Bayram oldi tun allamahal,
Uy egasi g‘imirlar yotmay.
Pishirardi somsa, bo‘g‘irsoq,
Undan o‘zi yeb ko‘rmay, totmay.
Tashqarida kech kuz hukmron,
Sovuq shamol izg‘iydi g‘ir-g‘ir.
Chol chorig‘in yamarkan shoshmay
Der: — Eshikni yopsang-chi, kampir.
Shundan boshqa ishim yo‘qmi, chol,
Tambalang-da, siz ham bir safar.
Yopilmasdan ordona qolsin,
Menga qolsa yuz yilga qadar.
Sen-u menga borishdi hatto,
Qani tushsa ularning shashti.
Chol shartini aytmagunicha
Kampir vaysab, rosa olishdi.