Sinf: 6 Fan : Biologiya ( Botanika)
_Mavzu: Novda tizmning shakllanishi.:
Maqsadlar A) O’quvchilarda biologik bilimlarni shakillanib borishini, kurtak, novda tuzilishlari turlari haqida , gul va barg kurtaklar o’rtasidagi farq qiluvchi belgilar to’g’risida bilimlar bilan tanishtirish.
B) O’quvchilarni o’z maqsadlariga yetishish ruhida tarbiyalash, ularda bir – biriga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, , o’zaro yordam va berilgan vazifani bajarishga ma’suliyatni his etish va ko’nikmalarni tarkib toptirish
S) O’quvchilarni tez fikrlashga, fikrini aniq ifodalashga, tabiatni va vatanni sevishi farzandlar tarbiyalashga erishish.
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi: novda, poya, kurtak, o‘sish konusi, barg tushunchalarining mohiyatini biladi, tushunadi va izohlay oladi;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi: uchki va yon kurtaklarini taqqoslay oladi, kurtakning tuzilishini tajribada o‘rganib, generativ va vegetativ kurtaklar, poyani chilpish, gul haqidagi umumiy ma’lumotlarni hamda mevalarning turlarini biladi va taniydi, ikki va bir urug‘pallali o‘simliklar urug‘larining tuzilishiga ko‘ra ajrata oladi, kuzatganlari asosida xulosa chiqara oladi
Dars jihozi: kurtakli turli xil o’simlik novdalari, mavzu bo’yicha tayyorlangan slaydlar, lupalar
Dars o’tish usuli: Ilg’or pedagogik texnologiya
Darsning borishi
1. Tashkiliy qism:
Salomlashish va o’quvchilarni darsga tayyorlash
2. O’tilgan mavzu bo’yicha darsni takrorlash
. Yangi mavzuni bayon etish
Terakning kurtagi yirik bo’lib tuzilganligi uchun uning ichki tuzilishini o’rganib chiqamiz. Terakning kurtaklari tashqi tomondan tangacha barg bilan o’ralgan. Bu qobiq ularni ayniqsa, qishning qattiq sovug’idan, kasallik tug’diruvchi bakteriya va zamburug’lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig’I ostida joylashgan boshlang’ich bargalarni ko’rish mumkin.
Kurtaklar qishda tinim davrini o’taydi. Olimlarni ta’kidlashicha, kurtaklar qishki tinim davrini o’tsa, yaxshi o’sadi va mo’l hosil beradi. Hammamizga ma’lumki kech kuzda barglar to’kilgandan so’ng daraxt va butalarning shoxlaridan kesib, suvga solib qo’yilsa kurtaklar ko’p vaqtgacha bo’rtmay turaveradi. Agar shoxchalar yanvarning ikkinchi yarmi fevralda suvga solib qo’yilsa, kurtaklar tez o’sa boshlaydi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kurtaklar oldinroq bo’rta boshlaydi. Kurtaklarning bo’rtib yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum vaqt ichida o’tadi. Bu davr faza deyiladi.
Kurtaklar navdada ketma – ket, qarama – qarshi holda va halqa hosil qilib joylashadi. Ichki kurtak novdaning uchida joylashadi.
Yon kurtaklar novdaning yonida joylashadi
Qo’shimchak kurtak – mudroq kurtaklar bo’lib, unga terak kesilgandan so’ng o’sib chiqqan novdalar hisoblanadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar yirikroq bo’ladi. Novdaning pastrog’idagilari maydaroq kurtaklar bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |