I.Darsni tashkil qilish. 1.Salomlashish.
2.Davomatni aniqlash.
3.Darsga hozirlikni tekshirish.
II.Yangi mavzu bayoni.
Qani bolalar qanday kun tartibiga rioya qilamiz, Kun tartibi bolalarda xatti-harakatlarni nazorat qilishda yordam beradi, chunki ular orqali bolalar oldindan nima qilish kerakligini anglab olishadi.
Kun tartibi orqali bolalar qiyin ahvoldan qanday chiqib ketishni oʻrganishadi.
Bolalar bilan kun tartiblar haqida suhbatlashish ularga oila qoidalarini tushunishga va ularga rioya qilishga yordam beradi.
Kun tartiblari koʻp sabablarga koʻra xatti-harakatlarni boshqarish usuli sifatida qoʻl keladi. Bir ishni boshlash uchun, avvalo bola bu ishni kun tartibiga rioya qilib kiritsa samaraliroq boʻladi. Chunki, oilaviy tartiblar kim, qachon, qanday tartibda va qanchalik tez-tez nima qilish kerakligini aniq koʻrsatib beradi. Masalan, farzandingiz kechki ovqatdan keyin yuvinish kerakligini yaxshiroq anglab oladi ,agarda bu narsa kun tartibiga aylangan boʻlsa.Kun tartiblari, shuningdek, bolalar koʻpincha notoʻgʻri qilib qoʻyadigan harakatlar va voqealarni toʻgʻri rejalashtirishganda yordam beradi. Buning sababi shundaki, kun tartibi bolalarga oldindan nima kutishlari kerakligini va siz ulardan nimani kutayotganingizni bilishga yordam beradi.Shuningdek, oʻyin, ovqatlanish va uxlash vaqtida yosh bolalar uchun kun tartiblarni yaratishingiz mumkin. Agar bolalar yetarlicha toʻyib dam olsa, toʻyimli ovqat iste’mol qilsa va koʻp oʻyin oʻynashsa, bunday vaziyatlarda ular oʻzlarini yaxshi tutishlari mumkin.
Bolalarning xatti-harakatlariga ijobiy ta’sir koʻrsatadigan kun tartiblari
Xulq-atvorni nazorat qilish usuli sifatida oilaviy tartiblardan foydalanishni boshlash uchun quyidagi maslahatlar mavjud:
Kun tartiblarini oilaviy kunning qiyin vaqtlari uchun rejalashtiring – masalan, ishdan va maktabdan oldin va keyin. Hammaga ma’lum boʻlgan ishlarni qilish imkonini beradigan, yoki, ishlarni bajarayotganda bolalarni band qilib qoʻyadigan kun tartibingiz boʻlsa, ishlaringiz oson kechadi.
Farzandingiz kun tartibiga biroz yengilliklar yarating. Masalan, boʻsh vaqtida bolangiz uxlab dam olishiga imkon bering va bu orqali siz bolangizning xatti-harakatlarini nazorat qilasiz. Shuningdek, kun tartibi bolangizga oʻynash va dam olish uchun qoʻshimcha vaqt ajratib beradi.
Harakatlarni bir-biriga bogʻlang. Bu bolangizga zerikarli mashgʻulotlardan tezroq oʻtishiga yordam beradi. Harakatlarni bir-biriga bogʻlash orqali bolalar bitta harakatni bajarish orqali ikkinchisini bajarishni eslab qolishadi. Misol uchun, farzandingiz tishlarini tozalash uchun hammomga kirganda, ham tishlarini tozalab, ham kir kiyimlarini savatga tashlab chiqadi.
Cheklovlarni kun tartibining bir qismiga aylantiring – masalan, telefon va shunga oʻxshash narsalarni ishlatishdan cheklovlar qoʻyish. Misol uchun, siz kechki ovqat pishirayotganingizda farzandingiz uy vazifasini bajaradi, keyin bolangizga telefon ishlatishga ruxsat bering. Yoki farzandingiz telefonida oʻyin oʻynashiga ruxsat berishingiz mumkin, lekin faqat qanchagacha oʻynash vaqti belgilab beriladi.
Farzandingizga kun tartibini tushuntiring. Hatto kichkina bolalar ham oddiy, aniq tushuntirishlarni tushunishlari mumkin. Masalan, «Birinchi tishlarni tozalang. Keyin, ertak aytib beraman».
Bolalar bilan kun tartibi nima uchun muhimligi haqida suhbatlashing. Misol uchun, «Biz payshanba kuni vaqtli kechki ovqat qilamiz, shuning uchun siz sport mashgʻulotidan vaqtli qayting».
Kun tartibingiz haqida gapirish uchun bolangiz tushunadigan til yoki fikrlardan foydalaning. Masalan, agar bolangiz vaqtni tushunish uchun juda yosh boʻlsa, “Biz faqat yarim soat televizor koʻramiz” deyish oʻrniga “Biz faqat Play School koʻrsatuvini tomosha qilamiz” deb aytishga harakat qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |