Sankt-peterburg



Download 41,32 Kb.
bet1/14
Sana19.06.2021
Hajmi41,32 Kb.
#71087
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
SANKT


SANKT-PETERBURG

Sankt-Peterburg (ruscha: Санкт-Петербу́рг (yordam·maʼlumot)) Boltiqdengizining Finlandiya oʻrfazi  sharqida,  Neva daryosiboʻyida joylashgan Rossiya Shimoli-Gʻarbiy federal okrugifederal subyektidir. Sankt-Peterburgning norasmiy nomi - Piter (Питер) - unga asos solgan Pyotr I ismidan kelib chiqqan. Shahar shuningdek Petrograd (Петрогра́д, 1914–1924) va Leningrad (Ленингра́д, 1924–1991)[1] deb ham atalgan.

Sankt-Peterburg (Peterburg) (1914—24 yillarda Petrograd, 1924—91 yillarda Leningrad) — Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Leningrad viloyati markazi, federal ahamiyatga ega shahar. Rossiyaning iqtisodiy, ilmiy va madaniy markazlaridan biri, mamlakatning eng yirik transport tuguni. Transport yoʻli va avtovokzallar, xalqaro aeroport bor, dengiz porti, qahramon shahar, Volga — Baltiysk suv yoʻlining oxirgi punkti. Neva boʻyi pasttekisligining gʻarbiy qismida, Fin qoʻltigʻiga Neva daryosi quyiladigan yerda va Neva deltasidagi 42 orolda joylashgan. Iklimi dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi nisbatan salqin, obhavosi oʻzgaruvchan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —7,9°, iyulniki 17,7°. Yillik yogʻin 585 mm. Yozning 1-yarmida "oqtunlar" hodisasi kuzatiladi. S.P. hududi 570 km² (Sankt-Peterburg shahar maʼmuriyatiga qarashli shaharlar va shaharchalar hududi bilan birga 1350 km²dan ziyod). Aholisi 4188,6 ming kishi (S.P. shahar maʼmuriyatiga qarashli aholi punktlaribn 4748,5 ming kishi, 1998). Shahar chegarasi doirasida 40 dan ziyod dare va 20 dan ziyod kanal mavjud (umumiy uz. 160 km dan ortiq). Neva daryosining shahar hududidagi eni 340–650 m, chuq. 14–23 m. S.P. hududining ancha qismi dengiz sathidan 1,2–3 m dan baland boʻlmagan tepaliklarda joylashgan. Shu bois shaharning bu tumanlarida, asosan, Fin qoʻltigʻining sharqiy qismida shamol taʼsirida suv bosishi xavfi bor. S.P.ni suv bosishidan himoyalash uchun Neva va Fin qoʻltiqlari chegarasida 1980—90 yillarda gidrotexnik majmua qurilgan.

S.P. joylashgan hudud 9—10-asrlarda novgorodliklarga qarashli (13-asrdan Ijora yeri nomi bilan mashhur) boʻlgan. 15-asrda S.P. oʻrnida Novgorod Respublikasiga qarashli qishloqlar joylashgan. 1478 yilda Rus davlati tarkibida. 17-asr boshlarida shvedlar Neva sohillarini ishgʻol qilib, Oxta daryosining quyilish joyida Niyenshans qalʼasini bunyod etdilar. Rus qoʻshinlari 1703 1(12) mayda bu kalʼani ishgʻol qildilar va 16 (27) mayda Pyotr I Zayachiy o.da SanktPiterBurx (keyinroq Petropavlovsk) kalʼasiga asos soldi. 1703—04 yillarda Kotlin o.da Kronshlot qalʼasi bunyod etilgan (1723 yildan Kronshtadt). 1704 yil Nevaning chap sohilida Bosh Admiralteystvoga asos solindi. 1705 yilda uning atrofida Admiralteystvo qalʼasi qad koʻtardi.

S.P.ga asos solinishi Rossiyaning Boltiq dengiziga va u orqali Yevropaga chiqish uchun olib borgan kup yillik kurashi samarasi boʻldi. Shahar sanoat markazi sifatida tez oʻsdi. 18-asr oxiridayoq shaharda 160 sanoat korxonasi bor edi. 1708 yildan S.P. Ingermanland, 1710 yildan S.P. gubernyasi markazi. 1712—28 va 1732—1918 yillarda — Rossiya poytaxti. Bu yerda podsho saroyi (1712 yildan), Senat (1713 yildan), kollegiyalar (1718 yildan; 1802 yildan vazirliklar) va boshqa davlat muassasalari joylashgan.

Shahar mamlakatning siyosiy, sanoat, ilmiy va madaniy markazi sifatida rivojlandi. 1710 yilda Troitsa va Muqaddas Aleksandr Nevskiy monastiriga asos solindi (1797 yildan Aleksandr Nevskiy lavrasi). 1712—13 yillarda Rossiya imperatorlarining xilxonasiga aylangan Petropavlovsk sobori kurildi. 1711 yilda Rossiyadagi birinchi hukumat bosmaxonasi ochiddi. 1714 yilda Pyotr Ining shaxsiy kolleksiyasi asosida Rossiyadagi birinchi muzey — Kunstkamera faoliyat koʻrsata boshladi. 1725 yilda mamlakatning bosh ilmiy markazi Peterburg Fanlar akademiyasi taʼsis qilindi. 1756 yilda Rossiyadagi birinchi doimiy, ommaviy teatr tashkil etildi. 1757 yilda Rossiya tasviriy sanʼatining taraqqiyotida katta mavqega ega boʻlgan Peterburg tasviriy sanʼat akademiyasiga asos solindi. 18-asr oʻrtalarida Smolniy monastiri ansambli, kishki saroy qad koʻtardi. 1814 yilda mamlakatda birinchi boʻlgan jamoat kutubxonasi (hozirgi Rossiya milliy kutubxonasi) ochilgan.

19-asrda va 20-asr boshlarida S.P. — siyosiyjamoat tashkilotlari va harakatlarining bosh markazi. 1825 yil 14 dekabrda shaharning Senat maydonida podsho hukumatiga qarshi qaratilgan birinchi qurolli chiqish — dekabristlar qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. 1881 yil 1 martda "Narodnaya volya" terrorchilari tomonidan imperator Aleksandr II otib oʻldirildi. 1905 yil 9 yanvarda xalq namoyishi qatnashchilari otib tashlandi. Birinchi jahon urushi boshlanishidan keyin 1914 yilning 1 avgustda shaharga yangi "Petrograd" nomi berildi. 1917 yilda Petrogradsa Fevral inqilobi va Oktyabr toʻntarishi sodir boʻldi. Chor hukumati agʻdarilgandan keyin shaharda Rossiya Vaqtli hukumati organlari joylashgan. 1917 yil oktabrda Petrogradda shoʻrolar hokimiyati oʻrnatildi. 1918 yildan poytaxt Moskvaga oʻtkazilishi bilan shahar oʻz mavqei boʻyicha mamlakatning 2shaxri boʻlib qoddi. 1924—91 yillarda Leningrad deb yuritildi. 1927 yildan Leningrad viloyati markazi, Ikkinchi jahon urushi yillarida shahar nemis fashistlari va fin qoʻshinlari tomonidan qamalda boʻldi (1941 yil 8 sentabr 1944 yil 27 yanvar). Urush davrida Leningrad ogʻir talafot koʻrdi. Rasmiy maʼlumotlar boʻyicha ochlikdan 641 ming (tarixchilar hisobi boʻyicha 800 mingga yaqin) leningradlik halok boʻdsi 1945 yilda Leningradga "Qaxramon shahar" unvoni beriddi.

1991 yilda shahar qaytadan oʻzining tarixiy "Sankt-Peterburg" nomi bilan ataldi.

S.P. — yirik mashinasozlik va fantexnika bilan bogʻliq sanoat tarmoklari markazi (kemasozlik, energomashinasozlik, priborsozlik, radioelektronika va mudofaa bilan bogʻliq sanoat korxonalari mavjud); qora va rangli metallurgiya, kimyo, yengil, oziq-ovqat, poligrafiya sanoatlari bor. 1955 yildan metropoliten ishlaydi.

S.P.da Rossiya Fanlar akademiyasining ilmiy markazi, koʻp sonli ilmiy tadqiqot institutlari, 43 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, untlar, konservatoriya faoliyat) koʻrsatadi. Shaharda 20 teatr (shu jumladan, Mariinskiy, M. P. Musorgskiy nomidagi opera va balet teatrlari, Katta dramatik teatr va boshqalar), filarmoniya, sirk, 47 muzey (shu jumladan, Ermitaj, Rus muzeyi, Sankt-Peterburg tarixi muzeyi, Rossiya Fanlar akademiyasining Buyuk Pyotr nomidagi antropologiya va etnografiya muzeylari) ishlab turibdi.



DUEL

Duel (fr. Duel

Hozirgi kunda dunyoning aksariyat mamlakatlari qonunlarida taqiqlangan.

Duelni tashkillashtirish

Asosiy maqola: Dueling Kodeksi

Duel kodi odatda duelni chaqirishning sabablari va sabablari, duelning turlari, chaqiruv tartibi, uni qabul qilish va rad etish, duel ishtirokchilarining qaysi xatti-harakatlari maqbul va qaysi emasligini belgilaydigan qoidalar to'plamiga aytiladi.

Frantsiyada dueling kodi birinchi marta 1836 yilda Count de Chateaille tomonidan nashr etilgan. 19-asr oxirida 1879-yilda chop etilgan Count Vergere dueli kodi umume'tirof etildi. [1] Bu va boshqa nashrlarda tegishli davrdagi duellar amaliyoti qayd etilgan. 1912 yilda nashr etilgan Durasovning duel kodi Rossiyada ma'lum. Duel kodeksining nashr qilingan barcha versiyalari normativ rasmiy hujjatlar emas, balki mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar to'plami edi. Dueling kodi har doim olijanob va amaldor doiralar orasida yaxshi ma'lum bo'lgan (shuningdek, duel ishlatilgan boshqa jamoalarda bo'lgani kabi).

Ushbu qismning qolgan qismida Durasovning duel kodeksiga muvofiq duel tasvirlangan, bu Rossiyaning duel tajribasini umumlashtirish va undan keyingi Fransiya duel kodlari.




Download 41,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish