60-mashq. O‘tgan zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang.
1. Shu, Boboqul bilan Mamat polvon juda lanj ekan, nima dedingiz, Bo‘ri polvon? (Tog‘ay Murod) 2. Said xon aka, bu qanday ko‘rgilik-a? Endi men nima qildim? Men o‘lsam, endi kim yig‘laydi onam deb? (O‘. Umar bekov) 3. Xo‘p, mayli, hozir boshingizni qotirmay, men ketdim. (Tohir Ma lik) 4. Uf-f! Nima qildim-a! Boshim qotdi-ku! (E. Vohidov) 5. Endi nima bo‘ldi orzu, shirin xob, Ezgu xayol la rim aylaymi hamdam? (E. Vohidov) 6. Choyni ichib, masla hat ni bitirib, Go‘ro‘g‘li bu so‘zni aytib turibdi. (Fozil Yo‘ldosh)
61-mashq. Hozirgi zamon shakllarining qanday uslubiy vazifa bajarayotganini aniqlang.
1. Men bu mehmonni kuzatib borayotirman, – dedi kampir. (Cho‘lpon)
2. Samovardagi choyxo‘rlar ermak qilib, polvonning kelini ikkita «Volga»ni qulog‘iga ilib yuribdi deyish yapti. (Said Ahmad) 3. Men astoydil gapirayotirman. Xudo bitta, so‘z bitta! (Cho‘lpon)
Do'stlaringiz bilan baham: |