# bilasizmi #maslahat
Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qoidalari.
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o’chirish tartiblari mavjud. Dastlab, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o’zgarishi, ayniqsa keskin o’zgarishlar xavfli bo’lishi mumkin. Shuning uchun, maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvati uzluksizligini ta’minlovchi - UPS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus UPS qurilmasi elektr quvvatini o’zgarmas holda ishlab turadi hamda elektr manbai o’chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta’minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma’lumotlarni diskka yozib qo’yish, yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo.
# bilasizmi #maslahat
Kompyuterni ishga tayyorlash tartibi
• stabilizator yoqiladi;
• printer kerak bo’lsa, u yoqiladi;
• monitor yoqiladi;
• tizimli qism yoqiladi.
Shundan keyin, ekranda tekshiruvchi, maxsus programma natijalari, hamda operatsion sistemani ishga tushiruvchi programmalar haqida ma’lumotlar chiqadi. Operatsion sistema ishga tushgach, u komandalarni berishni taklif qiladi. Kompyuterdan to’liq foydalanish to’g’ri o’chirishga ham bog’liq. Buning uchun quyidagilar bajariladi:
• ishlayotgan programmalar tugatiladi;
• tizimli qism o’chiriladi;
• monitor o’chiriladi;
• stabilizator o’chiriladi.
# bilasizmi #maslahat
Agar kompyuter virusi kompyuteringizga tushib qolsa, u o'zini quyidagicha namoyon qiladi:
•Ba’zi bir programmalar ishlamaydi yoki yomon ishlay boshlaydi
•Ekranga boshqacha xabarlar yoki simvollar chiqa boshlaydi
• Kompyuterning ishlash tezligi ancha sekinlashadi
• Ba’zi bir fayllar buziladi, o`zgaradi yoki kattalashadi
• Operativ xotiraning bo`sh joyi qisqaradi
• Programmalarni yuklash sekinlashadi.
Ноутбугим узоқ умр кўрсин десангиз…
Бузилган ноутбукни таъмирлаш серташвиш ва серхарж юмушлигини бугун деярли кўпчилик яхши билади. Компютер – темир, унинг жони йўқ, бир қарашда бинойидек ишлаб тургани билан, сал ўтмай «миқ этмай» қолиши ҳеч гап эмас. Сабаблар кўп – нотўғри фойдаланиш, чанг-ғубор, вируслар… Нозик қурилма эмасми, салгина эҳтиётсизлик ҳам уни ишдан чиқариши ҳеч гап эмас.
Ноутбук умрини узайтириш ва уни турли кўнгилсизликлардан асраш аслида қийин иш эмас. Бунинг учун айрим оддий қоидаларга риоя қилинса бас.
1) Дастлаб ноутбук аккумулятори тўлиқ қувватсизлантирилади ва бу зарядлантириш/зарядсизлантириш бир неча марта амалга оширилади. Зарядлаш қурилмасини улашда уни аввал ноутбукка, кейин электр тармоғига уланг. Барқарор бўлмаган тармоқларга уланишда эҳтиёт бўлинг, кўнгилсизликларга йўл қўймаслик учун махсус фильтрлардан фойдаланганингиз маъқул.
2) Ноутбукни очишда ҳушёр бўлинг (экран-қопқоқни икки томонидан ёки ўртасидан ушлаб очиш тўғри ҳисобланади).
3) Клавиатура устига турли нарсалар (ручка, кўзойнак, наушник кабилар)ни қўйманг, мабода билмасдан қопқоқни ёпиб юборсангиз экран ёки клавишларга шикаст етиши турган гап. Давоми бор...
Стив Жобс суҳбатини тинглаб ундаги ҳаётий ҳикматлардан лол қолдим. Мусулмон бўлгандами деган армон ўтди қалбимдан. Бу гаплар қуруқ насиҳат эмас¸ ўз бошидан ўткизгани учун ҳам ўзгача таъсир кучига эга.
Айтяптики :
- Ҳеч қачон ўртачаликка қониқма ҳардоим xаълоликка интил;
- Бирор мақсад сари интилсанг ўша мақсадга эришолмасанг ҳам аслида жуда катта ютуққа эришган бўласан чунки ўша ҳаракат жараёнида ўрганган нарсанг бебаҳо тажрибадир;
- Хато қилишдан қўрқма, энг муҳими йиқилиб йиқилиб тўғрисини топишингдир;
- Орзуларинг ичингда қолиб кетмасин, амал қил!
- Одамлардан ёрдам сўрашдан ийманма, аксарият одамлар жон деб ёрдам қўлини чўзади. Мен ўсмирлигимда Ҳюлит Пакирд ширкати хўжайини телфонини топиб гаплашганман. Компютерь эҳтиёт қисмлари сўраганимда бажонидил берган, ёзда тажриба орттиришга ҳам чақирган. Қарагин тортинмай биргина қўнғироқ ортидан қанча имкониятлар эшиги очилди.
- Компютер дастурлашни ҳар бир киши ўрганмоғи зарур чунки бу фикрлашни ўргатади.
- Инсондаги бор-йўқ сармоя унинг вақти - умри холос. Вақтингни сени маънан бойитадиган нарсаларга сарфла.
- Муҳими сен бошингдан ўтказаётган кечинма - тажрибалар, қанча пул тўплаётганинг эмас.
- Биз Apple га аслида энг яхши санъатчи, меъмор, тилшунос, тарихчи иккиламчи ўринда дастурчи бўлганларни ишга олдик. Шунинг учун маҳсулотимиз гўзаллик ва эстетик жиҳатдан ажралиб туради.
#maslahat #bilasizmi
Dasturlar o’rnatish (Ofis, amaliy dasturlar, utilitlar)
Yangi kompyuter sotib olganimizda yoki kompyuterga operatsion tizimni qayta ornatganimizda barcha kerakli dasturlarni ornatib chiqishga togri keladi.
Quyidagi ro'yhat orqali o'zingizga kerakli dasturlarni o'rnatib olishingiz mumkin.
1.Microsoft office amaliy dasturlar paketi – bu paketda “Word” matn protsessori , “Excel” elektron jadvali va “Power point” taqdimotlar yaratishda ishlatiladigan dasturlar mavjud.
2.Musiqa playeri – Aimp. Bu dasturni hozirda kopchilik ishlatadi va qulay musiqa playeri hisoblanadi.
3.Web brauzerlar – Google Chrome , Mozilla Firefox , Opera
4.Video playerlar – Potplayer , KLiteMega.
5.Fayl menejeri – Total Commander. “Windows” operatsion tizimida “Компьютер” fayl menejeri mavjud lekin Total Commander dasturining imkoniyatlari kengroq.
6.Antivirus dasturlari – Kaspersky , Nod , Avast , DrWeb. Keltirilgan antivirus dasturlaridan bittasini ornatish kerak. Qaysi antivirusni tanlash foydalanuvchi ixtiyoriga bogliq.
7.Elektron kitoblarni oqish uchun dasturlar – Adobe Reader , WinDjView
8.Arxivator dasturlar – WinRar , WinZip
9.Internetdan fayllar ko`chirish uchun – Download Master
Shaxsiy kompyuterning qulayliklari
Shaxsiy kompyuter (ShK) — bu, qo’llanilishining hamma- boplik va universallik talablarini qondiruvchi stolli yoki ko‘chma EHMdir.
ShKning afzalliklari quyidagilar hisoblanadi:
Narxning individual xaridor uchun mos keladigan darajada arzonligi;
Atrof-muhit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanishning avtonomligi;
Boshqarish, fan, ta’lim, maishiy turmush sohasida uning xilma-xil qo’llanishlarga moslanuvchanligini ta’minlovchi arxitek- turasining tez o‘zgaruvchanligi;
Operatsiyaviy tizim va hokazo dasturiy ta’minotining «do‘st- ligi», ular foydalanuvchiga maxsus kasbiy tayyorgarliksiz ishlash imkonini beradi;
Ishning yuqori darajada ishonchliligi (5 ming soatdan ko‘p- roq ishlash).
Makros - bu programma (kod) bo’lagi bo’lib, ko’rinishi va ishlashi xuddi funksiyadеk. Biroq u funksiya emas.
Funksiyalar va makroslar o’rtasida bir nеchta farqlar mavjud:
- programma matnida uchragan makros ifodasi o’z aniqlanishi (tanasi bilan) bilan protsеssor ishlash paytida, ya’ni programma kompilyatsiyasidan oldin almashtirildi. Shu sababli makros funksiya¬ni chaqirish bilan bog’liq qo’shimcha vaqt sarfini talab qilmaydi;
- makroslardan foydalanish programmaning boshlang’ich kodi (matnini) kattalashuviga olib kеladi. Bunga qarama-qarshi holda funksiya kodi yagona nusxada bo’ladi va u programma kodini qisqarishiga olib kеladi. Ikkinchi tomondan funksiyani chaqirish uchun qo’shimcha vaqt resurslari sarflanadi;
- kompilyator makrosdagi turlar mosligini tеkshirmaydi. Shu sababli, makrosga argumеnt jo’natishda turlarning mosligi yoki argumеntlar sonining to’gri kеlishi yoki kеlmasligi haqidagi xatolik xabarlari bеrilmaydi;
- makros boshlang’ich kodga (matnga) programma bo’lagini qo’yish vositasi bo’lganligi uchun va bunday bo’laklar matnning turli joylariga qo’yish mumkinligi sababli makroslar bilan bog’liq yagona adrеslar bo’lmaydi. Shu sababli makroslarda ko’rsatkichlar e’lon qilish yoki makros adrеslarini ishlatish imkoniyati yo’q.
Болангиз компьютерга қизиқадими? Индаманг. Қизиқаверсин. Ким билади, балки унинг шу қизиқиши қачондир сизни миллиардерга айлантирар.😉
Ишонмайсизми? Бекор қиласиз. Агар Райан исмли (АҚШ) 7 яшар боланинг ота-онаси ҳам худди сизу биздек фикрлаганида эди, бугун ўғли туфайли $22 миллион соҳиби бўлишмаган, қолаверса, Forbes томонидан тузилган «Йил мобайнида Youtube орқали энг кўп маблағ топиш» бўйича рўйхатни бошқаришмаган ҳам бўлишарди.
Хуллас, айни пайтда 17 миллион 314 минг 691 нафар обуначига эга бўлиб турган Райан айнан компьютерга бўлган қизиқиши (буни шунчаки қизиқиш деб айтишга ҳам уялади одам) боис бугун дунёнинг энг ёш бойваччалари сафига кириб турибди. Ана шунақа!
Дарвоқе, Yotube VPNсиз ишламайдиган бизнинг шароитда болага интернетда ўтиришни ким қўйибди?! Устига-устак, электр энергия ҳам 10-12 соатлаб узилиб турса... Бу аҳволда райанлар чиқармиди биздан?!
Do'stlaringiz bilan baham: |