TADBIRKORLIK
Mamlakatimizda barcha sohalarga, jumladan, kichik va o’rta biznesni
rivojlantirishga ham keng yo’l berilgan. Endilikda ana shu imkoniyatlardan
foydalanib, ko’plab kichik korxonalarni barpo etish, ishlab chiqarishni va
kasanachilikni yanada rivojlantirish zarur. Har yili joylarda yosh mutaxassislar uchun
mehnat yarmarkalari o’tkazilmoqda. Ammo bu bilan qanoatlanib bo’lmaydi. Kasb-
hunar maskanlari, oliy o’quv yurtlari har yili ko’plab mutaxassis kadrlarni tayyorlab
bermoqda. Endilikda yoshlar faqat tayyor ish o’rinlariga borib joylashib qolmasdan,
Yaratilgan imkoniyatlardan kelib chiqib, o’zlari ham kichik korxonalarni tashkil
etsalar, o’z xususiy bizneslarini boshlasalar, yangi ish o’rinlariniyaratsalar maqsadga
muvofiq bo’lar edi.
Har qanday tarbiya, albatta, avvalo oilada shakllanadi. Shuning uchun ham
bugungi kunda mamlakatimmizda yosh oilalarni har tomonlama moddiy va ma’naviy
qo’llab-quvvatlashga kata e’tibor qaratilyapti. Prezidentimizning “Yosh oilalarni
moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora tadbirlar
to’g’risida”gi Farmoni bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada
takomillashtirish yo’lida tashlangan katta qadam bo’ldi. Ayni paytda yurtimizda 995
mingdan ortiq yosh oila istiqomat qiladi.Ular orasida doimiy ish o’rniga ega, uy-
joyga muhtoj oilalar soni 343 ming nafardan ortiq ekanligini tahlillar ko’rsatib
turibdi. Kredit olish uchun murojaat qilgan yosh oilalarning ahvoli tegishli
komissiyalar tomonidan o’rganilib, lozim topilganlarida kreditlar ajratib berilmoqda.
“Yosh oilalarga munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni yaratib
berish, ro’zg’orni butlash uchun mablag’ va kreditlar bilan ta’minlash, ma’naviy
yetuk, jismonan sog’lom bolalarni tarbiyalab voyaga yetkazish yo’lida zarur
imkoniyatlarni tug’dirib berishimiz kerak”,-- deya ta’kidladilar Prezidentimiz
majlisda. Yuqoridagi Farmon ana shu masalalarning ijrosini ta’minlashga bevosita
xizmat qiladi.
Farmonda yosh oilalarga uy-joy qurish masalasi ham ko’zda tutilgan. Hozirda
yosh oilalar uchun ko’p qavatli turar joy binolari qurilishi boshlanib ketdi. Qurilish
ishlarini olib borish maqsadida qirqqa yaqin pudratchi tashkilotlar bilan shartnomalar
tuzilgan. Shuningdek, qurilish ishlariga bevosita yoshlarning o’zi ham jalb etilmoqda.
Yoshlardan tuzilgan 44ta qurilish brigadalari ana shu turar joy binolarini barpo
qilishda bevosita ishtirok etyapti.
Umuman, bugungi kunda yoshlar masalasi davlat siyosatida, xalqimiz hayotida
alohida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa farzandlarimizga bo’lgan
g’amxo’rlik, kelajakka yuksak ishonch belgisidir. Zero, hayotimizning turli
jabhalarida faoliyat yuritayotgan, zimmalaridagi mas’uliyatni chuqur his etayotgan
yosh yigit-qizlarni ko’rganda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning
chinakam davomchilari voyaga yetayotganligiga ishonch hosil qilish mumkin.
Har bir xududning o’zaro muloqot qiladigan so’zlashadigan tili mavjud. Bu
o’sha xududning shevasi hisoblanadi.Masalan: O’zbek adabiy tilidagi yostiq
so’zining har xil shevadagi nomlanishini keltiramiz:bolish, dastiq, taka, ko’pchik,
lo’la va hokazo.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |