Sana: Sinf: 2 Fan



Download 1,47 Mb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi1,47 Mb.
#279479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-sinf DARS ISHLANMA

Yangi mavzu bayoni.

O`qituvchi: Mana yo`limizning teng yarmiga ham yetib keldik. Bu kundan kunga chiroy ochib borayotgan, g`azal mulkining sultoni deya ta’rif berilgan Mir Alisher Navoiy bobomiz nomi bilan ataladigan yosh va navqiron shahar Navoiy shahridir.

O`quvchilar bugungi yangi mavzuimiz shakllarning yuzini topish. Yangi mavzuni boshlashdan oldin shakllarning nomlanishini qay darajada bilishimizni sinab ko`rsak.

O`qituvchi to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, uchburchak, doira kabi shakllarni ko`rsatadi. O`quvchilar ko`rsatilgan shakllarning nomini aytadilar. O`qituvchi esa bu shakllarni magnit doskaga yopishtiradi va quyidagi rasm hosil qilinadi.

Qarang aziz bolajonlar bizning bugungi darsimizga o`zga sayyoradan mehmon tashrif buyuribdi. Qani menga aytinglarchi bizning mehmonimizning tashqi ko`rinishida qanday shakllar ichma – ich joylashgan? (to`g`ri to`rtburchakning ichiga uchburchak, kvadratning ichiga doiralar )

Nima uchun ular bir –birlarining ichiga joylashgan degan savolga mavzu davomida javob topamiz.

O `quvchilarga yangi mavzuni videoproyektor orqali elektron darslikdan olingan ma’lumot bilan tanishtiriladi.

1-masala


Quyidagi shakllarning yuzlarini ko`z bilan chamalab taqqoslang:

2-masala


1 -shaklda uchburchak to`rtburchak ichiga to`la joylashgan; 2-shaklda kvadrat beshburchak ichiga to`la joylashgan. Bu uchburchakning yuzi to`rtburchak yuzidan kichik, kvadratning yuzi esa beshburchakning yuzidan kichik ekanligini bildiradi.

Yuz – bu o`lchash mumkin bo`lgan kattalik.

3-masala


Har bir shakldagi teng kvadratchalarni sanab, shakllarning yuzini taqqoslang. Shakllarning yuzini chamalab ustma-ust qo`yib taqqoslash mumkinmi?

Yechish: 1-shaklda – 20 ta kvadratcha

2-shaklda – 14 ta kvadratcha

3-shaklda – 18 ta kvadratcha

Bundan ko`rinib turibdiki, 1-shaklning yuzi eng katta, 2-shaklning yuzi eng kichik.

4-masala “Oltin toj – sizga muhtoj” o`yini orqali davom ettiriladi.

Uzunligi 41 m bo`lgan bir bo`lak simdan 5 m qirqib olindi. Qolgan simni 4 ta teng bo`lakka bo`lindi. Har bir bo`lak sim necha metrga teng?

Berilgan masala sharti asosida qisqa yozuv tuziladi

Hamma sim – 41 m

Qirqib olindi – 5 m

Bo`lindi - ?, qolgani 4 ta teng bo`lakka

Har bir bo`lak - ? m dan

Yechish: 1) 41-5=36 m qolgan sim

2) 36:4=9 m har bir bo`lakda

Javob: Har bir bo`lak sim 9 metrga teng

Dam olish daqiqasi o`tkaziladi.

Elektron darslikdagi “Buyuklar vatani” qo`shig`i va shu qo`shiqqa oid raqs orqali amalga oshiriladi.
5-misol Taqqoslang

36:4 va 35:5 16:4 va 30:5 2∙9 va 3∙6

9 > 7 4 < 6 18 = 18

5-misol “Qushlarni qutqaring” ko`rgazmasi orqali bajariladi. Bunda o`quvchilarga tabiatni asrash, qushlar bizning do`stimiz ekanligi haqida ma’lumot beriladi.




  1. Download 1,47 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish