Darsning jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar.
Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
Darsning texnik chizmasi:
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
I.Tashkiliy qism.
|
2 minut
|
II.O’tilgan mavzuni tekshirish
|
10 minut
|
III.Yangi mavzuni bayoni
|
20 minut
|
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
|
8 minut
|
V.Darsni yakunlash va baholash
|
3 minut
|
VI.Uyga vazifa
|
2 minut
|
Darsning borishi (reja):
I.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
II. Ona tili darsligi bilan tanishtirish
III.Yangi mavzu bayoni:
1-topshiriq. Jiyan, o‘rgilay, girgitton, qoyil, anavi, haligi, baraka topkur, mullaka, churq etmaslik, miyasi g‘ovlab ketdi kabi so‘z va iboralar ishtirokida gaplar tuzing. Bu birliklarning qaysi yosh dagi kishilar nutqida va qanday vaziyatda ishlatilishini ayting.
2-topshiriq. Berilgan gaplardagi so‘z tartibi va so‘zlarning qo‘llanishiga
e’tibor bering. Ularning qaysi uslubga oidligini ayting.
1. Qani, shirchoy sovimasin. Patirni qaynoqligida to‘g‘ ranglar, mazasi boshqacha bo‘ladi. (Said Ahmad) 2. Voy, men o‘lay seni tanimay! (O‘. Umarbekov) 3. Yo‘q, yo‘q, ko‘taring! Tez kasalxonaga boorish kerak buni! – dedi ikkin chisi. (O. Yoqu bov) 4. Hoy, menga qara, o‘zini ko‘rding mi? – qichqirdi oshga sabzi bosayotgan Hojar buvi.(O‘. Umar bekov)
15-mashq. Berilgan gaplarda so‘zlashuv uslubiga xos til birliklarini toping. Ulardagi salbiy va ijobiy baholarga asoslanib, so‘zlovchi shaxsi haqida mulohaza yuriting.
1. Hoy, Sanobar, o‘zizzi ja bilimdon sanavorasizki... Nima, Qo‘ldoshxo‘ja? Yomon bo‘lsin, deptimi? (Murod Mansur) 2. Ho‘, men o‘qigan hikoyang bor edi-ku, opkel, bosamiz. (Said Ahmad) 3. Hoy bolam, manavini bir simir. Ichginang uzilib ham ketgandir sanginani. Ol, ol, xolang qoqindiq. (Murod Mansur)
16-mashq. Berilgan matndagi faqat og‘zaki so‘zlashuv uslubiga xoslangan birliklarni aniqlab, ularga izoh bering.
Endi ketamiz deb turgan edik, uzoqdan: – Ho‘-ho‘-ho‘y! Kim bor? – degan ovozni eshitib qoldik. Sheriklarim tapura-tupuriga olib qochib qolishdi. Men bo‘lsam uzumni ko‘p yeb qo‘yganimdanmi, qimirlolmay qoldim. Nima qilishimni bilmay ko‘zimni chirt yumdim-da, joyimda turaverdim. Qancha turdim, bilmayman. Ko‘zimni ochsam, ro‘paramda qizil etik, oq yaktak kiyib, ustidan ko‘k qiyiqni bog‘lab olgan baland bo‘yli bir chol jilmayib turibdi. Qaltirab ketdim. – Qo‘rqma, qo‘rqma, bolam, – dedi u mayin tovush bilan. – Uzum kerak ekan, aytmaysanmi, o‘zim uzib berardim. Bunday muomalani men sira kutmagandim, yig‘lab yubordim. Ko‘zimdan oqqan yoshni artish uchun qo‘limni ko‘targan edim, ko‘ylagim ishtonbog‘ imdan chiqib ketib, qo‘ynimdagi uzum yer bilan bitta bo‘ldi.
A. Hojiyevning «O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati»dan olingan ovoz so‘zi sinonimlari tavsifi bilan tanishing, ulardagi ma’no nozikliklarini eslab qoling. Bu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |