Issiq sharoitlarda o’sadigan o’simliklar suvni kam bug’latadi.
Mavzuni mustahkamlash
1.Barglar qanday suv bug’latadi?
2. Suvni kam bug’latadigan barglarga misollar ayting.
3.Barglarning nafas olganini qanday bilish mumkin?
4.Bargning ichki tuzilishi qanday qismlardan iborat?
5.Barg qanday sharoitda suvni ko’p bug’latadi?
Uyga vazifa
Mavzuni o’qish.
Barglardan gerbariylar yasash.
Mavzu oxirida berilgan savollarga javob bering
Sana:___________________________________________________
Sinf: 6
Fan: Biologiya ( Botanika)
MAVZU: Kuz faslida o’simliklar hayotida ro’y beradigan o’zgarishlar.
Xazonrezgilik.
I. Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy : o’simliklar dunyosi, mahalliy sharoitda o’sadigan o’simliklar, hayotiy shakli turlicha
bo’lgan o’simliklar, gulli o’simliklarning asosiy o’rgarishlari bilan tanishish, kuz faslidagi
xazonrezgilik haqida tushunchalarni shakllantirish;
b) tarbiyaviy maqsad: o’zaro hamkorlik, faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, madaniyatlilikka, ekologik, estetik
tarbiyani shakllantirish;
c) rivojlantiruvchi maqsad : tafakkur, xotira, idrok mashqi, qiziqishlarni rivojlantirish, guruh bilan ishlash,
muloqat madaniyatiga o’rgatish, taxlil qilish va xulosa chiqarishga o’rgatish;
d) kasbga yo’naltirish: tabiat qo’riqchisi, biolog, lobarant, fermer, tadbirkor,
kasblar haqida ma’lumot berish;
; O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiya elementlari:
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi:
o‘simlikning suv va mineral tuzlarni o‘zlashtirishi, ildiz bosimi, poyada suv va oziq moddalarning harakatlanishi, bargda organik moddalarning hosil bo‘lishi, o‘simliklarning nafas olishi, o‘simliklarning suv bug‘latishi, xazonrezgilik jarayonlarini tushunadi, izohlay oladi;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi:
suv unda erigan mineral moddalarning ksilema orqali, organik moddalarning floema orqali harakatlanishini ko‘ratuvchi tajribalarni o‘tkaza oladi, kuz faslida o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlarni kuzata oladi, yorug‘lik ta’sirida barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishini kuzatib, kuzatuv natijalarini qayd etib, tajriba natijalarini tahlil qiladi, qayta ishlashni va rasmiylashtirishni, kuzatganlari asosida xulosa chiqara olishni biladi;
sporali va ochiq urug‘li o‘simliklar turli sistematik birliklarining tarqalishini o‘rganish uchun tabiatda kuzatishlar olib borib, to‘plangan materiallarni tahlil qila oladi, kuzatuv natijalarini qayd etadi, umumlashtirib, xulosalar chiqara oladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |