Darsning borishi: Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashish. Davomatni aniqlash.
Darsning maqsad va vazifalarini qo’yish. Tayanch bilimlarning faollashtirish.
Uyga vazifalarini tekshirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash:
Dars materiallarini tushuntirish (materiallarni tushuntirish dars prezentatsiyasi va videorolik, amaliy harakatlar, tayyor ishlar ko’rgazmasini namoyish qilish bilan birgalikda olib boriladi).
Nazariy qism: Intemet — bepoyon axborot ummoni. Axborotlar Intemetda million- lab web-sahifalarda saqlanadi. Bizga kerakli axborot saqlanadigan web-sa- hifani topish uchun uning Internetdagi manzilini bilish zamr. Ammo intemet soat sayin yangi axborotlar bilan boyib boradi. Shuningdek, ba’zi (eskirgan) axborotlar Internet tarmog‘idan chiqarib tashlana- di. Intemetdagi ko‘p foydalaniladigan web-sahifalar manzillari maxsus ma'Iumotnomalarda chop etib turiladi. Lekin ulardan to‘liq axborot olib bo‘lmaydi. Chunki Intemetdagi barcha web-sahifalar manzillarini chop etish uchun juda katta hajmli kitob kerak bo‘ladi. Bu kitob chop etib tugatilmasidan, Intemetdagi bir qancha manzillar o‘zgarishi aniq. Bu muammo maxsus Qidiruv tizimlariyaratilishi bilan osonlikcha hal etildi.
Qidiruv tizimi — maxsus web-sahifa bo‘lib, Intemet tarmogMdan kerakli axborotni izlab topish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunga kelib o‘nlab qidiruv tizimlari yaratilgan. Ulardan ko‘p qo‘llaniladiganlari sifatida Google, Rambler, Aport,Yahoolarni keltirish mumkin. Har bir qidiruv tizimi Intemet tarmog‘ida o‘z manziliga ega. Masalan, yuqorida sanab o‘tilgan qidiruv tizimlari mos ravishda www.ranibler.ru,www.aport.ru,www.yahoo.comva www. google.uz manzillarga ega.
O‘zbekistonda ham WWW.UZmilliy axborot-qidimv tizimi 2006-yilning oktyabr oyida UZTNFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi tomonidan ishga tushirilgan edi. Shu davr ichida milliy axborot-qidiruv tizimi elektron xizmatlar, texnologik qulayliklari va funksiyalari evaziga internet foydalanuvchilari o‘rtasida ommalashdi. 2015-yilning 11-fevral kuni Miliiy axborot-qiduruv tizimining yangi talqini ishga tushirildi. Milliy qidiruv tizimi interfeysi o‘zbek va rus tillarida tashkil etilgan.
Qidiruv tizimi web-brauzer orqali ishga tushiriladi, ya’ni brau- zerning manzillar satriga qidiruv tizimining manzili kiritiladi. Qidimv tizimlari (web-sahifasi) turli ko‘rinishga ega bo‘lgani bilan, ulaming ishlashi deyarli bir hil. Ulardan foydalanishni O‘zbekistondagi milliy qidimv tizimi WWW.UZmisolida ko‘rib chiqamiz.
Avvalambor, Internetdan qanday axborotni izlashni aniq bilish lozim. U biror mavzu bokyicha maqola, o‘yin dasturi, kompyu- ter qurilmalari drayveri va hokazo bo‘lishi mumkin. Miiliy qidiruv tizimi qidiruv tizimi katalogidagi hamda foydalanuvchi tomonidan qidiruv tizimi katalogiga qo‘shilgan saytlar ichidagi ma’lumotlarni uning nomi va tavsifi bo‘yicha izlash imkonini beradi. Agar biror maqolaning nomi yoki biror tavsifi ma’lum bo‘lsa, qidiruv tizimi- dagi Izlash xususiyatlaridan«Nomi va tavsif bo‘yicha» tugmasi tan- langach, qidiruv satriga shu maqola nomi yoki maqolada uchrashi mumkin bo‘lgan so‘z yoki jumla, ya'ni kalit so‘z kiritilib, qidiruv tugmasi bosiladi. Masalan, informatikadan referatlarni izlash kerak bo‘lsa, u holda qidiruv satriga «informatikadan referatlan> kalit so‘zi kiritiladi. Kalit so‘zni kiritish jarayonida qidiruv tizimi tomonidan turlicha kalit so‘zlar taklif etilishi mumkin.
Mazkur kalit so‘zga mos izlash natijasida, odatda, qidiruv tizimi sahifasida izlash natijasida aniqlangan manbalar soni, saytlar manzil va nomlari aks etadi.
Hozirgi kunda dunyo bo‘yicha foydalanuvchilar orasida mash- hurlaridan biri Google qidimv tizimi bo‘lib, u juda ko‘p tillarda izlash imkonini beradi. Bu qidiruv tizimini ishga tushirish uchun web-brauzer manzillar satriga «google.uz» so‘zini yozish va Enterklavishini bosish kifoya. Natijada qidiruv tizimining interfeysi aks etadi.
Darsga yakun yasash:
O’quvchilarni olgan bilimlari hamda qilgan ishlarini nazorat qilib baholash, ularni yo’l qo’ygan kamchiliklarini to’g’irlash.
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib savollar tuzib keling.