• MONA LIZA, YANA BIR NOMLANISHI “DJOKONDA”
(ITALYANCHA:
MONA LISA, LA GIOCONDA, FRANSUZCHA LA
JOCONDE, TO‘LIQ NOMLANISHI LIZA
DEL DJOKONDA
XONIMNING PORTRETI) - FRANSIYADA, PARIJDAGI LUVRDA
SAQANIB KELAYOTGAN SURAT.
SURAT MUALLIFI - LEONARDO
DA VINCHI. TASVIRIY SAN’ATNING DUNYODAGI ENG
MASHHUR ASARLARIDAN BIRI. HISOBLANISHICHA, TAHMINAN
1503 - 1505 YILLARDA YARATILGAN BU ASARDA
FLORENSIYALIK SHOYI SAVDOGARI FRANCHESKO DEL
DJOKONDONING RAFIQASI LIZA GERARDINI AKS ETTIRILGAN.
Leonado da Vinchi hayotdan ko‘z yumganidan 31 yil o‘tganidan keyin, 1950-yilda u
to‘g‘risida yozgan ko‘plab italiyalik rassomlar biografi Djordjo Vazarining yozishicha
Mona Liza Franchesko del Djokondo (italyancha: Francesco del Giocondo) ismli
Florensiyalik savdogarning rafiqasi bo‘lgan. Uning gaplariga ko‘ra Leonardo bu suratga 4
yil sarflab baribir uni tugata olmagan ekan.
“Leonardo da Vinchi Franchesko del Djokondo uchun uning rafiqasinining portretini
chizishga kirishdi, va bu asar ustida to‘rt yil ishlab, uni tugata olmay qoldirib ketdi.
Bu asar
hozir Fontenbloda, Fransuz qirolida.
Bu surat tasviriy san’at qay darajada tabiatga taqlid qilishi mumkin ekanligini ko‘rishni
istagan har kimga bu sirni ochib beradi, chunki unda faqat tasviriy san’at yetkazib bera
oladigan nozik tafsilotlar aks ettirilgan. Shuning uchun ham ko‘zlarda ustalikning ulug‘vor
nafisligi mavjudligidagina tasvirga tushirilishi mumkin bo‘lgan, odatda tirik insonda
bo‘ladigan yarqiroqlik va namlik, ularning atrofida esa qizg‘ish yoritilish va tuklar o‘z
aksini topgan. Badanda haqiqatda tuklar o‘sishi kabi, ayrim joylarda qalin, ayrim
joylarda siyrak, va teridagi teshikchalarga mos kipriklar bundan ortiq tabiiyroq
tasvirlanishi mumkin emas.
O‘zining chiroyli dimoqlari bilan pushti va nozik burun tirikday ko‘rinadi. Lablarning alvonligi bilan chekkalarida
birlashgan salgina ochiq og‘iz, o‘z ko‘rinishining badanga oidligi bilan bo‘yoq emas haqiqiy andomga o‘xshaydi.
Bo‘yinning chuqurligida diqqat bilan qaralganida puls zarbasini ham ko‘rish mumkin. Va,albatta, shuni aytish
mumkinki, bu asar shunday yaratilganki istalgan va eng o‘ziga ishongan rassomni ham, u kim bo‘lishidan qat’iy
nazar hayajonga soladi.
Darvoqe, Leonardo quyidagi bir ustomonlikni ishga solgan: Mona Liza juda chiroyli edi,
shuning uchun ham u suratni chizish paytida lirada o‘ynagan musiqachilar yoki kuylovchi
hofizlarni yollagan.
Shu bilan birga, ustaxonada doim masxarabozlar hozir bo‘lgan va
Mona Lizaning ko‘nglini olib, odatda tasviriy san’at chizilgan portrerlarda yaqqol
ko‘rsatib beruvchi ma’yuslikni haydagan. Leonardoning bua sarida tabassum shu qadar
yoqimli aks ettirilganki, tirik inson emas, qandaydir bir ilohiyotni ko‘rib turgandek
tuyuladi. Portretning o‘zi esa favqulodda asar sifatida alohida ehtiromga sazovor,
chunki hayotning o‘zi ham o‘zgacha bo‘la olmas edi.”