Sana: Sinf: 3 Fan nomi: Ona tili



Download 334,5 Kb.
Sana11.01.2022
Hajmi334,5 Kb.
#351919
Bog'liq
avaz


𝕱arrukh_shox ヅ, [13.12.2021 16:53]

Sana: ______ Sinf: 3 __ Fan nomi: Ona tili

Mavzu: Jarangli va jarangsiz undoshlar. (51-52-54-mashq)

Maqsad. jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni farqlash ko'nikmasini o'stirish; yozishdan oldin tekshirish zarur bo'lgan so'zlar va tekshiruvchi so'z bilan tanishtirish.

Darsning jihozi: darslik, plakat, tarqatmalar.

Darsning uslubi: suhbat, savol- javob, aqliy hujum.

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Tozalikni tekshirish;

Darsga tayyorgarlik.

II. Uy vazifasini tekshirish.

1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.

2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.

1. 50- mashqni o'zaro tekshirish (yoki o'quvchilardan biri so'zlarni aniq bo'g'inlab topishmoqni o'qiydi). boplab, toblab, kitob so'zlari oxiridagi b harfi jarangsiz undosh p tovushini bildirishi birgalikda aniqlanadi.

2. — Jufti bor jarangli undosh tovushni bildirgan harfni yozing. Alifbodan foydalaning. (Alifbo sinfda osilgan bo'ladi.) Keyingi yo'lga jarangsiz undosh tovushlarni bildirgan harflarni yozing.

Yozadilar:

— Siz nechta harfni yozdingiz? (15.) Jufti bor undosh tovushlar nechta? (16) Nega harf soni kam?

Jurnal so'zidagi j tovushi va jiyda so'zidagi j tovushi bitta harf bilan yoziladi.

Bu vazifalarni o'quvchilar, albatta, o'qituvchi yordamida bajaradilar.

50-mashq. o‘qing. Matnga sarlavha toping.

Istiqlol davrida Toshkentning serqatnov chorrahasida ko‘k gumbazli ulkan muzey qurildi. Bu hashamatli go‘zal bino Vatanimizning ming yillik tarixi va temuriylar sulolasi haqida so‘zlaydi. Muzeyni tomosha qilar ekanmiz, ko‘z o‘ngimizda bobolarimiz Amir Temur, Ulug‘bek va Boburlar hayoti namoyon bo'ladi.

Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni bo'g‘in ko‘chirish qoidasiga mos holda bo‘g‘inlarga bo‘lib, chiziqcha bilan yozing.

III.Yangi mavzu bayoni.

JARANGLI VA JARANGSIZ UNDOSHLAR

51 - mashq. Juftlab berilganso‘zlarnio‘qing.

Mard- mart jim- chim

Gul-kul dil- til

Dars- darz choy- joy

Dog’- tog’ barcha- parcha

Bu so‘zlar qaysi harflarga ko‘ra bir-biridan farq qilyapti? Ularni juftlab ayting va talaffuziga e’tibor bering.

Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirok etishiga ko‘ra jarangli va jarangsiz bo‘ladi.

[b], [d], [g], □], [I], [m], [n], [r], [v], [y], [z], [g‘], [ng] — jarangli undoshlar.

[f], [h], [k], [p], [q], [s], [t], [x], [sh], [ch] — jarangsiz undoshlar.

IV. Mustahkamlash.

52- mashq. So’zlarnl juftlab o’qing va ko‘chiring. Aytilishi va yozilishida farq qiladigan undoshlarni aniqlab, tagiga chizing.

Maktab — maktabi, maqsad — maqsadi, ijod — ijodi, javob —javobi.

Talaffuzda ayrim so’zlarning oxirida kelgan jarangli undosh o’rniga uning jarangsiz jufti eshitiladi: kitob, avlod, hisob, ozod, mayiz, yalpiz.

Bunday so‘zlar oxirida qaysi harf yozilishini aniq-lash uchun shu so‘zdan sng unli qo‘shib aytiladi: kitob — kitobi, mard — mardona, yalpiz — yalpizi.

53- mashq. She’rni ifodali o‘qing. She’riy parchadagi jarangli va jarangsiz tovushiarni ifodalovchi harflarni alohida yozing.

Men — jilg‘aman,

ummon bo‘lgim keladi,

Men — yog‘duman,

Cho’lpon bo’lgim keladi.

Men — uchqunman,

bo‘lgim kelar alanga,

Farzand bo‘lib yaray

aziz Vatanga!

Normurod Narzullayev

Uyga vazifa : 54-mashq. Topishmoqlarni o‘qing va javobi bilan yozing.

1. Yumaloq, semiz, yog‘i yo‘q,

Terisi qalin, tuki yo‘q.

2. Ilmga kon,

Mazmunga makon,

So‘zi serhikmat,

Bizga do‘st, ulfat,

0‘rgatar odob,

Bu nima, Ozod?

Topishmoqlardagi tekshirilishi kerak bo‘lgan so‘z tagiga chizing.

V. Darsni yakunlash.

- Darsda nimalarni o'rgandik? (Savolga o'quvchilar saviyalariga mos javob beradilar. O'qituvchi umumlashtirib xulosalaydi.)








Download 334,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish