III.Yakuniy qism.
Guruhlarda kichik savollar asosida ishlash
1) O‘z mahallangiz haqida gapirganda nimalarni xis qilasiz?
2) Vatan nima?
3). Mahalla- kichik Vatan deganda nimani tushunasiz?
4) Siz o‘z mahallangizga bo‘lgan hurmatingizni qanday ifodalaysiz?
5) Sizning oilangiz ahil oila-mi?
6) Oilangizda kimlar yashaydi?
Dars so‘ngida o‘quvchilarni rag‘batlantirish.
MMIBDO‘: __________________________
Sana:
19-mavzu:Yaxshi tarbiya – inson ziynati
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi:O`quvchilarga yosh avlod tarbiyasi-kelajak poydevori ekanligini uqtirish.
O`quvchilarda or-nomus,mehr-oqibat,kamtarlik,insonparvarlik,mehnatsevarlik tuyg`ularini tarbiyalash,kattalarni hurmat qilish,kichiklarni izzat qilishga o`rgatish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |