Sana _______________________________________________________________
Sinf: 6
Fan: Biologiya ( Botanika)
Mavzu: 1- Labaratoriya ishi. Ildiz turlari va ildizning tuzilishini o’rghanish.
Darsning maqsadi: O’quvchilarda ildiz, ildiz tizimlari haqida tasavvur hosil qilish, O’quvchilarni ildiz tizimlarini biri –biridan farqlay olishgao ’rgatish.
Tarbiyaviy maqsad; Ildiz tizimlari haqida bilim va ko’nikmalar hosil qilish,tabiatni asrash.
Rivojlantiruvchi maqsad; O’quvchilarni kelajakda tabiatdan oqilona foydalanish haqidagi bilimlarini rivojlantirish;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlarni tushunish, tanish, izohlash kompetensiyasi: o‘simlik hujayrasi, to‘qimasi, ildiz funksiyalari va turlari, ildizning tashqi tuzilishi, ildiz tizimlari turlarini farqlaydi, shakli o‘zgargan ildizlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘ladi;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi: gerbariy va tirik o‘simliklarning ildiz turlarini o‘rganib, o‘q va popuk ildizlar, qo‘shimcha ildizlar, ildizmevalar ustida kuzatishlar olib bora oladi, kuzatishlar natijasini chiza oladi, kuzatganlari asosida xulosa chiqara oladi, asbob-anjomlar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalariga rioya qila oladi.
Dars jihozi;
Darslik , ko’rgazmalar, darsga oid tarqatmalar.
Dars turi; Bahs –munozara, aqliy hujum.
Dars uslubi; noananaviy, interfaol o’yinlardan foydalanish.
Darsning borishi; I.Tashkiliy qism;
II.O’tilgan mavzu aqliy hujum asosida takrorlanadi
1.To’qima deb nimaga aytiladi?
2. To’qimalar necha xil bo’ldi?
3.Qaysi to’qimalar orqali fatosintez jarayoni amalga oshadi?
4.Daraxtlar qaysi to’qima hisobiga bo’yiga o’sadi?
5.Qoplovchi to’qimalar necha hil bo’ladi?
III.Yangi mavzu bayoni:
.
O’simliklarning turiga ,tuproq iqlim sharoitiga qarab ildizlar kalta, uzun, ingichka yoki yo’g’on, yassi yoki yumaloq va boshqa shakllarda bo’ladi .Bir tup o’simlikdagi asosiy,yonva qo’shimchaildizlaryig’indisiildiztizimi(sistemasi) deyiladi. Ildiz tizimining o’l chami va tuzilishi o’simliklar turiga, ildizining shoxlanishiga, qo’shimcha ildizlarga hamda tuproq unumdorligiga bog’liq. Ildiz tizimi tuzilishiga ko’ra; o’q ildiz va popuk ildizga bo’linadi. Ikki urug’ pallali o’simliklarga mansub g’o’zaning ildiz tizimi ham o’ziga xos. CHigitning murtakdagi ildizchasidan dastlab, asosiy ildiz o’sib chiqadi. Ayrim asosiy ildizlarda oziq moddalar to’planadi . Masalan ,qizillavlagi, sabzi, rediska, turib, sholg’om va boshqalarda .Bu ildizlar ovqatga ishlatilganligi uchun ular ildizmevalar deyiladi.
1 Gerbariy va tirik organizmlarning ildiz turlarini o’rganish. Ulardan qaysilari o’q va popuk ildiz tizimi ekanini kuzatish. Ildiz tizmini rasmini chizish.
Makkajo’xori, qulupnay ajriq misolida qo’shimcha lidizlarni ko’rib chiqing va rasmini chizing.
Oziq moddalar to’playdigan o’q ildizdan hosil bo’lgan ildiz mevalar lavlagi, sabzi, rediska sholg’om turpni ko’rib chiqing va rasmini chizing.
Do'stlaringiz bilan baham: |