San'atshunoslik fakulteti Texnologik ta'lim yo’nalishi 2-kurs talabasi Kamalova Zarafshonning


Tayyorlanish texnologiyasi (texnologik xaritalar)



Download 469,76 Kb.
bet5/7
Sana08.07.2022
Hajmi469,76 Kb.
#757197
1   2   3   4   5   6   7
Tayyorlanish texnologiyasi (texnologik xaritalar)

Maxsus kiyimni loyihalashdan awal ishchilarning mehnat sharoiti


batafsil o‘rganiladi va ularga tayangan holda texnik talablar tuziladi.
Ishchilarning mehnat sharoitini o‘rganishda ishlab chiqarish omillari
va odamga ularning ta’siri, bajariladigan ishlarning og‘irligi, ishchilar
harakatining dinamikasi, mehnat hamda dam olish rejasi, kiyimning
ekspluatatsiya muddati, iqlimiy sharoiti va loyihalanayotgan kiyimga
qo‘yiladigan estetik talablar to ‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi [19,36].
Mehnat sharoitiga, texnik taqozolarda ifodalangan gigiyenik, estetik
va ekspluatatsion talablarga mos bo‘lgan gazlamalar tanlanadi. Tuzilgan
modellar eskiziga muvofiq konstruksiya ishlanadi.
Yangi modellar konstruksiyasi ishchilar bajaradigan asosiy harakatlar-
ning ergonomik sxemalari, tanlangan gazlamalarning fizik-mexanik
xususiyatlari va texnik topshiriq talablari hisobga olingan holda tuziladi.
To‘kislik qo‘shimchasi asosiy konstruktiv uchastkalararo taqsim-
langanda ergonomik jihatdan qulaylikni ta’minlash maqsadida uning
ko‘proq qismi orqa bo‘lak va o'mizga ajratiladi.
Maxsus kiyimni himoyaviy, gigiyenik, ergonomik va ekspluatatsion
vazifalariga maksimal darajada moslashtirish maqsadida turli konstruktiv
elementlar qo'llanadi.
Himoyaviy konstruktiv elementlarga belbog'lar, belbandlar, qo'yma
cho'ntaklar va boshqa qo‘yma detallar, elastik tasmalar hamda to'qima
detallar kiradi. Yuqori haroratli sharoitga mo'ljallangan kiyimning taqil-
masi ko'rinmaydigan, qo'yma detallar va choklar soni mumkin qadar
kamaytirilgan bo'lishi kerak.
Maxsus kiyimlar gigiyenik talablarni ta’minlaydigan konstruktiv
elementlarga ega bo'lishi kerak. Eng ko'p terlaydigan joylarga temir
teshikchalar, koketka va choklarda ochiq joylar, maxsus shakldagi
xishtaklar kabi ventilyatsion moslamalar o'rnatiladi.
Bunday kiyimlar ostida havo almashinuvini yengillashtirish maq­
sadida to'kislik qo'shimchasining qiymati kattaroq olinadi. Odam
tanasining ayrim joylariga ta’sir etadigan agressiv moddalardan saq-
laydigan maxsus kiyimda turli gigiyenik xususiyatlarga ega bo'lgan
gazlamalar ishlatiladi. Bunday kiyimlarda agressiv ta’sirlarga uchragan
uchastkalar havo o'tqazuvchanligi kamroq bo'lgan gazlamalardan
tayyorlanadi. Boshqa joylari esa yuqori havo o'tkazuvchanligiga ega
bo'lishi mumkin.
203
Ekspluatasion talablar ishqalanadigan va eskiradigan joylarga pishiq
polimer materiallardan tayyorlangan konstruktiv elementlar qo‘yish
orqali ta’minlanadi [14].
Tadqiqotlarga ko‘ra, mehnat jarayonida asosiy harakatlar bajarilar
ekan, qomat o'lchamlari qator uchastkalarda keskin o‘zgaradi [32, 34,
35, 61, 62, 63].
Harakatda o‘zgaradigan o‘lchamlarga old belgacha uzunligi Дтс,
orqa belgacha uzunligi Дтс, old kengligi Ш,, orqa kengligi Шс, oyoq
uzunligi, bel aylanasining chizig'idan dumba osti taxlamasigacha
balandlik Vs kiradi.
Dinamikada oMchamlar qiymati 3,6 sm dan 9,4 sm gacha o‘zgaradi.
Dinamikada o‘lcham oshgan qiymatga qarab konstruksiyada ko'krak
chizig‘iga beriladigan to ‘kislik qo'shimchasi va tanlangan material
xususiyatlariga bog'liq holda uning asosiy konstruktiv uchastkalararo
taqsimlanishi aniqlanadi.
Maxsus vazifali ayollar va erkaklar kostumlari konstruksiyalarining
tahlili uchinchi ko'krak yarim aylanasiga qo'shimcha 9—17 sm ga
tengligini ko'rsatdi. Razmerlararo 2 sm ga teng bo'lgan befarqlik
intervali o'zidan 5—8 marta oshiqroq qo'shimcha orasida o'z qiymatini
amaliy jihatdan qisman yo'qotadi. Shu bois maxsus kiyimlarning
razmerlararo intervalini oshirish mumkinligi to'g'risida fikr yuritish
mumkin.
Maxsus kiyimlarga oid razmer va bo'ylar shkalasi (OST 17832—83)
bo'yicha chegaradosh razmer va bo'ylar birlashtirilgan, natijada,
razmerlar aro befarqlik intervali 4 sm, rostlararo — 12 smni tashkil
etdi. Iqtisodiy jihatdan razmer va bo'ylar sonini kamaytirish qator
yutuqlarga (andazalar tayyorlash ishlariga kamroq mehnat sarflanadi,
moddiy va mehnat xarajatlari kamayadi, ishlab chiqarishda foydali
maydon tejaladi) ega bo'lsa ham, o'ziga mos kiyimlar razmerlari bilan
qoniqmagan iste’molchilar soni oshadi [64].
Hozirgi paytda maxsus kiyimlar razmer — bo'y shkalasida asoslangan
turli mehnat sharoitiga mo'ljallangan ayollar va erkaklar unifikasiya-
lashtirilgan bazaviy konstruksiyalar mavjud (2.69-rasm).
Bu konstruksiyalar maxsus kiyimlarning mavsumiy vazifasi (qishki,
har mavsumbop), materiallarning xususiyati (massasi, qattiqligi) va
ko'zda tutilgan ishlarning vazminligiga bog'liq holda ikki guruhga
bo'linadi.
Guruhlarning har biri o'z navbatida ikkitadan kichik guruhdan
iborat


Birinchi guruh ipli gazlama, movut, brezent va himoyaviy qoplamali
ip gazlamalardan tayyorlangan har mavsumbop vazifali maxsus kiyim-
larni o‘z ichiga qamrab oladi.
Ikkinchi guruhga ipli gazlama va jundan tayyorlanadigan maxsus
kiyimlarning barcha qishki assortimenti kiradi.




Ikkala guruhga mansub unifikatsiyalashtirilgan bazaviy konstruksiya-
larga quyidagi xususiyatlar xos: to ‘kislik qo'shimchasi o ‘zgarganda
konstruktiv kesimlarning uzunligi faqat o‘miz, bel va etak chiziqlarida
o‘zgaradi; yeng qiyamasining yuqori qismi barcha kichik guruhlarda
o'zgarmas shakl; shimlar bazaviy konstruksiyalarida balans qiymati va
barcha konstruktiv chiziqlarning (bel, bo‘ksa, tizza va pocha) holati
barcha guruhlar uchun umumiy va o‘zgarmasdir.
Maxsus kiyimlarni loyihalash ishlarining samaradorligini oshirishda
unifikatsiyalashgan bazaviy konstruksiyalarning ahamiyati katta. Bu
yo£nalishda yechiladigan muammolar qatorida ishchi harakatlar xusu-
siyatlarini o‘rganish va turli bichimlar unifikatsiyalashtirilgan bazaviy
konstruksiyalarni yaratish (mavjud unifikatsiyalashtirilgan bazaviy konst­
ruksiyalar faqat o‘tqazma yeng uchun tuzilgan) muhim ahamiyat kasb
etadi.


Download 469,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish