32sm2:4sm=8sm
2-usul
1) eni - 4 sm;
2) yuzi - x • 4 = 32;
3) bo‘yi: x = 32 : 4;
x = 8 (sm).
Javob: Ttning bo’yi 8sm
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo’shimcha topshiriq: Bo’lishni tekshirish qoidasini yod olish.
Sana:____________ Tekshirdi:________________
21-dars
Mavzu: Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo’lish.
Tayanch tushunchalar: Bo’linmani tanlash usulida topish. Soatlar soni: 3 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo’lishda bo’linmani tanlash usulida topish, unga doir misol va masalalarni yechish, kesmalar uzunliklarini o’lchash, bir-biridan necha marta uzunligini aniqlash.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: Darslik, chizg’ich, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |