Sana: Sinf: 4 Mavzu



Download 158,5 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi158,5 Kb.
#628638
Bog'liq
QISQA-MASOFAGA-YUGURISH 4-s

Sana: ______

Sinf: 4


Mavzu: Qisqa masofaga yugurish: 60 m masofaga yugurish texnikasini o’rgatish.
1. Qisqa masofaga yuguruvchilarni tayyorlash mashqlari.
2. Qisqa masofaga yugurish turlari.
3. Start turlari.
4. Past startda turish, chiqish.
5. Startdan keyingi yugurish.
6. Masofaga yugurish.
7. Finish (Marra) chizig`iga kirish va kesib kelish
Maqsad: 1. O’quvchilarni jismoniy tarbiya va sportga bo’lgan qiziqishlarini oshirish.
2. Yugurish texnikasi, turlari bilan tanishtirish, mustaqil shug`ullanishga o’rgatish
O’tish joyi: Sport maydoni, yugurish yo’lakchasi.
Kerakli jixoz: Metr, sekundamer, xushtak



Dars
qism-lari

Darsning borishi


Miqdori

Uslubiy


ko’rsatma

Тayyorlov qism 10-12 daqiqa

O’quvchilarni saflash, navbatchi o’quvchidan axborot qabul qilish, salomlashish, yangi mavzuni e’lon qilish turgan joyida turli burilishlar (o’ng-ga, chapga, ortga) buyruqlarini berish, yurish (oyoqni tashqi-ichki qismi bilan, yarim o’tirish, to’liq o’tirib, sakrab-sakrab) sekin yugurish (o’ng, chap yon, orqa bilan) oddiy yurish va aylana xosil qilgan xolda, yurish umumiy muskullarni rivojlantiruvchi mashqlar berish.
1-mashq.D.Х. asosiy tik turish. 1-qo’llarni yon tomondan yuqoriga ko’tariladi, oyoqlar uchida turiladi.
2. DХ. 3-4 marta shu xolat qaytariladi.
2-mashq. DХ. Ko’llar yelkada. 1-2 qo’llarni to’g`rilab, yon tomonga uzatiladi. 3-4 D.Х.ga qaytiladi.
3-mashq. D.Х. oyoqlar kengroq ochilgan, qo’llar beldi.
1-2 oldinga asta-sekin engashib, qo’l kafti yerga tekkaziladi. 3-4 D.Х.ga qaytiladi.
4-mashq. D.Х.oyoqlar keng ochilgan.
1-o’ng oyoq ustiga o’tirish, qo’llar yonga uzatiladi.
2-D.Х. 3-chap oyoq ustiga o’tirib, qo’llar yonga uzatiladi.
4-D.Х.
5-mashq. D.Х. Ko’llar belda. 1-sakrab oyoqlarni yelka kengligiga qo’yish.
2-D.Х. 3-sakrab oyoqlarni oldinga va orqaga qo’yish.
4-D.Х.
6-mashq. Maxsus yugurishga tayyorgarlik ko’rish.
1. Oyoq uchlarida yonma-yon qadam qo’yish bilan yugurish.
2. Тizzalarni baland ko’tarib, yugurish.
3. Keng qadam tashlab yugurish.
4. Oyoq uchlarida yugurish.
5. Хar-xil tezlikda yugurish.
6. Тo’siqlardan o’tib yugurish.

2 daqiqa
4-6 marta

4-6 marta


4-6 marta

4-6 marta


6-8 marta
4 marta

2 marta

2 marta

4-marta

2 marta



Yurganda va yugurganda gavdani to’g`ri tutishga xarakat qiling. Mashqlarni to’g`ri bajaring.
Kaftlar bir-biriga qaratiladi.

Kaftlar pastga qaratilgan


Тizzalar bukilmaydi.


Gavdani egmang.


Mashqlarni to’liq bajarishga xarakat qiling.





Asosiy qism
25-30 daqiqa

O’quvchilarga qisqa masofalarda yugurish masofalarini tushuntirish. 30, 60, 100, 200, 400 m masofalari qisqa masofalarga kiradi. Bu masofalarga yugurishda past startdan chiqiladi. Past start quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.
«Startga turing!» buyrug`i bo’yicha chap (o’ng) oyoqni ko’proq bukib, start chizig`idan 20-30 sm orqaroqqa, o’ng (chap) oyoq uchi oldinda turgan chap (o’ng) oyoqdan 20-25 sm orqaroqqa qo’yiladi. +o’llar start chizig`iga yelka kengligidan biroz kengroq, bosh barmoq ichki tomonga, qolgan barmoqlar tashqariga qaratilgan bo’ladi.
«Diqqat» buyrug`i bo’yicha oyoqlar sal to’g`irlanib, keyingi oyoq tizzasi yerdan uziladi, gavdani salgina old-yuqorida ko’tarib, gavdaning og`irligi ikkala qo’l bilan oldingi oyoqqa tushiriladi.
«Yugurish» buyrug`i bo’yicha yugurish boshlanadi. Startdan chiqqandan so’ng tezlikni oshirib borish,masofada katta tezlikda ( bor kuchini shu 60 m masofada sarf etish kerak) yugurib o’tishni tushuntiriladi.
O’quvchilarni maydonda sig`imiga qarab 1 yoki 2 qator sarflab startdan chiqish o’rgatiladi, so’ngra startdan chiqib 3-5 qadam yugurishda gavda xolatini to’g`rilash tezlikni oshirish bosh qismini salgina oldinda engashtirib yugurishni o’rgatiladi.
Masofada yugurishda yuguruvchi katta kuch sarf etadi, shuning uchun qo’lni xarakati tez bo’lishi kerakligi chunki xavo zichligini yorib o’tish osonroq bo’ladi deb tushuntiriladi.
Marra yo’lakchasiga kirib kelishini xar bir qadami, gavda xarakati qo’l xarakati, marra chiqishini kesib o’tishda ko’krakni oldinga chiqarish, tezlikni pasaytirmagan kesib o’tishni,chiziqdan o’tgandan so’ng 5-8 m masofani yugurib o’tish keyin sekinlash lozimligi o’rgatiladi.



3 daqiqa

5 daqiqa

5 daqiqa

5 daqiqa

5 daqiqa

5 daqiqa


Kisqa masofalarga yugurishda past startdan chiqishni esdan chiqarmang.

Startga noto’g`ri turish mushaklarni xaddan ortiq taranglashishga sabab bo’ladi.


Startga turgan vaqtda depsinuvchi oyoq oldinda turishi kerak

Yugurgan vaqtda burundan nafas olib, og`izdan nafas chiqarish


Marra chizig`ini kesib o’tgandan keyin xam yugurishni davom ettirish kerak

Yakun-lovchi qism
3-5 daqiqa

O’quvchilarni saflash, nafasini rostlovchi mashqlar yurgan xolatda beriladi, so’ngra saftlantirib umumiy xamda yakka qilingan kamchiliklar aytiladi. Faol xamda past ishtirok etgan o’quvchilar baxolanadi, uyga vazifa berib xayrlashadi



3 daqiqa

Chuqur nafas olib, chuqur nafas chiqaring, uy vazifasini to’liq bajarishga xarakat qilish





Download 158,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish