III.Yangi mavzu bayoni:
-Bugungi darsimizda biz sizlar bilan h harfini yozishni o`rganamiz.Bosma va yozma h harfi ko`rgazma orqali taqqoslanadi. O`qituvchi sinf xattaxtasiga h harfini yozib ko`rsatadi. Yozuv quyidagicha izohlanadi:Kichik h harfi ikki unsurdan iborat bo`lib,ular bir butun shaklda yoziladi.Birinchi unsuri uzun ilmoqchali tayoqcha ,ikkinchi unsuri ikki tomoni ulmoqchali kichik tayoqchadan iborat.
IV.Mustahkamlash
O`quvchilar havoda mashq qiladilar,bir necha o`quvchi xattaxtada mashq qiladilar.Yozishni o`rganib olgach daftarlariga yozadilar.Yozish vaqtida o`tirish, chiroyli yozish ,ruchka ushlash qoidalari esga olinadi.Parta oralab yurib qiynalayotgan o`quvchilarga yordamlashib turiladi.
Quvnoq daqiqa o`tkazish.Bunda o`quvchilar qo`l harakatlari bilan birgalikda yoddan she`r aytadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |