265-mashq. O‘qing. Yozing.
Vatan nima? Vatan — biz tug‘ilib o‘sgan yurt. Ona Vatan so‘zi naqadar aziz!
Gapning boshi hamda oxirini qanday belgiladingiz?
Vatan haqida gap tuzing yoki maqol ay ting.
Gap biror narsa haqida xabar mazmunini bildirsa, oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Gap so‘rash mazmunini bildirsa, oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.
Gap kuchli his-hayajon bilan aytilsa, oxiriga undov belgisi qo‘yiladi.
266-mashq. She’rni o‘qing.
AJIB SIR
Bolarining qahri yomon,
Chaqmasin-ey, zahri yomon!
Tushunmadim ammo sirin:
Nega uning boli shirin?
Rustam Nazar
She’rni yozing. Gaplar oxiriga qanday tinish belgilariqo‘yilgan?
267-mashq. Gaplarni o‘qing
Sa’dulla ukasi bilan gulzorga kirdi. Gullar qiyg‘os ochilgan. Ular bir dasta gul terishdi. Gullarni oyisiga berdilar.
Gaplarni yozing.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash: o’quvchilarni yangi mavzu yuzasidan bilimlari savol – javob va tarqatmalar orqali mustahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |