat, yanada yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga ta’sir ko’rsatadi;

– iqtisodiy o’sish sur’atlarining jadallashuviga erishiladi;

– xalqaro savdo munosabatlarida qulay sharoitlar yaratiladi;

– yangi texnologiyalarni keng tarqalishiga va joriy etilishiga imkon yaratadi.

Iqtisodiy integratsiyaga ta’sir ko’rsatuvchi omillar jumlasiga, jahon xo’jaligida tobora rivojlanib borayotgan baynalmilallashuv va globallashuv jarayonlari, xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, milliy iqtisodiyotlar ochiqlik darajasining ortib borishi kabilar kiradi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning maqsadi bo’lib, istiqbolda mahsulotlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining erkin harakatlanishi uchun qulay shartsharoitlar yaratish hisoblanadi.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning sub’ektlari jumlasiga xalqaro ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik hamda ayirboshlashni amalga oshiruvchi mamlakatlar kiradi. Uning ob’ektlariga esa, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik hamkorlik va ayirboshlash predmeti hisoblangan mahsulotlar, xizmatlar, valyuta va ishchi kuchlarini kiritish mumkin.

Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning shart-sharoitlari sifatida integratsiyada ishtirok etuvchi mamlakatlar ichki bozorining rivojlanish darajasi, mintaqaviy jihatdan yaqinligi, mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlarining umumiyligi kabilarni kiritish mumkin.

Xalqaro iqtisodiy integratsiya shakllanishining asosiy shart-sharoitlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

– integratsiyalashayotgan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishi va bozor munosabatlaridagi holatining yaqinligi;

– integratsiyalashayotgan mamlakatlarning mintaqaviy jihatdan o’zaro yaqinligi. Jahondagi integratsion birlashmalarning aksariyati mintaqaviy jihatdan birbiriga yaqin joylashgan, transport aloqalariga ega bo’lgan bir necha qo’shni mamlakatlar guruhi orqali shakllangan;

– integratsion hudud doirasidagi o’zaro hamkorlik aloqalarida mamlakatlardagi mavjud muammolarning umumiyligi.

Jahon iqtisodiyotida shakllangan ko’plab integratsion birlashmalar deyarli birbiriga o’xshash vazifalarni amalga oshirishni maqsad qiladi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

– keng ko’lamdagi iqtisodiy afzalliklardan foydalanish. Iqtisodiy integratsion hudud doirasida bozorlar hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulotlar, xom-ashyo resurslarining erkin harakati uchun sharoit yaratish va boshqalar. Bu holat, mamlakatlar iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etishni yanada rag’batlantiradi.

– qulay tashqi siyosiy muhitni yaratish. Ko’plab integratsion birlashmalarning muhim maqsadi ularda ishtirok etuvchi mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalarda bir-biri bilan o’zaro manfaatli hamkorlik qilishni nazarda tutadi. – savdo munosabatlarini rivojlantirishga doir chora-tadbirlarni hamkorlikda amalga oshirish.

– milliy iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish hamda iqtisodiyotni tuzilmaviy qayta qurishga ko’maklashish.

Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy integratsiya ishtirokchi mamlakatlar ijtimoiyiqtisodiy rivojlanish darajasining yaxshilanishi, milliy iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishi uchun sharoit yaratadi.



Download 67,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish