11-MAVZU Kasb bayrami. Matn mazmunining qisqacha bayoni 1 oktabr
– o’qituvchilar va murabbiylar bayrami.
USTOZ OTANGDEK ULUG’.
Qay bir yetuk shaxs, ulug’ inson bo’lmasin uning kamolida ustoz mehnati
bemisl. Ustoz kaftini tutgan , etagini ushlagan zot borki, aslo kam bo’lmagan.
Bizning ozod va obod yurtimizda bugun ustozga, maorifga, bir so’z bilan
aytganda ta’lim sohasiga bo’lgan e’tabor g’oyatda kuchli. Buning boisi bor, albatta.
Bugungi avlod – ertangi kelajak. Yurtning jahon sahnasida tutgan o’rnini yorug’ yuz
bilan saqlash ular qo’lida. Buning uchun esa yoshlarimiz albatta ilmli, hunarli va
kuchli bo’lishlari lozim. G’urur va iftixor bilan ayta olamizki, dunyoda ta’limning
«o’zbek moduli» tan olingan milliy ta’limimiz bugun o’zini oqladi. Yoki
yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, «…oxirgi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga
oshirgan, ko’lami va mohiyatiga ko’ra ulkan ishlarimiz biz ko’zlagan ezgu niyatlariga
erishish, hech kimdan kam bo’lmaydigan hayot barpo etish yoshlarimiz, butun
xalqimizning ma’naviy yuksalishi yo’lida mustahkam zamin yaratdi».
Darhaqiqat, tomchida quyosh aksi bor. Bugun yoshlarimiz erishayotgan
yutuqlarda, albatta, ustozlarimiz, etuk kadrlarning mashshaqatli mehnatlari yotadi.
Shuni faxr bilan aytish mumkinki, bugun viloyatimizdagi kasb-hunar kollejlari na
akademik liseylarda 10 ming nafardan ziyod murabbiylar, o’z kasbining bilmdonlari
bo’lgan aziz muallimlar faoliyat yuritishmoqda. Ular orasida «O’zbekiston xalq
o’qituvchisi», O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi»,
«O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi» kabi faxriy
unvon hamda davlatimizning bir qator orden, medallariga sozavor bo’lgan
jonkuyarlar borligi quvonarli. Shuni alohida aytish lozimki, joriy o’quv yilda yana
400 nafar oily ma’lumotli mutaxassis o’qituvchi ustozlar safida ish boshladilar.
SHARAFLI KASB.
Ibtidoiy jamiyat davridayoq odamlar ovchilik, keyinroq esa chorvachilik,
dehqonchilik, kosibchilik bilan shug’ullanganlar. Jamiyat rivojlangan sari ortib
borayotgan ehtiyoj va talabni qondirish uchun kasblar ham ko’payib borgan. Bugungi
kunda jamiyatimizni novvoy, uchuvchi, huquqshunos, konstruktor, sartarosh,
operator, oshpaz, shaxtyor, etikdo’z, haydovchi, traktorchi, g’isht teruvchi, suvoqchi,
ekskovatorchi, buldozerchi, payvandchi, aktyor, bo’yoqchi, xonanda, rassom,
shifokor, musiqachi, sotuvchi, bastakor, duradgor, temirchi, hisobchi, naqqosh,
chilangar, broker, yozuvchi, menejer va hokazo kabi yuzlab kasblarsiz tasavvur etib
bo’lmaydi.
Ko’pchiligimiz hali maktabga bormasimizdanoq, ayrimlarimiz esa maktabda
o’qiy boshlagach, o’zimizga kasb tanlaymiz. Kimdir mashhur sportchi, kimdir taniqli
journalist, yana kimdir mohir tikuvchi, tergovchi, quruvchi, kosmonavt, harbiy
66
mutaxassis bo’lishni orzu qiladi. Har birimiz shu ezgu orzuimizga erishish, tanlagan
kasbimizni egallash uchun tinmay o’qiymiz, izlanamiz, intilamiz.
Dunyoda shunday bir sharafli kasb egalari borki, ular ming yillardan beri
barcha xalqlar orasida el-yurt hurmatiga sazovor bo’lib keladi. Bu kasb
ko’pchiligimiz sevadigan o’qituvchilikdir. Bu kasbning naqadar sharafli ekanligini
miloddan oldin o’tgan buyuk yunon faykasufi Aristotelni «birinchi muallim», X
asrning ulug’ qomusiy olimi Abu Nasr Forobiyni «ikkinchi muallim»deb
ataganliklaridan ham bilsa bo’ladi.
O’quvchi endigina atrof-olamni ko’rib, uning ajoyibotlaridam hayratlanayotgan
7-8 yoshdagi bolalarga mo’jizalar yaratishni: yozish, o’qish, hisoblash, go’zallikni his
qilish va o’z taassurotlarini hikoya qilish, tasvirlash, kuylash orqali boshqalarga
yetkazishni o’rgatadi.
Ota-ona o’z farzandini so’glom qilib o’stiradi, kiyim-kechak, oziq-ovqat, o’quv
qurollari va boshqalar bilan ta’minlaydi, odob-axloq o’rtadi. O’qituvchi ham har bir
o’quvchini o’z farzandi dek yaxshi ko’rib, unga ta’lim-tarbiya beradi. O’z
o’quvchisining tarbiyali, madaniyatli, bilimli, hunarli, hozirjavob, mehribon inson
bo’lib kamol topishi uchun bor bilimi hamda kuchini sarflaydi. U shogirdlarining har
bir muvafaqiyatidan o’zi erishgan g’alabadek quvonadi.
Kishining jamiyatda o’z o’rnini topib olishida ota-ona va bilimdon
o’qituvchilarning xizmatlari beqiyosdir. Shuning uchun ham xalqimiz otani ulug’lab
« ota rozi- xudo rozi»desa, ustozlarni ulug’lab «ustoz otangdek ulug’»deydi.
Mamlakatimizda ustoz-murrabiylarga hurmat-e’tibor katta. Har safar o’quv yili
tugashi bilan hurmatli ustozlarimiz ikki oyli mehnat ta’tiliga chiqadilar. Dam olish
hamda salomatliklarini tiklash uchun respublikamiz va xorijdagi dam olish uylari,
sanatoriya va kurortlarga yollanmalar olishadi. Davlat tomonidan yaratilgan turli
imtiyozlardan foydalanadilar. Ko’pchilik o’qutuvchilarimiz ijodkorligi,
tashabbuskorligi, ta’lim-tarbiya berishdagi alohida xizmatlar uchun orden va
medallar, «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rssatgan o’qituvchi»,
«O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan yoshlar murabbiysi»kabi faxriy
unvonlarga sazovor bo’ladilar.
Biz savod o’rgatgan, ta’lim tarbiya bergan’ ilm cho’qqilariga yo’l ko’rsatgan
muhtaram ustozlarimizni hech qachon unutmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |