III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi darsimizda biz sizlar bilan ng harfini yozishni o`rganamiz.Bosma va yozma ng harfi ko`rgazma orqali taqqoslanadi. O`qituvchi sinf xattaxtasiga ng harfini yozib ko`rsatadi. Yozuv quyidagicha izohlanadi:kichik: n harfi ikki unsurdan,kichik to`g`ri tayoqcha ,tagi va usti ilmoqli kichik tayoqchalardan iborat bo`lib,qo`l uzmasdan qo`shib yoziladi.Kichik g harfi ikki unsurdan iborat bo`lib,birinchi unsuri cho`zinchoq doira shaklida ,ikkinchi unsur esa tugunchakli uzun tayoqchadan iborat.
IV.Mustahkamlash
O`quvchilar havoda mashq qiladilar,bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar.Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar.Yozish vaqtida o`tirish, chiroyli yozish ,ruchka ushlash qoidalari esga olinadi.Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish.Bunda o`quvchilar qo`l harakatlari bilan birgalikda yoddan she`r aytadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |