O’tkazuvchi to’qima ikki tomonlama harakat qiladi . Ildizdan bargga , bargdan ildizga .
Uyga vazifa : Mavzuni o’qish , savol topshiriqlarni bajarish , 25 – rasmni chizish .
Sana__________________________________________________________________
Sinf: 6
Fan: Biologiya (Botanika)
Mavzu:. Takrorlash . Nazorat m ishi - 1
Maqsad: a) O’simlik to’qimasining tuzilishi haqida ma’lumot berish.
b) Ekologik hamda ahloqiy tarbiyalash.
d) O’quvchilarni mustaqil ishlash ko’nikmalarini rivojlantirish, fikrlash
doirasini kengaytirish-
Kommunikativ kompetensiya:
mavzu bo‘yicha tavsiya etilgan o‘quv topshiriqlari va o‘qituvchining savollariga yozma va og‘zaki javob berishda ta’lim olayotgan til me’yorlariga rioya qilish;
kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida faol ishtirok etish, his-hayajonga erk bermasdan guruh a’zolarining javoblarini tinglay olish, mushohada qilish va o‘z javobini mantiqan bayon qilish;
biologik atamalarning mazmun-mohiyati va inglizcha izohini ayta olish;
o‘rganilgan mavzu yuzasidan mantiqiy ketma-ketlikda savollar tuza olish;
Biologik obyekt, hodisa, jarayonlar ustida kuzatish va tajribalarni o‘tkazish kompetensiyasi:
o‘simliklarning vegetativ va generativ organlarini o‘rganish bo‘yicha kuzatish o‘tkaza oladi, piyoz po‘sti, paxta tolasidan vaqtinchalik preparatlar tayyorlay oladi va mikroskopda kuzata oladi, rasmini chizadi va kuzatganlari asosida xulosa chiqara oladi;
Dars jihozi: ,,To’qimalar ” aks etgan ko’rgazma, rasmlar, jadval ,test materiallari.
Dars usuli: noan’anaviy. (Klaster usuli).
Darsning borishi. Tashkilliy qism
II.O’tgan mavzu mustahkamlash.
Test savollari yordamida.
III. Yangi mavzu bayoni
Nazorat ishi NI-1
Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1.O‘zbekistonda tabiiy holda o‘sadigan yuksak o‘simliklarning qancha turi bor?
A. 3500 B. 4000 D. 4500 E. 5000
2.Dorivor o‘simlikni belgilang.
A. Zubturum. B. Rovoch. D. Xolmon. E. Shirach.
3.Ikki yillik o‘t o‘simliklari keltirilgan qatorni belgilang.
A. Sigirquyruq. B. Jag‘-jag‘. D. Shuvoq. E. Zubturum.
4.Hasharotxo‘r o‘simlikni belgilang.
A. Rafleziya. B. Nepentes. D. Safsan. E. Yantoq.
5.Hujayra kim tomonidan kashf etilgan?
A. Robert Guk. B. Robert Broun. D. Stelluti. E. Ch. Darvin.
6.Mikroskopning okulyari 15x bo‘lib, ob’yektiv x40 bo‘lsa, buyumni necha marta kattalashtirib ko‘rsatadi?
A. 400 B. 500 D. 600 E. 1000.
7.Plastidalarning necha xil turi ma’lum?
A. 2 xil. B. 3 xil D. 4 xil. E. 5 xil.
8.Qaysi to‘qimaning eng muhim funksiyasi fotosintez jarayonini amalga oshirishdan iborat?
A. Asosiy to‘qima. B. Mexanik to‘qima. D. Qoplovchi to‘qima. E. Biriktiruvchi to‘qima.
9.Hujayraning muhim tarkibiy qismi mag‘iz ekanligi kim tomonidan kashf etilgan?
A. Robert Guk. B. Robert Broun. D. Stelluti. E. Ch. Darvin.
10. O‘zbekistonda o‘sadigan o‘simliklarning ko‘pchiligini qanday o‘simliklar tashkil etadi?
A. Bir yillik. B. Ikki yillik. D. Ko‘p yillik.E. Daraxtlar.
Uyga vazifa : O’tilgan mavzularni o’qish.
Sana__________________________________________________________________
Sinf: 6
Do'stlaringiz bilan baham: |