Sanoat instituti



Download 0,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/105
Sana11.01.2022
Hajmi0,76 Mb.
#344200
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
Sanoat instituti

B.B.B. usuli asosida

 Bilaman

tarqatma materiallar

Bilmayman

Bildim

1

2



3

4

5



5-MAVZU. Bo’lajak  kasbim. Matn va uning ko’rinishlari

LIBOS  DIZAYNI

           Bizning institutimiz  ko’p  yillardan buyon libos yaratish uchun konstruktor va

texnolog mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.Bitiruvchilarimiz nafaqat o’z

mutaxassisligi bo’yicha ishlamoqdalar,balki dizayn sohasida ham ishtirok

etishmoqda. Libos yaratish – by kiyimlarning turli tashqi ko’rinishi,shakli va

bichimlarini yaratishdagi doimiy izlanishdir. Asrlar davomida shakllangan an’anaviy

o’zbek milliy libosi o’zida xalqimizning ko’p asrlik madaniyatini,

tajribasini mujassamlashtiradi.

Bugungi kunda iste’molchilar tomonidan libos dizayniga qa’tiy talablar qo’yilganligi

bois dizayner mutaxassislarni tayyorlashga zaruriyat tug’ildi.Markaziy Osiyodagi

turdosh kafedralar ushbu yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlamaydi.”Yengil

sanoat mahsulotlari texnologiyasi va dizayn” kafedrasi Respublikamizda yetakchi

o’rin egallaganligi, o’quv laboratoriyalari bilan jihozlanganligi, moddiy-texnik va

o’quv bazasi bilan ta’minlanganligi bois 2008 - yilda “Libos

dizayni” kafedrasi tashkil qilindi.

Bu yo’nalishda ijodiy imtihon va test sinovlari orqali iqtidorli abiturientlar

qabul qilindi.Abiturientlar ijodiy imtihonni chizmatasvir, rangtasvir va kompo-zitsiya

asoslari fanlaridan, test sinovlari – matematika, ona tili va adabiyot fanlaridan

topshirdilar. Libos dizayni yo’nalishiga dastlabki yildayoq 84 ta abiturient xujjat

topshirdilar.Shundan 26 ta iqtidorli abiturientlar talabalar safiga qabul qilindi.

Kafedra katta ilmiy salohiyatga ega bo’lib hozirda 1ta akademik, 2ta professor, 2ta

dotsentlar faoliyat ko’rsatmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari quyidagi

yo’nalishlarda ilmiy ish olib bormoqdalar, ya’ni O’rta Osiyo sharoiti uchun



45

kiyimlarni loyihalashda turli xil gazlamalarni qo’llash; maishiy va rasmiy kiyimlarni

loyixalash jarayonini takomillashtirish; milliy kiyim tarixini taxlil qilish; turli

materiallardan buyumlarni loyihalash tamoyillari va ularni avtomatlashtirish usullari;

istemolchilarni uyg’un siymosi asosida liboslarni eskiz loyihalash

jarayoninitakomillashtirish. Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash va dizayn fanlari

bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan darsliklar chop etilgan.

         

Kafedra  xorijdagi  ko’plab  oliy  o’quv  yurtlarida  (Rossiya,  Germaniya,

Angliya,Qirg’iziston, Qozog’iston ) bilan malaka oshirish, uslubiyat va ta’lim

dasturlari kabi turli shakllarda ijodiy aloqada bo’lib kelmoqdalar.

         O’zbekiston Respublikasi yengil sanoati oldida liboslarni tayyorlash va sifatini

oshirish, loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish vazifasi turibdi.Bu esa,

dizaynerlarga umummuxandislik fanlari bilan bir qatorda tikuv buyumlarini

loyihalash uning dizaynini yaratish fanlari bo’yicha ham bilim olishni talab etadi.

         

Kafedrada yangi modellar yaratish metodikasi badiiy fanlar, kiyimlarni tikish

texnologiyasi va konstruktsiyalash fanlari bilan chambarchas bog’liq holda olib

boriladi. Ularga 3ta professor, 2ta dotsent, 5ta katta o’qituvchi va 7ta assistant

mutaxassislikka tegishli fanlardan ta’lim bermoqdalar. Kafedrada “Tikuv

buyumlarini  konstruktsiyalash” va “Kasbiy fanlarni o’qitish metodikasi” bo’yicha

magistrlar tayyorlanib kelmoqda.

        Kafedra o’quv xonalari eng zamonaviy asbob - uskunalar va kompyuterlar bilan

jihozlangan. 2002 - yilda kafedrada Yaponiya hukumatining beg’araz yordam granti

bo’yicha kiyimlarni loyihalash uchun eng zamonaviy avtomatlashtirilgan. “Gerber”

firmasining dastur ta’minoti kiritilgan SADSAM sistemasidagi kompyuter

qurilmalari o’rnatilgan. Bu jihozlar O’rta O’siyodagi oily o’quv yurtlarida va

tikuvchilik korxonalarida yagona hisoblanadi.

            

Kafedra  qoshidagi  institut  “Modalar  teatri”ning  ta’rif-tavsifi  nafaqat

respublikamizda, balki ko’plab xorijiy davlatlarda ham juda yaxshi ma’lum. Moda

teatri o’z kollektsiyalari bilan Chexoslovakiya, Xitoy, Rossiya moda festivallarida

qatnashib sovrindor bo’ldilar.Respublikamizda an’ana bo’lgan “Style Uz” moda

festivalida talabalarimizning libos kollektsiyalari yuqori baholanmoqda. Bunday

hamkorlik yoshlarimizga hozirdanoq raqobat sharoitida ish yuritish, menejment va

marketing sirlarini o’rganish imkonini beradi.

           Ushbu kafedra mutaxassisligini tanlasangiz, o’zbek milliy liboslari dovrug’ini

olamga yetkazuvchi libos dizayni bo’yicha malakali mutaxassis bo’lib yetishasiz.




Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish