Darsning oltin qoidalari:
Intizom
Vaqt tejamkorligi
O`ng qo`l qoidasi
O`zaro hurmat
Faollik
O`zingni aqlli va kamtar tut
O`qituvchi: Hozirgi kunda yurtimiz va dunyo bo`ylab ro`y berayotgan yangiliklardan boxabarmisiz?
O`quvchi: 2016- yil Braziliyada sport olamining eng nufuzli musobaqasi olimpiada o`yinlari bo`lib o`tdi.
O`qituvchi: Rahmat o`quvchilar. Bugungi darsimizda faol ishtirok etgan o`quvchilar olimpiada medallari ya’ni “Gold” (“Oltin”), “Silver” (“Kumush”), “Bronze” (“Bronza”) bilan taqdirlanadilar.
B iz bugun darsda “ Buyuklar vatani ” bo`ylab sayohat qilamiz. Sayohatimizni buyuk matematik bobomiz Al-Xorazmiy nomi bilan ataladigan Xorazm shahridan boshlaymiz.
Darsimiz yanada qiziqarli va bahs-munozaraga boy bo`lishi uchun sinf o`quvchilarini 3 guruhga bo`lib olamiz. 1-guruh “Ulug`bek izdoshlari”
2-guruh “Beruniy farzandlari”
3-guruh “Al-Xorazmiy vorislari”
Do'stlaringiz bilan baham: |