Egovlashda kuchni taqsimlash; Egovlashning bir necha usullari bor. Ularni ko‘ndalang, bo‘ylama, ikki yoklama va
aylanma egovlash deb ataladi. Ko‘ndalang egovlash katta qo‘yimlarni olib tashlashda bajariladi. Bo‘ylama egovlashda ishlov berilgan sirtlarning to‘g‘ri chiziqli bo‘lishi ta’minlanadi. Egovlashning ana shu ikkala usulini baravar qo‘llash yanada ma’qulroqdir. Bunda oldin ko‘ndalangiga va keyin bo‘ylamasiga egovlanadi.
Kesishuvchi shtrixlar bo‘yicha egovlash ishning borishini va sifatini yaxshiroq nazorat qilish mumkin. Buning uchun oldin chapdan o‘ngga qiya shtrixlar bo‘yicha egovlanadi, keyin ishni to‘xtatmay, to‘g‘ri shtrixlar bo‘yicha egovlanadi va nihoyat, yana qiya shtrixlar bo‘yicha, lekin o‘ngdan chapga egovlanadi. Egovlash to‘g‘ri bajarilganini chizg‘ich, shtangenstirkul yoki go‘niya bilan tekshiriladi. Go‘niyani qo‘yilganda u bilan detal orasida tirqish ko‘rinmasa, sirt tekis va to‘g‘ri chiqqan bo‘ladi.
Yassi sirtlarni egovlashda nuqsonlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagi talablarga rioya qilish shart:
1. Zagotovkani yotiq tekislikka o‘rnatish kerak.
2. Sirtlarni egovlashda yuqorida ta’riflangan usullarni to‘g‘ri bajarish lozim.
3. Sirtlarni egovlashda ishning sifatini chizg‘ich yoki go‘niya bilan vaqti-vaqtida tekshirib turish zarur.
4. Zagotovkaning egovlangan sirtini tiski jag‘ining tishlari ezmasligi uchun uni qistirmalar orasiga olib tiskiga o‘rnatish kerak.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Mustahkamlash uchun savollar:
1. Egovlashni bajarayotgan o‘quvchi qanday holatda turishi kerakligini tushuntiring va ko‘rsating.
2.Egovni ushlash qoidasini va sirtlarni egovlash usullarini shuntiring va ko‘rsating.
3. Yassi sirtlarni egovlashda ishning sifatini nazorat qilishusullarini tushuntiring va ko‘rsating.
4. Yassi sirtlarni egovlashdagi xavfsizlik texnikasi qoidalarini ayting.
5. Metallni plita ustida qirqish usullarini tushuntirib bering.
5. Metallni plita ustida qirqishda yaroqsizlikning oldiniolish tadbirlarini ayting.
7. Truba kesish jarayonini tushuntirib bering.
8. Zubiloning kesuvchi qismlari geometriyasini tushuntiring.
Amaliy-laboratoriya ishi
Egov bilan metallarga ishlov berish
Jihozlar: Egovlashda ishlatiladigan asboblar va zagotovkalar
Ish bajarish tartibi:
Egovlash usullarini o‘rganishga doir amaliy ishlarni bajaring.
Egovlashda kuchni taqsimlashni o‘rganishga doir amaliy ishlarni bajaring.
Egovlangan detallarning sirtlarini tekshiring.
Eshik lo‘kidoni, deraza surmasi va boshqa buyumlarning detallarini tayyorlang.
Bir necha detal va tayyorlanmaga ishlov berish: Tunuka buyum tayyorlash. Yupqa metall list (tunuka) simga o‘xshash bukiluvchan bo‘ladi. Tunukani yog‘och bolg‘a bilan to‘g‘rilash mumkin. Juda ham yupqa (0,2 mm)listlar metall plita ustida yog‘och brusok yordamida to‘g‘rilanadi (24-rasm). Tekislangan zagogovkada rejalash ishlari bajariladi, keyin buyum kesib olinadi. Tunuka qo‘l qaychisi bilankesib olinadi. Kesish oson bo‘lishi uchun qaychining bitta dastasini tiskiga mahkamlab qo‘yiladi. Metall kesuvchi qaychi bilan ishlaganda ehtiyot bo‘lib ishlash kerak, qo‘lni metallning
o‘tkir qirralari kesib kegishi mumkin.
Darsni yakunlash va o‘quvchilarni baholash. Metallga ishlov berish ustaxonasini tartibga keltirish.
Uyga vazifani e’lon qilish: mavzu bo‘yicha berilgan barcha ma’lumotlarni o‘qib-o‘rganib kelish.