SHE’RLARI
“Binafsha”
“Navbahor”
“Kapalak”
“Qushlar haqida qoʻshiq”
Zafar Diyorning oʻttizinchi yillar ijodi vatanparvarlik, baynalmilallik va mehnatsevarlik tuygʻularini aks ettiruvchi asarlarining koʻpligi bilan xarakterlidir. Bu xil asarlar yoshlar xarakterini shakllantirishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Rang-barang gullarni, turli-tuman qushlarni sevgan shoir bolalar ruhiyatini chuqur tahlil etib, ularni ham ona tabiatni sevishga va parvarish qilishga ruhlantiradi. Shoir bolalarda qushlarga muhabbat hissini uygʻota oladigan quvnoq vazn, oʻynoqi misralar yaratadi. Shu maqsadda soʻzlarning xilma-xil takroridan, misralarni esa mayakovskiychasiga tizib, tasvirning ohangdorlik jarangini, kuchini yanada oshiradi.
Shoirning “Mamlakat”, “Kazbek”, “Tilsiz oʻrtoq”, “Madriddan kelgan mehmon” kabi sheʼr va dostonlari shoir ijodining har taraflama yuksalishidan dalolat beruvchi liro-epik asarlardir.
Zafar Diyor bolalarning xatti-harakatlarini, orzu-intilishlarini yaxshi biladi. Shu jihatdan qaraydigan boʻlsak, uning “Kel, uchaylik shimolga” sheʼri gʻoyat oʻziga xosdir. Bunda shoir “Quyosh tushmaydigan” qutbni borib koʻrishni orzu qilgan bolaning lirik obrazini gavdalantiradi. Yosh bolaning murgʻak xayoli shimoliy qutbni borib koʻrishni, undagi hodisalar bilan tanishishni xohlaydi. Shoir lirik qahramonning ulugʻ maqsadlarga erishish uchun fan va texnika asoslarini amalda egallashi kerakligini chuqur anglaydi. Buni shoir modelcha yasash jarayonida kichik yoshdagi bolalarning ruhiyatiga mos, sodda holda tushuntiradi va ularda katta ishlarga – qahramonlikka havas uygʻotadi:
Shu narsa eʼtiborliki, sheʼrda Zafar Diyor bolalarning texnikaga intilishi va qiziqishlarini qizgʻin qoʻllab-quvvatlaydi, ulardagi oliy his-tuygʻularni oʻstirishga, vatanparvarlik hislarini tarkib toptirishga yordam beradi. Shoir bunday yuksak tuygʻularni badiiy sodda, taʼsirchan va mazmundor misralar bilan ifodalaydi.
Sheʼr bolalarning kelajakda orzu-umidlariga erishishlariga boʻlgan katta ishonch bilan tugaydi. Bu asar bolalarni ilm va hunarga muhabbat, tinmay olgʻa intilishga chaqiriq ruhida tarbiyalashi jihatidan katta ahamiyatga ega.
Zamondoshlarimizning yangi qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish, moʻl-koʻl hosil olish va qishloqlarni obodonlashtirish ishida olib borayotgan kurashlari “Yuksak togʻ, keng oʻtloq va mard oʻrtoq haqida qissa” dostonida ochib berilgan. Zafar Diyor dostonda sahro-choʻllardagi shamolning vahimasi va uning ayanchli tasvirini chizib, yosh kitobxon diqqatini mehnatga jalb qiladi. Doston ertak shaklida, bolalarbop usulda yozilgan. Shoir sahrolarning “Qashqir kabi uvillovchi”, “Boyqush kabi huvlovchi” dahshatli shamollari odam – tabiat dushmani ekanini obrazli misralarda yoritadi. Shundan keyin shoir hayotni goʻzal, sahro-choʻllarni obod qilishda suvning qadrini juda yaxshi bilgan keng oʻtloqni jonlantirib soʻzlatadi va u yerlarda “gul hayot” qurish gʻoyasini olgʻa suradi. Keng oʻtloq yuksak togʻga murojaat qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |