Sana sinf: 6 Fan: texnologiya (o‘g‘il bolalar)



Download 465,21 Kb.
bet2/3
Sana07.04.2022
Hajmi465,21 Kb.
#535514
1   2   3
Bog'liq
43-44

Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. Salomlashish

  2. Davomatni aniqlash

  3. Darsga tayyorgarlik ko‘rish

  4. O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.

  1. Uyga vazifani so‘rash:

  1. Savol – javob o‘tkazish

  2. Topshiriqlarni tekshirish

  3. Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish

  1. Yangi mavzu bayoni:

Metallarni plita ustida qirqish:
Zubilo tig‘ining o‘tkirlik (charxlash) burchagi ishlov beriladigan metallning qattiqligiga qarab tanlanadi. Masalan, cho‘yanni va bronzani qirqish uchun o‘tkirlik buragiga 70° po‘latni qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 60 , mis va latunni qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 40° rux va alyuminiyni qirqish uchun o‘tkirlik burchagi 35°li zubilolardan foydalaniladi. Zubiloning ishchi qismi va kallagi odatda birmuncha kamroq qattiqlikka toblanadi, vaunda bolg‘a bilan kuchli zarbalar berilganida qiyshayib va sinib ketmaydigan bo‘ladi. Zubiloning kesuvchi (yoki ishchi) qismi pona shaklidagi ish bajarish uning metallga botishini osonlashtiradi (25-rasm). Zubiloda hosil bo‘lgan bir sirtni zubiloning kesuvchi qirrasi, ikkinchi sirtni esa ketingi kesuvchi qirrasi deyiladi. Ana shu sirtlar kesishgan joyda o‘tkir milk hosil bo‘ladi va uni kesuvchi qirra deyiladi. Ular orasidagi burchak esa o‘tkirlik burchagi bo‘ladi. Ketingi qirra bilan ishlov berilayotgan sirt o‘rtasidagi burchak asbob bilan ishlanayotgan detal orasidagi ishqalanishning oldini oladi va uni ketingi burchak deyiladi. Chilangarlik bolg‘alari juda ko‘p operastiyalarni bajarishda, masalan, rejalashda, qirqishda, tekislashda, bukishda, parchinlashda, kandakorlik va hokazolarda foydalanishga mo‘ljallangan. Ular U7, U8 markali uglerod asbobsozlik po‘latdan yasaladi. Bolg‘aning tumshug‘i va muhrasi bo‘ladi. Uning tumshug‘i pona shaklida qilinib, uchi dumaloqlanadi va undan metallarni parchinlashda, to‘g‘rilashda va cho‘zishda foydalaniladi. Bolg‘aning muhrasi kvadrat va doira shakllarida bo‘lib, ular bilan asosiy ish - zarba berish bajariladi. Bolg‘a bilan zubiloning kallagiga uriladi (26-rasm). Bolg‘ada dasta uchun teshik ochiladi. Bolg‘aga o‘rnatilgan dastaning uchiga yog‘och yoki
metall pona qoqib mahkamlanadi. Bunday dastani qizil, chetan, oq qayin, zarang va boshqa qattiq hamda bukiladigan daraxtlarning yog‘ochlaridan tayyorlash mumkin. Dastaning yog‘ochi to‘g‘ri va quruq (namligi 12 gacha) bo‘lishi, unda yoriqlar va ko‘zlar bo‘lmasligi, sirti yaxshi silliqlanishi, unga alif shimdirilishi kerak. Qirish vaqtida bolg‘ani o‘ng qo‘l bilan dastasining uchidan 15-20 mm qoldirib ushlash lozim. Qirqishda bolg‘a bilan urishning uch xil usuli qo‘llaniladi. Ularni: panja zarbi, tirsak zarbi va elka zarbi deb ataladi (28-rasm). Panja zarbi faqat qo‘l panjasining harakati bilan amalga oshiriladi va bu usul juda yupqa qirindilar chiqarishda, g‘adir-budirliklarni hamda ozgina bo‘rtiqlarni yo‘qotishda qo‘llanadi.
Bolg‘a bilan zarb berish:a - panja zarbi; 6 - tirsak zarbi; v - elka zarbi. Tirsak zarbi qo‘lning tirsakdagi harakati bilan (qo‘l barmoqlarini yozib va siqib, panjani, bilakni, yuqoriga ko‘tarib va pastga tushirib) bajariladi.
To‘g‘ri chiziqli sirtlarni egovlash:
Egovlashni boshlashdan oddin ish o‘rnini to‘g‘ri tashkil qilish va avvalo undagi barcha asboblar hamda zagotovkalarni maqsadga muvofiq tartibda joylashtirish lozim.
Egovlashni bajarishda to‘g‘ri ish holatida turish zarur. Bunda verstakka nisbatan yarim o‘girilgan holda va undan 150-200 mm oraliqda, chap oyoqni oldinga egov harakatining yo‘nalishi bo‘yicha qo‘yib turiladi. Egovning dumaloqlangan qismi o‘ng qo‘lning kaftida turadi. To‘rtta barmoq bilan dastani ushlab, bosh barmoq bilan uni tepasidan bosib turiladi. Chap qo‘lning barmoqlarini ezib egovning uchidan 20-30 mm beriga qo‘yiladi. Ishlash vaqtida egovni ilgarilama-qaytma harakatlantiriladiva uning oldinga harakatlanishi ish yurishi, orqaga harakatlanishi - salt yurish bo‘ladi. Ish yurishi jarayonida asbobni zagotovkaga bosiladi va salt yurishda bosilmaydi. Uni faqat yotiq holatda yurgazish kerak. Egovga bosiladigan kuch uning holatiga bog‘liq bo‘lishi lozim. Ish yurishining boshlanishida chap qo‘l bilan o‘ng qo‘lga nisbatan qattiqroq bosiladi. Zagotovkaga egovning yarmi borganida esa uning uchiga va dastasiga taxminan bir xil kuch bilan bosiladi. Ish yurishining oxirida o‘ng qo‘l bilan chap qo‘lga nisbatan qattiqroq bosiladi.

Download 465,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish