Sana: Sinf: 11”A” “B” Fan: Kimyo mavzu: Kuchli va kuchsiz elektrolitlar haqida tushuncha



Download 0,55 Mb.
bet26/59
Sana04.09.2021
Hajmi0,55 Mb.
#164087
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59
Bog'liq
Sana 7синф

III Yangi mavzu bayoni

Moddalar turli erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar. Erituv- chilarda moddalarning erish xususiyati eruvchanlik deb yuritiladi.

Biz kundalik turmushimizda turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishi- ni ko‘rganmiz. Masalan: osh tuzini suvda eritib, tuzli suv hosil qilishni; shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo‘1ishini; yod moddasini spirtda eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil bo‘1ishini ko‘rganmiz.

Moddalar erituvchilarda cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning eruvchanligi ma’lum miqdordagina bo‘1adi. Shu miqdorni ifodalash uchun eruvchanlik koeffitsiyenti degan tushunchani bilib olishimiz kerak.

Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) deyiladi. Eruvchanlik koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 20oC dagi eruvchan­ligi 36 ga tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (20oC) = 36

Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:

  1. Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi). KCl, NaNO3, shakar, spirt, gazlar (HCl, NH3).

  2. Oz eriydigan: (100 g erituvchida (H2O)1g dan kam eriydi). CaSO4, CacO3, BaSO4, MgcO3, PbSO4, benzin, gazlar (CH4, N2, H2).

  3. Amalda erimaydigan moddalar: (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam). oltin, kumush, mis.

Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan: moddaning tabiati va haroratga bog‘liq.

Qattiq moddalarning ko‘pchiligi suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi, chunki ko‘pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yuti­ladi. Shuning uchun harorat ko‘tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi.

Gaz moddalarni eruvchanligi qattiq moddalardan farq qiladi, ya’ni harorat ko‘tarilganda ularning eruvchanligi kamayadi. Harorat pasayganda esa gazlarning eruvchanligi ortadi.
Masalan: bir stakan suv olib, uni muzlatkichga (to=3 oC) qo‘yamiz. 30 daqiqa vaqt o‘tgandan keyin, stakandagi suvni xona harorati (to=20-25 oC) sharoitiga olamiz. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin stakan devorida mayda pufakchalarni ko‘rishi- miz mumkin. Bu pufakchalar suv muzlatkichda bo‘lgan vaqtda unda erigan gazlarning yuqoriroq haroratda erimay, yana gaz holatiga o‘tib qolganini bil- diradi.

Gaz moddalarning eruvchanligiga bosim ham ta’sir ko‘rsatadi. Bosim yuqori bo‘lsa, gazlarning eruvchanligi ortadi, bosim pasaysa eruvchan- lik ham kamayadi.

Eritma tarkibidagi erigan modda miqdoriga ko‘ra eritmalar:

  1. To‘yingan eritma.

  2. To‘yinmagan eritma.

  3. O‘ta to‘yingan eritmalarga bo‘1inadi.

Ayni haroratda berilgan erituvchida eritilayotgan modda boshqa eriy olmaydigan eritma to‘yingan eritma deyiladi.

Agar biror eritmada ayni haroratda eriyotgan modda yana erishi mumkin bo‘1sa, bunday eritma to‘yinmagan eritma deyiladi. To‘yinmagan eritma- dagi erigan modda miqdori shu haroratda tayyorlangan to‘yingan eritma tarkibi­da bor bo‘1gan modda miqdoridan kam bo‘1adi. Biz amalda asosan to‘yinmagan eritmalar bilan ishlaymiz.

O‘ta to‘yingan eritmada - erigan modda miqdori shu harorat uchun to‘yingan eritma tarkibidagi bor bo‘lgan modda miqdoridan ko‘proq bo‘ladi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish