O’Z KASBINING USTASI HOJINOVA MAQSUDA A’ZAMXO’JA QIZI
O’zbekiston Xotin-qizlar ichidan yetishib chiqqan birinchi texnika fanlari
doktori, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi,
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining haqiqiy a’zosi, taniqli olima
Maqsuda ona A’zamxo’ja qizi Hojinova 1920 - yil 8-iyulda Toshkent shahrida
xizmatchi oilasida tug’ildi. M.A.Hojinovaning otasi 1920- yilda vafot etib, onasi
besh bola bilan qoldi. Bolalarning uchtasi bolalar uyida tarbiyalandi. 1928- yilda u
Toshkent iqtisodiy sanoat texnikumiga o’qishga kirib, 1931- yili uni tamomlagach,
Buxoro viloyatining Konimex shahridagi ittifoq paxta qabul qilish bo’limida
iqtisodchi – tovarshunos bo’lib ishladi.
Tinib-tinchimas, bilimga chanqoq, izlanuvchan, zakovatli bu ayol 1932- yilda
Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Xalq xo’jaligi institutiga o’qishga kirib,
1936-yilda uni muvaffaqiyatli tamomladi. M.A.Hojinova o’qib yurgan kezlaridayoq
ilmiy faoliyatini boshlab yubordi; prof. P.A.Arxangelskiy rahbarligida tola, ip-
gazlamalarning sifatini oshirish sohasini qunt bilan o’rganib, keyinchalik “Tola, ip-
gazlamalarning mustahkamligini aniqlashda ratsional metodlarni izlash” degan
qo’llanma yozdi.
M.A.Hojinova 1941-yilda o’zi tugatgan institutning aspiranturasiga qabul qilindi
va uni muvaffaqiyatli tugatdi. 1946- yilda professor G.N.Kukin rahbarligida texnika
fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun desertatsiya yoqladi. Olima o’z
desertatsiyasida namlikning paxta iplari xususiyatlariga ta’siri masalalarining nazariy
va amaliy jihatlarini tahlil qildi. M.A.Hojinova 1944 – yildan boshlab Toshkent
to’qimachilik institutining “Tolali materiallarning mexanikaviy texnologiyasi ”
(MTVM ) kafedrasida assistent bo’lib ishladi.
M.A.Hojinova 1957-yilda to umrining oxirigacha o’zi tashkil etgan
“To’qimachilik materialshunosligi” kafedrasiga rahbarlik qildi.
1957-1973 yillarda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining
rektori bo’lgan M.A.Hojinova ko’p yillik ilmiy kuzatishlarini yakunlab, 1958-yilda
68
Moskva to’qimachilik institutida “Tola va iplarning sifatiga mexanikaviy
shikastlarning ta’siri” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli
yoqladi.
M.A.Hojinova 1945-1950 yillarda Toshkentdagi kanop seleksion stansiyalari
ishlarida ishtirok etib, uzun tola bilan bir qatorda O’zbekistonda yetishtiriladigan
kalta kanop tolasidan ham ip yigirish mumkinligini amaliy jihatdan isbotladi va
Do'stlaringiz bilan baham: |