Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
Topshiriq. Gaplarni o‘qing, morfologik vositalarning uslubiy o‘ziga xosligiga e’tibor bering.
1. Siz unda haqiqiy onalarni ko‘rajaksiz. (Cho‘lpon) 2. Safar hozirlig‘ini ko‘rgaysizlar! (O. Yoqubov) 3. O‘zingizni bosing! – dedim quruqqina qilib. (O‘. Hoshimov)
42-mashq. Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni toping. Qanday subyektiv munosabat ifodalanayotganini ayting.
1. Ko‘zlarimga buncha tikilding, ayt-chi, jon qiz, ne sirni bilding? (E. Ne’matov) 2. Og‘a, sog‘ borsangiz, avval dadamlarga salom ayting. Yugurib chiqqan ul mushfiq Onamlarga salom ayting (Hamza) 3. Mansur haydovchi bilan ishchisini ochiq yuz-la qarshi olib va ularning «Qorda qolgan izlariga qaraganda, to‘y bo‘pti» degan gaplariga kamtarona jilmayib, mehmonxonaga taklif etdi. (Sh. Xolmirzayev)
43-mashq. Uslubiy xoslangan morfologik vositalarni aniqlang.
1. Go‘yo quyosh oyni kuzatganiday, O‘t bo‘lib orqangdan kezmakdaman man. (Hamid Olimjon) 2. Bu atrofda unga teng keladirgan kim bor? (Murod Mansur) 3. Chunki boydan olinajak haqning shamolga uchganiga ishonar edi. (Oybek) 4. U yaralangan sher yanglig‘ hayqirib yubordi. (Ulug‘bek Hamdam) 6. Qarilik gashtini maqtashdan ko‘ra,
Muxbir bolam, uni bizlardan so‘ra.
Mana, biz bu gashtni surayotirmiz,
Ertalab inqillab turayotirmiz,
Og‘riqdan qaqshagan belimiz silab,
Kavushimiz sudrab, chunon imillab,
Belimiz changallab yurayotirmiz,
Qarilik gashtini surayotirmiz. (E. Vohidov)
44-mashq. Kelishik shakllarini ko‘makchi bilan almashtirish mumkin bo‘lgan so‘zlarni aniqlang.
1. Bolalar maktabga ketdilar. 2. Ko‘rganlarini qoyillatib aytib berdi. 3. Bu masalani telefonda hal qilib bo‘lmaydi. 4. Bu gullar senga atalgan. 5. O‘tmish voqealaridan so‘z ketdi. 6. U laqillab o‘tirishga emas, ishlashga kelgan. 7. Kasalligidan darsga kelmadi. 8. Xat yashil qalamda yozilgan edi. 9. Suvda oy nuri aks etardi. 10. U har kuni ishga mashinada kelardi. A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan tayyor so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |