Sana. Mavzu: Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma'lumot. Amaliy mashg'ulot: Yog'li qatlanib, tayyorlanganxamirdan



Download 2,45 Mb.
Sana08.09.2017
Hajmi2,45 Mb.
#19512


Sana.

Mavzu: Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma'lumot. Amaliy mashg'ulot: Yog'li qatlanib, tayyorlanganxamirdan

Somsa” pishirish.



Texnologik xarita.

Mavzu

Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati. Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma'lumot. Amaliy mashg'ulot:

Yog'li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa” pishirish.




Maqsad va vazifalari

Maqsad:. Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati, xamir turlari, oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma'lumot berish. Pazandachilik xonasini jihozlanishiga qo'yiladigan talablar, sanitariya-gigiyena talablari va xavfsizlik texnikasi qoidalari haqida o`quvchilarga eslatma berish

Amaliy mashg'ulot: Yog'li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa” pishirishni o`rgatish.

Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.

5 ballik sistemada baholash.



O`quv jarayoninig mazmuni

Un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati ahamiyati va xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma'lumot berib o`tiladi.

Amaliy mashg'ulotda

Yog'li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa” pishirishni o`rgatish.o`quvchilar bilan guruhda ishlash.1-guruh qatlamali, ikkinchi guruh oddiy xamirdan tayyorlanadigan somsa tayyorlashadi




O`quv jarayoning bajarilishuining mazmuni

Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan klaster venn diogramma, zinama zina metodlaridan foydalanish.

Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda ishlash, amaliy mashg`ulot.

Vosita: tarqatma materiallar, mavzu uchun kerakli jihozlar, multimediyalardan foydalanish

Nazorat:Og`zaki savol javob,tarqatma test, bosh qotirma,

Baholash:Rag`batlantirish, 5 ballik tizim asosida



Kutiladigan natija

O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.

O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi

Kelgusi rejalar tahlili

O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.

O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy: O’quvchilarga un va don mahsulotlarining ozuqaviy qiymati va ahamiyati, xamir turlari, oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma'lumot, yog'li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa” pishirishni o’rgatish.

Tarbiyaviy: O’quvchilarning estetik didlarini, ovqatlanish madaniyatini oshirish hamda qatlanib pishirilgan “Somsa”ni did bilan tayyorlash va dasturxonga tortishga odatlantirish.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni turli xil xamirli mahsulotlarini tayyorlash bo’yicha malakalarini rivojlantirish, ijodkorlikka yo’naltirish.

Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.

Dars turi: nazariy amaliy.

Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, “aqliy hujum”,”Kim epchil-u,

kim chaqqon”, “Klaster”, “Tezkor savol javob””Venn diogramma” metodlaridan foydalanish.



Fanlararo bog`liqligi: Fizika, matematika, odam va uning salomatligi biolagiya, iqtisod va boshqa fanlar



Dars bosqichlari

vaqti

1

Tashkiliy qism

4

2

O`tilgan mavzuni so`rash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Amaliy mashg`ulot

43

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10

6

O`quvchilarni rag`batlash

3

7

Uyga vazifa

3

8

Ish o`rnini yigi`shtirish

2

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish.

Davomatni aniqlash.

Darsga tayyorgarlikni tekshirish.

O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.

II. O`til;gan mavzuni takrorlash.Uyga vazifani so`rash.

Savol –javob o`tkazish.

Topshiriqlarni tekshirish.

Oq`uvchilar guruhlarga ajratiladi guruhlar sardori va guruh

nomi tanlanadi. Guruh sardorlari o`zini va guruh nomini tanishtiradi.

1-guruhga savol.

Klaster metodidan foydalanib sutli mahsulotlarni tarmoqlang

2-guruhga.

Sutli mahsulotlardan tayyorlanadigan taomlar.



Tezkor savol javob:

  1. Oshxonadagi tig`li asbob. (Pichoq)

  2. Sabzining tagiga qo`yiladi(Taxtakach)

  3. Sabzavotlarga birinchi ishlov (Saralash)

  4. Piyoz kuldiradimi yig`latadimi(Yig`latadi)

  5. Kartoshka qo`lni qoraytirmasligi uchun nima qilish kerak

(3% uksusda qo`lni artish kerak)

6.Sho`rva tiniq va yaxshi pishishi uchun nima qilish kerak

( birinchi ko`pigi olib tashlanib past olovda qaynatish kerak)

7.Manti, xonim, lag`mon qanday taom turlariga kiradi

(xamir taomlariga)

8.gaz yoqishda birinchi bajariladigan ish(Duxovkani ochib olish)

9.Elektr asboblarini ishlatishdan oldin bajariladigan ish

(shnurlarini tekshirish kerak)

10.Issiqlik ishloviga nimalar kiradi(qaynatish, qovurish,dimlash)

3- TUR


Venn diagrammadan foydalanib suyuq bilan quyuq taomlarni taqqoslang

Yangi mavzu bayoni.

Un - kukunsimon mahsulot bo’lib, boshoqli donlar va ayrim dukkakli ekinlar urug’ini yanchish natijasida olinadi. Un - non, bulochka, konditer, makaron mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatining asosiy xomashyosi bo’lib hisoblanadi. Respublikamizda va boshqa davlatlarda quyidagi un turlari ishlab chiqariladi: bug’doy, javdar, arpa, makkajo’xori, suli, no’xat, soya, bug’doy-javdar unlari. Bug’doy uni, avvalo yaxshi ko’pirgan g’ovak non olinadigan un sifatida non mahsulotlari ishlab chiqarish sanoatida katta ahamiyatga ega bo’lib, undan yuqori oziqaboplik qiymatiga ega bo’lgan mazali non va bulochka mahsulotlarining bir necha xil turlari tayyorlanadi. Bug’doy uni qandolatchilik sanoatida ham keng qo’lamda qo’llaniladi. Shuningdek, makaron mahsulotlari ishlab chiqarishda ham asosiy xomashyo bug’doy unidir. Bug’doy uni asosiy ozuqa masalliqlaridan biri hisoblanadi. Uning oziqliligi o’simlik masalliqlari orasida kraxmalga boyligi bilan ajralib turadi. Unda kraxmal moddasi 68-75% gacha bo’lib, tarkibining asosini tashkil etadi. Bunday unning tarkibidagi oqsil moddalari oziq hisoblanadi. Oqsillar suvni o’ziga yaxshi shi mib ketishi sababli xamir qorish jarayonida yopishqoq modda hosil qilib, xamirning ko’payishiga imkon beradi. Bu modda xamirning ilashimli, cho’ziluvchan va g’alvirak bo’lib chiqishini ta’minlaydi. Oqsil modda kleykovinaning miqdori unlarning oliy, birinchi va ikkinchi nav bo’lishiga bog’liq. Masalan, manti, chuchvara, somsa, ugra, lag’mon kabi taomlar tayyorlashda oliy va birinchi nav un ishlatiladi. Agar shu unlarni aralashtirib ishlatilsa ham yaxshi natija beradi. Ikkinchi va undan past nav unlar oshiriladigan (xamirturushli) xamir uchun, ya’ni tandir nonlar, somsalar yopish uchun ma’qul bo’ladi.

Mineral moddalar asosan bug’doyning qobig’ida bo’ladi. Demak, bu modda kepakda ko’pdir. Kepakda vitaminlar ham bor. Kepaksiz tortilgan unda bunday modda 0,5%, birinchi navda 0,75%, ikkinchi navda 1,25%, jaydari unda yanada ko’proq bo’ladi. Kepakda fosfor, kalsiy, magniy, temir, xlor, kremniy, mineral tuzlar bo’ladi, bu oziq qimmatlidir. Oliy nav un - oppoq upasimon massadan iborat bo’lib, bir oz sarg’imtir rangda tovlanishi ham bor. Siqimlab ko’rganda mayin tuyuladi. Tarkibida mineral modda 0,55%, oqsil modda 28% bo’ladi.Birinchi nav un - oq, sariq bo’lib tovlanadi. Ushlaganda yumshoq, mayin. Tarkibida 30% oqsil modda bo’lib, xamir uchun eng yaxshi xom ashyo hisoblanadi.

Ikkinchi nav un - oq-ko’kimtir tovlanadi. Mineral moddasi ko’p, oqsil moddasi 25%. Tandir noni uchun juda qo’l keladi. Unning hamma turida yog’ moddasi bor. Unda yog’ moddasiningn ko’pligi ahamiyatsiz. Chunki un agar uzoq saqlansa, unning tarkibidagi yog’ aynib, unni achitib qo’yadi. Unning yaxshi-yomonligini tatib ko’rib bilsa ham bo’ladi. Sifatli unning mazasi bo’lmaydi yoki sal shirinroq bo’ladi. Sifatsiz un esa achimsiq yoki anchagina shirin mazali bo’ladi.

Don mahsulotlariga bug’doy, arpa, jo’xori, gurnch, grechka, perlovka (arpa yormasi), mosh, loviya, no’xot kiradi. Ularning ba’zilaridan un tayyorlanadi, ba’zilarini esa donligicha ishlatiladi. Donli o’simliklar odam organizmi uchun eng foydali bo’lib, ularda 69-88% uglevod bo’ladi. Shuningdek, oqsil, yog’, mineral moddalar ham bo’ladi.

Bolalarning o’sishida don mahsulotlarining foydasi katta, bolalar bir kunda 1,2 mg dan 2 mg gacha vitamin Vi iste’mol qilishi kerak. Donli o’simliklarni o’z vaqtida yig’ishtirib olinsa, ulardagi turli moddalar yaxshi saqlanadi, aks holda bu moddalar eskiradi, don chiriydi va undan mog’or xidi kelib qoladi.



Xamir turlari. Oshirma va oshirmasdan tayyorlanadigan xamirlar haqida ma lumot.

Xamir mahsulotlari tayyorlash uchun asosan oliy, birinchi va ikkinchi nav bug’doy unidan foydalaniladi. Lekin navi bir xil un tarkibidagi oqsilning miqdori va sifati har xil bo’lishi mumkin. Un tarkibidagi oqsil xamirni qorish jarayonida suvda bo’kib shira hosil qilib, xamirning cho’ziluvchan va ilashimli chiqishini ta’minlaydi. Agar un tarkibidagi oqsil kam bo’lsa, xamir mo’rt chiqadi va mahsulotga ishlov berish qiyinlashadi. Shuning uchun har xil xamir mahsulotlarini tayyorlashda unning tarkibidagi shiraning miqdoriga ahamiyat beriladi. Masalan, qat-qat xamiri uchun kamida 40%, pechene xamiri uchun 30—32% shirasi bor unni ishlatish tavsiya etiladi. Unni ishlatishdan avval albatta elanadi, bunda u tashqi moddalardan tozalanadi va havo kislorodiga to’yinadi. Xamir uchun ishlatiladigan margarin yoki sariyog’ xona haroratida yumshatiladi, lekin olovda eritilmaydi, chunki bunda ular yog’ va suyuqlik aralashmalariga ajralib, mahsulotning yomon pishishiga olib keladi. Xamirga ishlatiladigan tuxumni iliq suvda yuviladi. Tuxumni ko’pchitish kerak bo’lsa, uni +2° gacha sovitiladi. Xamir qorishda shakarni ishlatishdan avval g’alvirda elanadi, namligi kam bo’lgan xamirlarda esa shakarni yoki qandni tuyib, uning kukunidan foydalaniladi.

Xamirning turlari. Xamirlar tayyorlash usuliga ko’ra xamirturush solingan xamir, xamirturushsiz pechene xamiri, biskvit, qat-qat xamirlari, qaynoq suvga qorilgan, sut, tuxum, yog’ solingan suyuq xamir, turli taomlarning xamirlariga bo’linadi.

Xamirturushli (oshirilgan) xamir. Oshirilgan xamirni qorish uchun asosiy xom ashyolar un, suv, tuz va xamirturush hisoblanadi. Xamirturushni sirli idishga solib iylanadi. Eriganidan keyin tuz, oz-ozdan un va suv qo’shib xamir qoriladi. Tayyor xamirni tog’orada qoldirib, ustini qalinroq narsa bilan o’rab, achitish uchun issiqroq joyga qo’yiladi. Xamirturush zamburug’i qulay sharoitda ko’payish bilan spirt va karbonat angidrid moddalarini hosil qilishga asoslangan. Hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi xamirdan chiqib ketishga intiladi va xamirni ko’tarib, g’ovaklar hosil qiladi. Xamirturush yaxshi ko’pchishi uchun eng qulay harorat +27-32° dir. Haroratning bundan ortiq yoki kam bo’lishi xamirturush «faoliyatini» susaytiradi. Tayyor oshirilgan xamirni kerakli og’irlikdagi bo’laklarga bo’linib, zuvalalar yasaladi. Bu vaqtda xamirdagi gazlar ishlov berish natijasida chiqib ketib, xamir zichlashadi. Shuning uchun zuvalani yana oshishi uchun 5-10 daqiqa iliq joyga qo’yiladi. Zuvalalardan kerakli shakllar yasalib, duxovka patnislariga teriladi va yana ikkinchi marta 25-30 daqiqa harorati 30-40°, havo namligi 80-85% li sharoitda tindiriladi. Shunday qilinsa, tayyorlangan mahsulot yengil, g’ovak- g’ovak bo’lib pishadi, berch bo’lib qolmaydi. Mahsulotning yuzi chiroyli chiqishi uchun yopishdan avval unga tuxum yoki yog’ surtiladi. Oshirilgan mayda xamir mahsulotlari +240-280° haroratda 8-15 daqiqa, yirik xamir mahsulotlari esa +220-240° da 20-50 daqiqa yopiladi. Oshirilgan xamir tayyorlash uchun 1 kg unga 2 choy qoshig’ida tuz, 25-30 gr gacha xamirturush va 2 stakan iliq suv solinadi. Bunday xamirdan non, somsa, pirojki, vatrushka, ponchik, olade, bulochka va hokazolar tayyorlanadi.



Xamirturushsiz (oshirilmagan) xamir. Oshirilmagan xamirni qorish uchun asosiy xom ashyolar un, suv va tuz hisoblanadi. Tog’oraga bir oz suv va tuz solib eritiladi, so’ngra elab olingan unni solib qoriladi. Xamir ichida tugunchalar qolmaguncha qorilib, so’ngra yaxshilab mushtlanadi. Tayyor xamirni zuvala qilib, toza sochiq bilan 10-15 daqiqa o’rab qo’yiladi. Bu xamir o’rtacha yumshoqlikda tayyorlanadi, 1 kg unga 2 stakan iliq suv, 2 choy qoshiqda tuz solinadi. Bu xildagi xamirdan patir, somsa, qatlama, chuchvara va lag’mon tayyorlash uchun foydalaniladi. Ayrim xollarda tayyorlanadigan xamir taomlariga qarab xamir tayyorlash jarayonida sut, yog’, tuxumlardan ham foydalanish mumkin.

AMALIY MASHG`ULOT.

Yog'li qatlanib, tayyorlangan xamirdan “Somsa” pishirish.

Qatlama somsa tayyorlash tayyorlash uchun namakob tayyorlanadi (2 choy qoshig’ida tuz va 2 stakan suv). Namakobga un solib yumshoqligi o’rtacha xamir qoriladi va tindiriladi. Xamir yoyiladi, yoymani yog’lab o’rab chiqiladi. O’ralgan xamirni 3-4 sm bo’lakchalarga bo’linadi. Har bir bo’lakcha jo’vada yupqa qilib yoyiladi va 1 osh qoshida tayyorlab olingan qiyma solib tugiladi. Tugilgan somsalarni listga terib (ustiga tuxum ham surtish mumkin), 30-35 daqiqaga, harorati 180-200 darajali duxovkaga solib pishiriladi.



Amaliy mashg`ulot vaqtida o`quvchilar ikki guruhga ajralib ikki xil somsa tayyorlashadi. O`qituvchi o`quvchilar qoynalgan joyiga yordamlashib yuboradi va har ikkala guruhning ishini tekshirib boradi.

Somsa tayyorlash texnologik xaritasi.



Masalliqlar

Ish jarayoni

Rasmlar bilan izoh

1

Kerakli masalliqlar tayyorlab olinadi

Un, suv, yog`, tuz, gusht, piyoz, ziravorlar, tuxum

c:\users\sojida\desktop\uz4.jpg

2

Un, suv, tuz,

Tuzli suvga un solinib oddiy xamir tayyorlab olinadi va zuvala shaklida urab olib qo`yiladi.

c:\users\sojida\desktop\images.jpg

c:\users\sojida\desktop\uz45.jpg


3

Piyoz , gusht, ziravorlar, tuz

Gusht bilan piyoz mayda to`g`ralib aralash massa hopsil qilinadi va ziravorlar solinadi tabga ko`ra tuz ham.

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/10/26/b_86843.gif


4

Tayyor dam olib tingan xamir

Tingan xamirni uqlov yordamida yoyib olamiz.

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/09/21/b_81549.gif


5

Saryog`

Yoyilgan xamirga saryog` surilib, oraladi va uzinasiga 3 sm kenglikda kesib olinadi

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/09/21/b_81550.gif


6

Xamir mahsuloti

Kesib olingan xamirchalar barmoqlar bilan bosib aylana shakliga keltiriladi

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/09/21/b_81552.gif


7

Xamir bo`lakchalari, uqlov

Bo`lakli xamirlar yoyiladi

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/10/26/b_86841.gif


8

Yoyilgan xamir, tayyor masalliqlar

Yoyilgan xamirlar ichiga tayyorlab qo`yilgan masalliqlar solinib turli shaklda tugiladi

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/10/26/b_86845.gif



9

Gaz duxovkasi, tugilgan somsalar

To`gilgan somsalarni patnisga joylab ustidan tuxum sarig`I so`riladi so`ng gaz duxovkasiga 30-35 daqiqaga qo`yiladi




10

Tayyor somsa

Tayyor somsani likopchalarga solib issiq choy bilan dasturxonga tortishimiz mumkin

http://www.kuharka.ru/images/users/gallery/2010/08/25/b_77194.jpg


Turkcha somsa tayyorlash jarayoni.



Ish ketma ketligi

Ish jarayoni

Rasmlarbilan izoh

1

Saryog` yoki margarin 250 gr, un 4 piyola, Smetana 1stakan, soda 0,1 choy qoshiqda va uksus tuxum 3 dona,

Nachinkasiga:



Qiyma 0,5 kg, piyoz 1 bosh, murch , tuz.






2

Saryog` yoki margarin 250 gr, un 4 piyola, Smetana 1stakan, soda 0,1 choy qoshiqda va uksus tuxum 3 dona,

Barcha masalliqlar aralashtirilib xamir tayyorlanadi




3

Tayyor xamir

Tayyor xamir bo`lakchalarga bo`linadi va zuvala holiga keltirilib dam olish uchun tindirib qo`yiladi

turkcha somsa

4

Piyoz, qiyma, ziravorlar

Piyoz mayda to`g`ralib qiyma bilan aralshtiriladi tabga ko`ra tuz, murch solinadi

turkcha somsa

5

Xamir va uqlov

Uqlov yordamida zuvala shaklidagi xamir bo`laklari yoyiladi

turkcha somsa

6

Yoyilgan xamir

Yoyilgan xamirni kesgich tyordamida uzunasiga kesib olinadi

turkcha somsa


7

Yoyilgan xamir va keraklicha masalliq

Kesib olingan har bitta xamirning ichiga tayyor masalliq kerakli hajmda solini o`rab chiqiladi

turkcha somsa


8

Bukilgan somsa

Oxiri tugib qo`yiladi qo`yudagi ko`rinishda bo`ladi

turkcha somsa


9

Bukilgan somsalar

Tugilgan somsalar gaz patnisiga yog` suriladi yoki falga qog`oz yoyib chiqiladi va somsa terib tuxum sarig`i ustidan so`riladi.



turkcha somsa

10

Tayyor somsa

Gaz duxovkasida somsa 30-35 daqiqa qo`yib pishiriladi




11

Tayyor somsa

Tayyor somsani issiq choy bilan dasturxonga tortish mumkin

turkcha somsa


O`tilgan mavzuni mustahkamlash.

1.Xamir turlari va nomlari haqida ma`lumot bering.

2.Oshirma xamir tayyorlash texnologiyasining ketma ketligini ayting.

3. Qatlanib tayyorlanadigan xamir tayyorlash texnolotgiyasining ketma ketligi haqida ma`lumot bering.

4.Somsa tayyorlash texnologiyasini aytib bering.

Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.

5” “4” “3”





Uyga vazifa.

1.Qatlama “Somsa” tayyorlashda sanitariya-gigiena qoidalarini yodlash.



2.Un va don maxsulotlarining ozuqaviy qiymati va inson organizmi uchun ahamiyatini darslikdan o’qib o’rganish.

Ish o`rnini yig`ishtirish.

Somsa to`gish turlari

c:\users\sojida\desktop\17585.jpgc:\users\sojida\desktop\97053.jpgc:\users\sojida\desktop\25221.jpgc:\users\sojida\desktop\25691.jpg

c:\users\sojida\desktop\49178.jpgc:\users\sojida\desktop\43872518.jpg

c:\users\sojida\desktop\33502.jpgc:\users\sojida\desktop\90353708.jpg

c:\users\sojida\desktop\24476.jpgc:\users\sojida\desktop\10821.jpg

d:\imranbek\новая папка\images (12).jpgd:\imranbek\новая папка\images (14).jpg

d:\imranbek\новая папка\скачанные файлы (16).jpgd:\imranbek\новая папка\скачанные файлы (18).jpgd:\imranbek\новая папка\скачанные файлы (9).jpgd:\imranbek\новая папка\скачанные файлы (17).jpg

d:\imranbek\новая папка\images (13).jpgd:\imranbek\новая папка\скачанные файлы (21).jpg









Download 2,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish