Sana: Mavzu: Mehmon keldi. (Aziz Abdurazzoq.) Darsning maqsadi: a) Ta'limiy



Download 1,05 Mb.
bet2/4
Sana15.09.2021
Hajmi1,05 Mb.
#175242
1   2   3   4
Bog'liq
mehmon ochiq dars[1]

Darsning borishi:

  1. Darsning tashkiliy qismi amalga oshiriladi.

Salomlashish , davomatni aniqlash,o’quvchilarni darsga hozirlash.

O’qituvchi:-Salom aziz bolajonlarim,

Gul-u , rayhon , lolalarim.

Qani ,tinglang so’zlarim,

Jajji o’g’il-qizlarim.

Ona yurt ertasi-siz,

Istiqbol ertasi-siz.

Bo’ling aqli rasolar,

Ham bilimdon, donolar.

O’quvchilar: -Bizlar yaxshi bolalarmiz,

Ochilgan gul-lolalarmiz.

Ota – ona izmidan,

Ustozlarning so’zidan,

Bizlar aslo chiqmaymiz.

Darsga shay gul- g’unchalarmiz.

O’qituvchi:- Bugun oddiy dars emas,

Balki, sinov darsidir.

O’tib olsak sinovdan,

Hammamizga yaxshidir.

Qani ayting,bolalar,

Kim navbatchi bo’ladi?

Bugungi kun hisobin,

Menga aytib beradi?

Navbatchi hisoboti tinglanadi.

O’qituvchi:-Balli, qizim ko’p rahmat.

Ushbu dars yoqar kimga?

Qani, aytingchi menga .

O’quvchilar:-Sizga, bizga, hammaga,

Yoqar ushbu darsimiz.

Chunki kitob o’qishga,

O’rgatgan siz o’zingiz.

O’qituvchi:-Rahmat bolajonlarim.

Bolajonlar , hozir o’lkamizda qanday fasl?

O’quvchi:-Aziz ustozim, hozir o’lkamizda qish fasli.

O’qituvchi:-Balli , qizim.

Qish faslining qaysi oyida turibmiz?

O’quvchi:Hozir fevral oyida turibmiz.(Fevral oyida nishonlanadigan buyuk allomalar haqida suhbat tashkillanadi.)

Ma’naviyat daqiqasi tashkillash.

O’qituvchi;-Siz qaysi yurt farzandisiz?

O’quvchilar:-Ozod va obod yurt farzandlarimiz.

O’qituvchi:-Balli, bolajonlar.Ozod va obod O’zbekiston yurtida tinch va farovon yashahsimizni boshqarib kelayotgan yurtboshimiz kim?

O’quchilar:-Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.




O’qituvchi;-Bolalar shunday ekan yurtboshimiz tomonidan yoshlarni barkamol , komil,yetuk inson bo’lib yetishishlaringiz uchun , ijtimoiy ,

ma’naviy , ma’rifiy sohadagi ishlarini yangi tizim asosida5 ta muhim tshabbusini ilgari surdilar.

1-tashabbus

Yoshlarning musiqa , rassomchilik ,adabiyot, teatr san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish , iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

2-tashabbus

Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobilyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan.

3-tashabbus

Aholi va yoshlar o’rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

4-tashabbus

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish ular o’rtaida kitobxonlikni keng targ’ib etish bo’yicha tizimli ishlarni tashkil etishg yo’naltirilgan.

5-tashabbus

Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutdi.





O’qituvchi:-Balli, bolajonlar juda yaxshi .5 tashabbusning 5-yo’nalishi bo’yicha bizning maktaimizda , sinfimizda ham turli fan to’garaklari olib borilmoqda.Sinfimizdagi ba’zi o’quvchilar maktabdantashqari sport, musiqa to’garaklariga ham qatnashmoqda.

Sinf o’quvchilarini 3-guruhga bo’lib olamiz.

1-guruh “Boychechak”

2-guruh “Lola”

3-guruh “Binafsha”

Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.




Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish