Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. O‘zingiz yashaydigan hududdagi adabiy tildan farqli so‘z va iboralarga misollar keltiring. Namuna: 1) shoti – adab. narvon. 2) patinjon – adab. pomidor.
2-topshiriq. Abdulla Qodiriyning «O‘tgan kunlar» romanidan olingan parchadagi ajratilgan so‘zlarning hozirda qo‘llanmaslik sababini izohlang.
Choyni ichib bo‘lgandan keyin qutidor fotiha o‘qib o‘rnidan turdi: – Men senga aytib qo‘yay, Kumush, – dedi turar ekan qutidor Oftob oyimga, – bu kunga bir mehmon aytkan edim. Cho‘ringni chiqarib mehmonxonani tozalat. Anovi yangi qop lagan ko‘rpalaringni ber, tanchaga o‘shani yopsin. Shevaga oid birliklar adabiy til me’yorlaridan tashqarida, ular milliy til unsurlari sanaladi. Shuning uchun bunday unsurlar ilmiy, rasmiy va publitsistik uslublarda qo‘llanmaydi. Ammo ular oddiy (adabiy emas) so‘zlashuv va badiiy uslubda muayyan bir me’yorda ishlatiladi. Badiiy uslubda qo‘llangan shevaga oid unsurlar yozuvchining uslubiy-estetik maqsadiga xizmat qiladi.
33-mashq. Berilgan gaplardagi shevaga xos so‘zlarning fonetik va leksik xususiyatidan kelib chiqib, qaysi hududlarda qo‘llanishini aniqlang.
1. Shashma-shashma, qo‘rquvdirgan jeri jo‘q, qani, munday uzatchi... (Murod Mansur) 2. Ur-re, chopdik, opoqbuvimlarga. Ayamam keluttilar! – dedi Yodgor. (Murod Mansur) 3. Keyin kulib hamda g‘ijinib davom etdi: – Shundoq ketivossam, ro‘paramdan ikkita damilliy vangi kevotti. (Sh. Xolmirzayev)
34-mashq. Gaplarni o‘qing, eskirgan so‘zlarni topib, arxaik yoki tarixiy so‘z ekanligini aniqlang.
1. Rayonga aziz mehmonlar keladigan bo‘lsa, Xorunboy Ermatov, albatta, ovga olib chiqadi. (Said Ahmad) 2. Eshik sharaqlab ochilib, ostonada qilich yalang‘ochlangan ikki sipoh ko‘rindi. (O. Yoqubov) 3. Paxta bayrami hech qayerda Mirzacho‘ldagidek qiziq o‘tmasa kerak, chunki bu yerga res publikaning turli oblastlaridan kelgan odamlar o‘z oblastining ashulasini, o‘yinini ham olib kelgan deyishadi. (Abdulla Qahhor)
35-mashq. Bodparak, barak, valish, adrasman, yorqanat, shapati, vahmak, bo‘riq kabi so‘zlarning ma’nosini va qaysi hududlarda qo‘llanishini o‘qituvchingiz yordamida aniqlang.
So‘zlarning «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dan olingan izohlarini eslab qoling, tarixiy asarlarda ulardan qanday foydalanilishi haqida bahslashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |